O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyarini rivojlantirish vazirligi


Raqamli tolali optik aloka tizimini texnik ekspluatatsiya qilish


Download 229.24 Kb.
bet6/6
Sana28.01.2023
Hajmi229.24 Kb.
#1135109
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
13-15

Raqamli tolali optik aloka tizimini texnik ekspluatatsiya qilish


TM ishining ikki rejimi mavjud: boshqaruv rejimi va monitoring rejimi. Boshqaruv rejimi barcha imkoniyatlarni to‘liq ta’minlaydi. Monitoring rejimida esa tarmoq va uning elementlarining ishga qobiliyatlilik ko‘rsatgichlari yig‘iladi va baholanadi, qolgan imkoniyatlar man etiladi.
To‘rtinchi sath - xizmatlarni boshqarish sathi (Service Management Layer- SML), foydalanuvchilar bilan o‘zaro bog‘lanish (munosabatda bo‘lish) uchun mo‘ljallangan, masalan, foydalanuvchilarga talab etiladigan xizmat turini belgilash, uning sifatini, xizmat narxini va vaqtini aniqlash. Bu sath fizik ob’ektlarni boshqarish bilan bog‘liq emas. Bu sathda boshqaruv servis- menedjer (SM) orqali amalga oshiriladi, u quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  • xizmatlarni taqdim etish imkoniyatining monitoringi;

  • xizmat xarakteristikalarini boshqarish, shuningdek uzatish traktlarini o‘zgartirish uchun tarmoq boshqaruviga so‘rovlarni shakllantirish.

Beshinchi sath - biznes- boshqaruv sathi (Busines Management Layer-BML), aloqa xususiyati (spetsifikatsiya)ga ega bo‘lmagan korxonalar uchun. Bu sathda korxona (tarmoq operatori ) moliyalarini boshqaruvini, aksiya paketlarining boshqaruvini, bozor iqtisodiyotini, xodimlarini boshqaruvini, boshqa aloqa korxonalari operatorlari bilan faoliyatni amalga oshiradi.
Boshqaruv tizimi tarmoq boshqaruvchining barcha funksiyalarini qamraydi, u operator va uning faoliyatini qo‘llab - quvvatlash, shuningdek xavf yuzaga kelgan xolatlarda tarmoqni boshqarishni ta’minlaydi
Konfiguratsiyani boshqarish quyidagilardan iborat: boshqariluvchi tarmoqni rejaga kiritish, tuzish va rivojlantirish, yangi qurilmalarni o‘rnatish va ekspluatatsiyaga kiritish, tarmoq elementlarini o‘rnatish va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlarni o‘zgartirish, foydalanuvchilarga tarmoq resurslarini taqdim etish va boshqalar.
Nosozliklarni bartaraf etishni boshqarish - tarmoqdagi nosozliklarni aniqlash, qayd etish va bartaraf etishdan iborat.
Sifatni boshqarish - tarmoq va uning elementlarining ishi haqidagi statistik ma’lumotlarni to‘plash, ishlov berish, qayd etish, saqlash va ko‘rsatish, sifat ko‘rsatkichlarini taxlil etish va boshqalardan iborat.
Hisob-kitobni boshqarish - taqdim etiladigan aloqa xizmatlarini to‘plash va hisobga olish, ulardan foydalanganlikka to‘langan to‘lovlarni hisoblash, hisob to‘lovlarini nazorat qilish va boshqalardan iborat.
Axborotlarni himoyalanganligini boshqarish - uzatilgan axborotlarni to‘liqligi va himoyalanganligini ta’minlash, ruxsatsiz ulanishlarda xavf signallarini berish va boshqalardan iborat.
Xar bir boshqaruv sathida boshqarish vazifalari ma’lum tashkiliy – texnik tuzilmalar (masalan, korxona xizmatlari) orqali bajariladi.
TBT tarmog‘ining funksional arxitekturasi telekommunikatsiya tizimlari, tarmoqlari va tarmoq xizmatlarining boshqaruviga ta’lluqli bo‘lgan axborotlarni uzatish va ishlov berish uchun amalga oshiriladigan ish va vazifalarni turli bloklarga taqsimlanishini aks ettiradi.
Asosiy funksiya va ularni amalga oshiruvchi bloklarga to‘xtalamiz:
OSF (OperationsSystemFunction) operatsion tizim funksiyasi (OTF) yoki o‘zaro munosabatda bo‘lish funksiyasi (O‘MF) – TBTning logik ob’ekti, u aloqa tarmog‘ini nazorat qilish va boshqarish maqsadida boshqaruv axborotlarini qayta ishlashni amalga oshiradi, buni OSF bloki amalga oshiradi. Shuningdek OSF boshqaruvchi qo‘shimcha funksiyasini OSF-MAF (ManagementApplicationFunction), ya’ni TBTning boshqaruvchi servisini ham amalga oshiradi va boshqa funksional bloklarda ishlatilinadi, Menedjer yoki Agent vazifasini bajarishi mumkin;
MF ( Mediation Function) – o‘zaro munosabatda bo‘lish qurilmasining funksiyasi (logik ob’ekt) yoki o‘zaro munosabatda bo‘lish funksiyasi tuguniga mos keladi, u OSF va NEF (yokiQAF) bloklari o‘rtasida uzatiladigan axborotni qayta ishlaydi, axborotni xotirada saqlash, filtrlash, siqish imkonini beradi;
NEF – tarmoq elementi funksiyasi – raqamli tarmoqning logik elementi doirasidagi funksiya bo‘lib, RUT bazasida tarmoqning transport xizmatlarini qo‘llab-quvvatlaydi,
masalan: multipleksorlash, almashlab ulash, regeneratsiyalash NEF blokida amalga oshiriladi;
QAF – Q adapterining QA funksiyasi bo‘lib, QAF blokida amalga oshiriladi, u logik elementlarni TBTga ulaydi;
WSF – ishchi stansiya funksiyasi, WS bloki yordamida amalga oshiriladi.
TBT tarmog‘ining bloklari o‘rtasida axborotlarni uzatish uchun ma’lumotlarni uzatish funksiyasi DCF (DataCommunicationFunction) ishlatiladi. Axborot almashinuvchi funksional bloklar juftliklari o‘zaro etalon (yoki birikish, tutashish) nuqtalari (stыklar) bilan ajratilgan.
Turli bloklar o‘rtasidagi ulanishlar bir qator standart birikish nuqtalari yordamida amalga oshiriladi:
F - ma’lumotlar uzatish tarmog‘i (MUT) element-menedjerining ishchi stansiyasiga birikish joyi (stыklar);
Q – MUT orqali TEl bilan aloqa uchun Q – adapter yoki o‘zaro munosabatda bo‘lish qurilmasi (O‘MQ) orqali ulanishlar uchun birikish joyi;
X – MUT ning tashqi tarmoqlar bilan aloqasi uchun birikish joyi. TBTning informatsion arxitekturasi.
TBTning informatsion arxitekturasi o‘zida quyidagi asosiy tushunchalarni mujassam etgan:
Ob’ektlar – boshqariladigan kommutatsion stansiyalar, uzatish tizimlari va boshqalarni ta’riflash vositasi. Muayyan tarmoq elementi xaqidagi informatsiya ob’ekt sifatida TBTning ma’lumotlar bazasida saqlanadi.


Download 229.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling