O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Shaxs rivojlanishining individual va yosh davrining xususiyatlari


Download 0.81 Mb.
bet2/5
Sana08.01.2022
Hajmi0.81 Mb.
#254915
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-topshiriq ped psixologiya ESHONQULOVA Zebiniso 651-18

Shaxs rivojlanishining individual va yosh davrining xususiyatlari.

Shaxsning rivojlanib kamol topishi, hayotning hamma bosqichlarida bir xil bo'lmay balki, yosh xususiyatlari va hayot tajribalariga qarab har xil bo'ladi. Tarbiya jarayonida o'sayotgan avlodning yosh va o'ziga xos xususiyatlarini bilish va hisobga olish juda zarur. Ma'lumki, bir xil yoshdagi bolalarning, o'quvchi-talabalarning har birini o'ziga hos hususiyatlari, psixik jarayonlari mavjud. Bu o'ziga xoslik rivojlanish jarayonida yaqqol namoyon bo'ladi. Yosh xususiyatlarini hisobga olish, bola xususiyatiga moslashish emas, balki shu yosh davrda bola imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta'lim va tarbiya ishlarini tashkil etish demakdir.

Individual-tipologik xususiyatlar klassifikatsiyasi:

Individuallik – Konkret odamni boshqa bir odamdan farqlovchi barcha o'ziga xos xususiyatlar majmuini o'z ichiga oladi.

Qobiliyatlar – shaxsdagi shunday individual, turg’un sifatlarki, ular odamning turli xil faoliyatdagi ko'rsatgichlari, yutuqlari va qiyinchiliklari sabablarini tushuntirib beradi.

Temperament – Insonning turli vaziyatlarda narsa, hodisa, holatlar va insonlarning hatti-harakatlariga nisbatan reaksiyasini tushuntirib beruvchi xususiyatlari majmuidir.

Xarakter – Shaxsning alohida insonlar va insonlar guruhi, o'z-o'ziga, vaziyatlar, narsalar va hodisalarga nisbatan munosabatlaridan orttiradigan sifatlarini o'z ichiga oladi.

Irodaviy sifatlar – Insonning o'z oldiga maqsad qo’yib, unga erishish yo'lidagi qiyinchiliklarni yengishini ta'minlovchi ma'lum sifatlari majmui.

Emotsiyalar – Atrofdagilarning hatti-harakatlarini ruhan qabul qilib, ularga nisbatan hissiy munosabatlarni bildiruvchi sifatlar.

“Individ” tushunchasi umuman “odam” degan tushunchani to'ldirib, uning ijtimoiy va biologik mavjudot sifatida mavjudligini tasdiqlaydi va uni bir tomondan, boshqa odamlardan farqlovchi belgi va xususiyatlarini o'z ichiga oladi, ikkinchi tomondan, o'ziga va o'ziga o'xshashlarga xos bo'lgan umumiy va xarakterli xususiyatlarni qamrab oladi. Demak, individ - insonga aloqadorlik faktini tasdiqlovchi ilmiy kategoriyadir.

“Individuallik” - yuqoridagi ikkala tushunchaga nisbatan torroq tushuncha bo'lib, u konkret odamni boshqa bir konkret odamdan farqlovchi barcha o'ziga xos xususiyatlar majmuini o'z ichiga oladi. Shu nuqtai nazardan shaxs tizimini tahlil qiladigan bo'lsak, shaxsning individualligiga uning qobiliyatlari, temperamenti, xarakteri, irodaviy sifatlari, emotsiyalari, xulqiga xos motivatsiya va ijtimoiy ustanovkalari kiradi. Aynan shu qayd etib o'tilgan kategoriyalar shaxsdagi individuallilikni ta'minlovchi kategoriyalardir.

Qobiliyat turlari:

1. Umumiy - ular odamga bir qancha faoliyat sohasida ham muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatish va natijalarga erishishga imkon beradi.

2. Maxsus - ma'lum bir sohada yutuqlarga erishish, yuqori ko'rsatgichlar berishga imkon beruvchi sifatlarni o'z ichiga oladi.

Layoqatlar – tug’malik alomatlari bor sifatlarga aytiladi, uning ikki xili: tabiiy va ijtimoiy turi bor.

Iqtidor - insonning o'z hatti - harakatlari, bilimlari, imkoniyatlari, malakalariga nisbatan sub'ektiv munosabatidir.

Iste'dod - har tomonlama rivojlangan, nihoyatda kuchli va takrorlanmas qobiliyatdir

Qobiliyatlardagi tug’ma va orttirilgan sifatlar.

Talant (yunoncha qimmatbaho, noyob narsa, irsiy, tabiiy xislat degan ma'noni anglatadi) muayyan faoliyatning muvaffaqiyatli bajarilishini ta'minlaydigan qobiliyat hamda iste'dodlar yig’indisidan iborat individual hususiyatdir.

Talantning asosiy belgilari: muvaffaqiyatni ta’minlash, faoliyatni mustaqil bajarish, originallikning mavjudligi, qobiliyat va iste’dodlar yig’indisidan iborat ekanligi, individual-psixologik xislat ekanligi, ijtimoiy turmushni o’zgartiruvchi yaratuvchi imkoniyatligi.

Xarakter va shaxs. Xarakter - shaxsdagi shunday psixologik, sub'ektiv munosabatlar majmuiki, ular uning borlikka, odamlarga, predmetli faoliyatga hamda o’z- o'ziga munosabatini ifodalaydi.

Psixologiyada xarakterning quyidagi tizimi e'tirof etiladi:

Mehnat faoliyatida namoyon bo'ladigan xarakterologik xususiyatlar - mehnatsevarlik, mehnatkashlik, tashabbuskorlik, ishga layoqat, ishga qobillik, mas'uliyat, dangasalik, qo'nimsizlik va boshqalar.

Insonlarga nisbatan bo'lgan munosabatlarda namoyon bo'ladigan xarakterologik sifatlar - odoblilik, mehribonlik, takt, jonsaraklik, dilgirlik, muloqotga kirishuvchanlik, altruizm, g’amxo’rlik, rahm-shafqat va boshqalar.

O'z-o'ziga munosabatga aloqador xarakterologik sifatlar - kamtarlik, kamsuqumlilik, mag’rurlik, o'ziga bino qo'yish, o'z-o'zini tanqid, ibo, sharmu - hayo, manmansirash va boshqalar.

O'smirlik va o'spirinlik davrlari. O'smirlik va o'spirinlik motivatsiyalari: o’zini o’rganish, o’z fikrini bayon qilish, o’z qadr-qimmatini bilish.

O'smirlik va o'spirinlik davrlar- bu bolaning shaxsga aylanish davridir.

Bu davrda xarakter va xulq atvor shakllana boshlaydi.

O’smirlik va o’spirinlik davrida bolalar kattalarga o’xshashga harakat qilishadi. O’smir va o’spirin o’g’il bolalar «Haqiqiy mard erkak» obraziga ega bo’lgan kishiga taqlid qilishga intiladi. Qiz bolalar esa «Jozibali ayol» obraziga ega bo’lgan kishiga taqlid qilishga intiladi.

O’smirlik va o’spirinlik davrida bola o'zini anglash jarayoni shakllanish va rivojlanish davom etadi. Bu davrda qizlar ham o’g’il bolalar ham o'ziga baho berish, kamchiliklariga e'tibor berish kuchayadi. Ideal bo’lgan «Men» obrazi boshqa kishilarning yutuqlari, ularga ma'qul bo’lgan fazilatlari asosida yaratiladi.

O'smir va o'spirin psixik rivojlanishdagi yangilanishlar:

Qarama-qarshiliklar va konfliktlar mavjudligi;

O'zini anglashning yangi yuqori darajadaligi;

O'qish va mehnat qilishda mustaqillik hamda individuallik shakllanishi;

Kattalarning shaxsi hamda faoliyatiga yangicha baho berish;

O'qituvchilarga nisbatan differensial munosobat yuzaga kelishi: ba'zi bir o’qituvchiga nisbatan hurmat, simpatiya bo'lishi, ikkinchiga esa negativ va uchinchiga befarq bo'lishi;

Faoliyat motivlarining o'zgarishi. Bu ularning o'ziga bo’lgan hurmat ortishi bilan bog’liq.

Yoshlardagi attraksiya va yuksak his-tuyg’ular. Bu taraqqiyot davri attraksiya deb atalmish hissiyotning paydo bo’lishi uchun eng maqbul davrdir.

Attraksiya: do’stlik, sevgi.

Do’stlikning ko'zlagan maqsadlari :

1. Amaliy

2. Ish-faoliyat bilan bog’liq

3. Sof emotsional (ya'ni, muloqot ehtiyojlarini qondirish)

4. Ratsional (intellektual muammolarni hal qilishga asoslangan)

5. Axloqiy (o'zaro insoniy sifatlarni takomillashtirishga xizmat qiluvchi) bo’lishi mumkin.

Sevgi turlari:

1. Qarama-qarshi jins vakiliga qaratilgan bo’ladi

2. Ota-onaning qadrlanishi va ularga nisbatan sevgi

3. Muhabbat, yaqinlar — aka-uka, opa-singil

4. Hayotda ibrat bo’ladigan kishilarni yaxshi ko’rish

5. Vatanni sevish kabi oliy hislar ham tarbiyalanadi.






  1. Download 0.81 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling