O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyarini rivojlantirish vazirligi


WDM optik multipleksor va demultipleksorlarini ishlash prinsipi


Download 229.24 Kb.
bet4/6
Sana28.01.2023
Hajmi229.24 Kb.
#1135109
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
13-15

WDM optik multipleksor va demultipleksorlarini ishlash prinsipi.


Bunday texnologiya turli to‘lqinlar oqimini ajratib olish uchun maxsus aniqlikka ega bo‘lgan qurilma bilan ta’minlanadi.


Optik toladan o‘tganda signallar so‘nganligi tufayli ularni kuchaytirish uchun optik kuchaytirgichlardan foydalaniladi. Bir toladan uzatiladigan turli spektrli signallarni bitta kuchaytirgich yordamida kuchaytirish mumkin. Bu bilan kuchaytirgichlar regeneratorlardan afzaldir, chunki regeneratorlarda har bir spektral kanal uchun alohida elektr kuchaytirgich talab etiladi.

WDM tizimlarida optik kuchaytirgich toladan uzatiladigan turli to‘lqin uzunlikli signallarni bir vaqtda kuchaytiradi.


Liniya traktida optik kuchaytirgichlarni joylashtirish retranslyatorlar orasidagi masofani yer usti liniyalarida 1000 km gacha va suv osti liniyalarida 10 000 km gacha uzaytirish imkonini beradi. Optik kuchaytirigchlar orasidagi masofa esa 50…150 km ni tashkil etadi va bu masofa toladagi yo‘qotishlar hamda tolaga kiritish mumkin bo‘lgan signalning quvvati bilan aniqlanadi. Signal quvvati esa optik tolada yuzaga keladigan nochiziqli effektlar sababli signalning buzilishlari bilan chegaralanadi.


WDM da multipleksorlash uch turga bo‘linadi:

  • CWDM - odatdagi WDMtizimi - 1270-1610 nm polosada ishlovchi, qadami 20 nm to‘lqin uzunligidagi tizim,

  • WDM tizimi - 200 GGts dan kam bo‘lmagan eltuvchi chastota bo‘yicha qadamga ega tizim, ular kengaytirilgan chastotaviy reja doirasida 16 tadan ko‘p bo‘lmagan kanallarni multipleksorlash imkonini beradi;

  • DWDM - zichlashgan WDM tizimi - 200 dan 50 GGts gacha eltuvchi chastota bo‘yicha qadamga ega tizim, ular kengaytirilgan chastotaviy reja doirasida istalgan kanallar sonini multipleksorlash imkonini beradi;

  • HDWDM - tizimi - 50 GGts dan kichik (25 va 12,5 GGts) bo‘lgan eltuvchi chastota bo‘yicha qadamga ega tizim, ular kengaytirilgan chastotaviy reja doirasida istalgan kanallar sonini multipleksorlash imkonini beradi.

  1. Download 229.24 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling