6- mavzu: mantiq. Ma’ruza rejasi


Download 211.44 Kb.
bet6/32
Sana29.03.2023
Hajmi211.44 Kb.
#1307083
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
6-мавзу. МАНТИҚ

Tafakkur til bilan uzviy bog‘langan, til fikrimizning bevosita mavjud bo‘lishini ta’minlaydigan va kishilar o‘rtasida aloqa o‘rnatishga xizmat qiladigan axborot belgilari tizimidan iborat. Tilni o‘rganish mantiq fanining muhim vazifalaridan birini tashkil etadi. Ma’lumki, tafakkur olamni mavhumlashtirib va umumlashtirib aks ettiradigan ideal hodisadir. Mavhum narsalarni, umumiylikni faqat til yordamidagina qayd qilish mumkin.
Til va tafakkurning birligi nutqda o‘z ifodasini topadi. Nutq og‘zaki va yozma holda mavjud bo‘lib, unda fikrimiz moddiy shaklga, ya’ni hissiy idrok etiladigan shaklga kiradi va shu tariqa u endi bir shaxsga emas, balki jamiyatga tegishli bo‘lib qoladi.
Til kishilarning ijtimoiy mehnat faoliyati negizida vujudga kelgan va rivojlana borgan. Ana shuning uchun ham u chuqur ijtimoiy mazmunga ega hamda madaniyatimiz va tariximizning muhim bir qismini tashkil etadi.
Til yordamida bilimlar hosil qilinadi, to‘planadi va bir avloddan boshqa avlodga yetkazib beriladi. Shu tariqa u ta’lim va tarbiya ishlarini amalga oshirishga, madaniyatimizni taraqqiy ettirishga yordam beradi.
Belgi bilish jarayonida boshqa bir predmetning vakili vazifasini bajaruvchi hamda u haqida ma’lum bir xabarlar berish, uni saqlash, qayta ishlash va uzatishga imkoniyat yaratuvchi moddiy predmetdir. Har qanday belgi ham til belgisi bo‘la olmaydi. Til belgisi simvol–ramzlar shaklida mavjud bo‘lib, o‘zi ifoda qiladigan predmetlar bilan tuzilishiga ko‘ra hech qanday o‘xshashlikka ega emas. Mantiq o‘z e’tiborini ana shunday til belgilarini o‘rganishga qaratadi.
Belgilarning bilishdagi vazifasini o‘rganishga Arastu, Leybnis kabi mutafakkirlar katta e’tibor berganlar. Belgilar haqidagi ta’limotni taraqqiy ettirish XIX asrda aktual masalaga aylangan. Mana shu davrda amerikalik faylasuf Charlz Pirs (1839–1914 y.y.) belgilar haqidagi fan – semiotikaga asos solgan. Bu fan til belgisini uch xil yo‘nalish bo‘yicha tahlil qiladi. Birinchisini semantika tashkil qilib, u belgi bilan u ifoda qilayotgan ob’ekt o‘rtasidagi munosabatni o‘rganadi. Ikkinchisi pragmatika bo‘lib, u kishilarning belgilarga munosabatini hamda belgilar yordamida kishilar o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlarni o‘rganadi. Uchinchisi, sintaksis deyilib, u belgilar o‘rtasidagi munosabatlarni (tilni qurish qoidalarini) o‘rganadi. Mantiq fanini ko‘proq til belgilarining semantikasi qiziqtiradi.
2–savol bayoni: Ob’ektiv olam, uning mohiyati va rivojlanish qonuniyatlarini bilish, anglash tafakkurning asosiy mantiqiy shakllari: tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish orqali amalga oshadi va ular teran fikrlashimizning asosidir.
Ob’ektiv borliq, undagi buyum va hodisalar inson ongida tushunchalar yordamida, ular orqali aks etadi, bilib olinadi. Tushuncha tafakkurning eng dastlabki, sodda shakli, real borliqning inson ongidagi g‘oyaviy timsolidir.
Tushuncha deb buyum va hodisalarning eng umumiy, muhim, zaruriy belgilarini inson ongida aks ettiruvchi tafakkur shakliga aytiladi.
Buyumning asl, tub xususiyatlarini ifoda etuvchi belgi buyumning muhim belgisi hisoblanadi. Ongimizda aks etgan narsa va hodisalar belgisi tushuncha belgisi deyiladi. Masalan, «odam» tushunchasining muhim belgisi aqlli, ongli, fikrlash, so‘zlash va mehnat qilish faoliyatiga ega bo‘lgan mavjudot ekanligidir. Tushuncha tilda so‘z va so‘z birliklari orqali ifodalanadi.

Download 211.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling