O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al – xorazmiy nomidagi toshkent viloyat axborot texnologiyalari texnikumi fanidan mustaqil ish mavzu


Download 35.78 Kb.
bet1/2
Sana07.01.2023
Hajmi35.78 Kb.
#1083118
  1   2
Bog'liq
Axborot xavfsizligiL


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL – XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT VILOYAT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI TEXNIKUMI


fanidan


MUSTAQIL ISH
MAVZU:Qism dasturlari haqida umumiy ma’lumot.Qism dasturlarining ta’rifi va chaqiruvi


Guruh: _________________
Topshirdi: _______________
Qabul qildi:_______________

Toshkent Viloyat – 2022


Reja:

  1. Kirish

  2. Asosiy qism

1.Kompyuter viruslari haqida
2.Viruslarning tushunchasi

  1. Xulosa

  2. Foydalanilgan adabiyotlar


KIRISH
Odatda ko`plab masalalarni yechish jarayonida oldindan masalani qanday qiymatlar (o`zgaruvchilar) uchun berilganini bilib bo`lmaydi. Lekin uni yechish uchun shartli ravishda turli o`zgaruvchilar kiritiladi va shu o`zgaruvchilar uchun qo`yilgan masalani to`la yechishning qonun- qoidalari (algoritmi) yaratiladi. Ana shu o`zgaruvchilar formal o`zgaruvchilar deyiladi. Keyin shu sinfga taalluqli bo`lgan konkret masala olinadi. Bu masalada odatda hamma o`zgaruvchilar aniq ko`rsatib qo`yiladi. Masalani ana shu o`zgaruvchilar uchun hal qilish talab qilinadi. Bunday o`zgaruvchilar joriy o`zgaruvchilar deb ataladi. Endi masalani yechish uchun yaratilgan hamma qonun-qoidalarni formal o`zgaruvchilarning o`rniga masala shartida berilgan joriy o`zgaruvchilarni qo`yib bajariladi.
Ma`lumki, to`g`ri to`rtburchak yuzi S:=A*B formula bilan topiladi. Bu erda A- to`rtburchak bo`yini, B-esa enini ifodalaydi.
Masala: Bo`yi N, eni M bo`lgan to`g`ri to`rtburchak yuzini toping.

Yechish g`oyasi: To`g`ri to`rtburchakning yuzi bo`yi bilan enining ko`paytmasiga teng ekanligi yuqorida aytilgan edi. Uni qo`llab yuza topiladi: S = N*M. Bu misolda A va B formal o`zgaruvchi, N va M esa joriy o`zgaruvchi hisoblanadi. Formal o`zgaruvchilar bilan joriy o`zgaruvchi ustma – ust tushishi mumkin.
Funksiya bu dasturning bir qismi bo`lib, function so`zi bilan boshlanib quyidagi tuzilishga ega:
function ():
bu yerda tip funksiya qiymatining tipi.
Bu tip tartibli, haqiqiy, String va Point tipidan bo`lishi mumkin. Formal parametrlar quyidagi tuzilishga ega:
:
;

Misollar.
Turli ifodalarning qiymatlarini hisoblashga qandaydir funksiyalarning qiymatlaridan foydalanishga to`g`ri keladi. Masalan: y = cos x + 3 ifodaning qiymatini hisoblaganda, avval cosx o`rniga uning qiymatini topib qo`yiladi va 3 ga qo`shiladi. Agar cosx funksiyasining o`rnida murakkab funksiya yoki uzundan-uzun arifmetik ifoda tursachi?
Bunday hollarda dasturchining ishini bir muncha soddalashtirish uchun Turbo paskalda protsedura-funksiyalar yoki foydalanuvchi funksiyasini tuzish imkoniyati yaratilgan.
Funksiyalar odatda murakkab ifodalarni, uzun arifmetik ifodalarni yoki biror ifoda qiymatini argumentlarning turli qiymatlari uchun hisoblashga to`g`ri kelgan hollarda tashkil qilinishi mumkin. Funksiyalar dasturning qismi bo`lib, umumiy ko`rinishda quyidagicha aniqlanadi:
function funksiya nomi (formal o`zgaruvchilar):tip ;
const o`zgarmaslar ro`yxati ;
type yangi tiplar ;
var lokal o`zgaruvchilar ;
begin
protsedura-funksiya buyruqlari ketma-ketligi ;
end ;
Funksiyalar protseduralar kabi asosiy dastur tarkibida, o`zgaruvchilarning tiplari aniqlangandan so`ng, asosiy dasturning birinchi BEGIN xizmatchi so`zidan avval ko`rsatiladi. Protseduradan funksiya quyidagi tomonlari bilan farq qiladi:

  1. Funksiya nomini ifodalayotgan o`zgaruvchiga albatta qiymat berilishi kerak.

  2. Funksiya nomini ifodalayotgan o`zgaruvchi tipini ko`rsatiladi.

  3. Protsedura bir nechta o`zgaruvchi qiymatlarini hisoblash uchun mo`ljallanadi, funksiyada esa uning nomini ifodalayotgan o`zgaruvchining qiymatini topadi.

Protseduralardan foydalanish uchun alohida buyruq yozilsa, funksiyani biron bir ifodaning tarkibida chaqiriladi. Buning uchun uning nomi ko`rsatiladi va qavslar ichida joriy o`zgaruvchilar ro`yxati ko`rsatiladi. Shundan so`ng funksiya ana shu joriy o`zgaruvchilarni formal o`zgaruvchilar o`rniga qo`yib (1-formal o`zgaruvchi o`rniga 1-joriy o`zgaruvchi, 2-formal o`zgaruvchi o`rniga 2-joriy o`zgaruvchi va hokazo), funksiyadagi amallar ketma-ketligini bajariladi va funksiya nomi bilan atalgan o`zgaruvchining qiymati hisoblanadi. Bu qiymat funksiyani chaqirayotgan yozuv bilan almashtiriladi va ifoda qiymatini hisoblashning keyingi amallariga o`tiladi.

Download 35.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling