6- mavzu: mantiq. Ma’ruza rejasi
Download 211.44 Kb.
|
6-мавзу. МАНТИҚ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tushunchani umumlashtirish
Tushunchani chegaralash hajmi keng tushunchadan hajmi tor tushunchaga (jins tushunchadan tur tushunchaga) fikran o‘tishdan iborat. Masalan, «mexanik harakat» tushunchasidan «aylanma harakat» tushunchasiga o‘tsak, uning hajmini chegaralagan bo‘lamiz. Chegaralashda berilgan tushuncha – «mexanik harakat» jins tushuncha, deb qabul qilinib, uning mazmuniga tur tushuncha hosil qiluvchi belgilar qo‘shiladi. Natijada unga nisbatan tur hisoblangan yangi tushuncha – «aylanma harakat» tushunchasi hosil bo‘ladi.
Tushunchani chegaralash amalining tuzilmasi quyidagicha: A – Harakat. V – Mexanik harakat. А В С Д S – Aylanma harakat. D – Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi. Tushunchani umumlashtirish hajmi tor tushunchadan hajmi keng tushunchaga (tur tushunchadan jins tushunchaga) fikran o‘tishdan iborat. Bunda berilgan tushuncha tur tushuncha deb qabul qilinib, uning mazmunidan tur hosil qiluvchi belgilar chiqarib tashlanadi. Natijada mazmun jihatidan unga nisbatan torroq, lekin hajmiga ko‘ra kengroq bo‘lgan jins tushuncha hosil bo‘ladi. Masalan, «aylanma harakat» tushunchasi mazmunidan faqat ungagina xos bo‘lgan tur belgilarni chiqarib tashlasak, «mexanik harakat» tushunchasini hosil qilamiz. Umumlashtirish amalining chegarasi eng umumiy tushuncha, ya’ni kategoriyadir. Chunki kategoriyalar uchun jins bo‘lgan tushuncha yo‘q. Tushunchani umumlashtirish amalining tuzilmasi quyidagicha: Д A – Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi. В С V – Aylanma harakat. А S – Mexanik harakat. D – Harakat. Tafakkurning ikkinchi mantiqiy shakli hukm yoki mulohazadir. Hukm – predmetga ma’lum bir belgining (xossaning, munosabatning) xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shaklidir. Hukmning asosiy vazifasi predmet bilan uning xususiyati, predmetlar o‘rtasidagi munosabatlarni ko‘rsatishdir. Ana shuning uchun ham u doimo tasdiq yoki inkor shakldagi fikrdan iborat bo‘ladi. Fikr yuritish jarayonida biz predmet va hodisalarning tashqi xususiyatlari bilan birga ularning ichki, zaruriy bog‘lanishlarini, munosabatlarini bilib boramiz. Predmet va hodisalarning xususiyatlarini ketma-ket o‘rganib, ular haqida hukmlar hosil qilamiz. Bilimlarimiz turlicha bo‘lgani uchun ularni ifodalaydigan hukmlar ham har xil bo‘ladi. Ba’zi hukmlarda aniq, tekshirilgan bilimlar ifodalansa, boshqalarida belgining predmetga xosligi taxmin qilinadi, ya’ni noaniq bilimlar ifodalanadi. Hukmlar nisbatan tugal fikrdir. Unda konkret predmet bilan uning konkret belgisi haqida bilim ifoda qilingan bo‘ladi. Hukmlar voqelikka mos kelish darajasiga ko‘ra chin, xato va noaniq (ehtimol, taxminiy) bo‘ladi. Ob’ektiv voqelikka mos kelgan, uni to‘g‘ri ifodalagan hukmlar chin, mos kelmaganlari xato bo‘ladi. Ayni vaqtda chinligini ham, xatoligini ham aniqlab bo‘lmaydigan hukmlar – noaniq hukmlardir. Hukm tafakkurning tushunchadan keyingi ikkinchi mantiqiy shaklidir. Har bir hukm tushunchalar orqali hosil bo‘ladi. Hukmning mantiqiy tarkibini uch qism tashkil etadi: 1. Sub’ekt. 2. Predikat. 3. Bog‘lovchi. Sub’ekt (lot. subjectum – mantiqiy ega) deb hukmda fikr yuritilayotgan buyum yoki hodisa to‘g‘risidagi fikrga aytiladi. Sub’ekt lotincha subjectum so‘zining bosh harfi S bilan belgilanadi. Download 211.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling