O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyarini rivojlantirish vazirligi


Download 229.24 Kb.
bet3/6
Sana28.01.2023
Hajmi229.24 Kb.
#1135109
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
13-15

WDM texnologiyasi kamchiliklari:


  • yaqin chastotalarni qo‘llaganda DWDM tizimlarining eng qimmatbaho elementlaridan biri bo‘lgan, nurlantiradigan to‘lqin uzunliklarining yuqori mo‘‘tadilligini ta’minlovchi va tor nurlanish spektriga ega bo‘lgan yarim o‘tkazgichli lazerlarning talab qilishi;

  • multipleksor/demultipleksorlarda signal quvvatlarining zaiflashishi;

  • ko‘p hollarda WDM qurilmalarining va vaqtli multipleksorlash qurilmalarining ishchi to‘lqin uzunliklarini mos kelmasligi;

  • kommutatsiya tugunlari sifatining pastligi;

  • turli texnologiyalarning axborotlarini multipleksorlash kerakligi tufayli boshqarishda muammolarining yuzaga kelishi;

  • nurlanish quvvatining oshishi nochiziqli effektlarni yuzaga keltiradi va kanallarning o‘zaro ta’sirlashuviga olib keladi.

WDM tizimlari ma’lumotlarni uzatuvchi analog tizimlar kabi tolali optik uzatish tizimlarda to‘lqin bo‘yicha multipleksorlash (FDM) vazifasini o‘taydi. Shu sababli WDM tizimlari, chastota bo‘yicha optik multipleksorlovchi (OFDM) tizimlar nomini oldi. Lekin bunday texnologiyalar bir-biridan keskin farq kiladi. FDM da bir yon chastota oralig‘iga ega bo‘lgan amplitudaviy modulyatsiyalash mexanizmi qo‘llaniladi. OFDM modulyatsiya mexanizmida esa, eltuvchi chastotalar alohida manbalar (lazerlar) da ishlab chiqiladi va signallar bitta guruhli signalga multipleksorlar yordamida birlashtiriladi. Uning har bir tashkil topuvchisi (eltuvchisi) turli sinxron texnologiyalar qonuni bo‘yicha shakllangan raqamli signallarning oqimlarini, masalan bitta eltuvchi ATM trafikni, boshqasi SDH ni, uchinchisi esa PDH ni uzatishi mumkin. Buning uchun eltuvchi, uzatuvchi trafikka mos keluvchi raqamli signal bilan modulyatsiyalanadi.


WDM texnologiyasi turli to‘lqin uzunlikli signallarni optik kabelning bitta optik tolasi orqali uzatish imkonini beradi, bu bilan o‘tkazish qobiliyati talablariga bo‘lgan extiyoj qondiriladi.


Qabul qiluvchi qismda tola chiqishidan oqim qabul qilinadi va demultipleksorlanadi, ya’ni to‘lqin tashuvchiga ega bo‘lgan oqimlarga ajratiladi.
WDM ning prinsipial sxemasi juda oddiy. Bunday texnologiyada bir tola orqali SDH ning bir nechta optik kanalini uzatish uchun, signallarning optik to‘lqin uzunligi o‘zgartiriladi, multipleksor yordamida ular birlashtiriladi va optik liniyaga beriladi. Qabul qiluvchi punktda teskari jarayon amalga oshadi. Quyidagi rasmda WDMning optik multipleksor va demultipleksorlarini ishlash prinsipi ko‘rsatilgan.





Download 229.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling