O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti amaliy ishi-2


TOA tizimi qanday afzalliklarga ega?


Download 67.05 Kb.
bet3/4
Sana11.01.2023
Hajmi67.05 Kb.
#1089148
1   2   3   4
Bog'liq
1-amaliy topshiriq tarmoq

4. TOA tizimi qanday afzalliklarga ega?
Tolali optik aloqa tizimining tuzilish prinsipi TOATning tuzilish sxemasi ham OATga xos standart qurilmalardan iborat. Faqatgina optik signallarning tarqalishini ta ’minlash uchun uzatish muhiti sifatida optik kabel tolasi ishlatiladi. TOATning tuzilish sxemasi tarkibiga quyidagilar kiradi [4]: KHQU — kanal hosil qiluvchi uskuna; MvQ — muvofiqlashtiruvchi qurilma; OUz — optik uzatkich; ONM — optik nurlanish manbayi; MQ — moslashtiruvchi qurilma; UzOM — uzatuvchi optik rnodul; OT - optik tola; OR - optik retranslyator; OQq — optik qabul qilgich; QqOM — qabul qiluvchi optik modul; ONQq — optik nurlanish qabul qilgichi. TOATda signallar optik tola orqali yo‘naltirilganligi uchun ularda OOATga xos kamchiliklar mavjud emas. Shuning uchun telekom m unikatsiya tarm oqlarida, asosan, TOATdan foydalaniladi. Keyingi bo‘limlarda TOAT haqida bayon etiladi


5. Ochiq optik aloqa tizimidan nega keng foydalanilmaydi?
Optik signal uzatish muhiti bo‘ylab tarqalganda so‘nadi va buziladi. Optik signallarni uzoq masofalarga uzatish maqsadida m a’lum oraliqlarda signallarning buzilish darajasiga qarab, retranslyatorlar: regenerator yoki kvant optik kuchaytirgichlari o‘rnatiladi. Regenerator kirishida optik signallar elektr signallariga, chiqishida esa elektr signallardan optik signallarga o‘zgartiriladi, ya’ni regeneratorlarda elektr signallar kuchaytiriladi, sozlanadi va boshlang‘ich shakli tikianadi. Kvant optik kuchaytirgichlari qo‘llanilganda esa so‘ngan optik signallar elektr signaliga o‘zgartirilmasdan optik signallar ko‘rinishida kuchaytiriladi. Qabul qilishda teskari jarayon amalga oshiriladi, ya’ni qabul qilingan optik signal ko‘pkanalli elektr signalga o‘zgartiriladi va KHQU chiqishida N kanal signallariga ajratiladi. OOAT uzatish muhiti atmosfera, kosmik va suvosti aloqa muhitlari bo‘lishi mumkin. Atmosferali OOATda to‘lqinlarning tarqalish xarakteristikasi yetarli darajada ob-havo sharoitlariga bog‘liq. Atmosfera va suvosti uzatish muhitlarining fizik nuqtayi nazaridan nobirjinshgi va ular tarkibidagi begona zarrachalarning uzatilayotgan nurlanish to‘lqini bilan o‘zaro ta'sirda bo‘lishidan elektromagnit to'lqinlar buziladi. Zarracha o‘lchamlarining to‘lqin uzunligi bilan taqqoslanadigan darajada yoki katta bo‘lishi buzilishlarni oshiradi. Shu sababli atmosfera buzilishlari optik diapazonda turli xarakterga ega. Shu tarzda uzatish m uhitlarini tahlil qilish, aloqa tizim larini loyihalashtirishda yuzaga keladigan eng muhim masala hisoblanadi. To‘lqinlarning tarqalish yo‘nalishiga tushib qoladigan zarrachalar, asosan, optik nurlanishni yutadi va sochadi. Bu omillarning ta’sir darajasi muhit turiga (suvosti, toza havo, turbulent atmosfera va boshqalar) bog‘liq. Bu tizimlarda buzilishlarni kamaytirish va talab etiladigan ishonchlilikni ta’minlash uchun retranslyatsiya uchastkasi uzunligini kamaytirish kerak bo'ladi. Kosmik OOATning uzatish muhiti bu atmosferadan holi bo‘lgan ochiq fazodir. Kosmik muhitda atmosfera muhitlariga xos bo‘lgan 24 www.ziyouz.com kutubxonasi buzilishlar hosil bo‘lmaydi, ular barqaror bo‘lib, aloqaning yuqori ishonchliligini ta’minlaydi.



Download 67.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling