O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini


Download 124.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana05.01.2022
Hajmi124.99 Kb.
#230567
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Daminov Jonibek 1

Mos keluvchanlik - bir xil sharoitlardagi o`lchashlarning natijalarini bir-biriga 

yaqinligini bildiruvchi sifat mezoni. Odatda, o`lchashlarning mos keluvchanligi tasodifiy 

xatoliklarning ta`sirini ifodalaydi. 

Qaytaruvchanlik - ushbu mezon har xil sharoitlarda (turli vaqtda, har xil joylarda, turli 

usullarda va vositalarda) bajarilgan o`lchashlarning natijalarini bir-biriga yaqinligini bil-

diradi. 

O`lchash   xatoligi   -  o`lchash   natijasini   chinakam   (haqiqiy)   qiymatdan   chetlashuvini

(og`ishuvini) ifodalovchi o`lchashning sifat mezoni. 

O`lchash xatoliklari turli sabablarga ko`ra turlicha ko`rinishda namoyon bo`lishi 

mumkin. Bu sabablar qatoriga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: 

– o`lchash vositasidan foydalanishda uni sozlashdan yoki sozlash darajasini siljishidan 

kelib chiquvchi sabablar

– o`lchash ob`ektini o`lchash joyiga (pozisiyasiga) o`rnatishdan kelib chiquvchi sabablar;

– o`lchash vositalarining zanjirida o`lchash ma`lumotini olish, saqlash, o`zgartirish va 

tavsiya etish bilan bog`liq sabablar; 

– o`lchash vositasi va ob`ektiga nisbatan tashqi ta`sirlar (temperatura yoki bosimning 

o`zgarishi, elektr va magnit maydonlarining ta`siri, turli tebranishlar va hokazolar) dan 

kelib chiquvchi sabablar; 

– o`lchash ob`ektining xususiyatlaridan kelib chiquvchi sabablar; 

– operatorning malakasi va holatiga bog`liq sabablar va shu kabilar. 

O`lchash xatoliklarini kelib chiqish sabablarini tahlil qilishda eng avvalo o`lchash 

natijasiga salmoqli ta`sir etuvchilarini aniqlash lozim bo`ladi. 

O`lchash xatoliklari u yoki bu xususiyatiga ko`ra quyida keltirilgan turlarga bo`linadi: 

I. O`lchash xatoliklari ifodalanishiga qarab quyidagi turlarga bo`linadi: 




Download 124.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling