O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Zamonaviy sharoitda pedagogik yo‘nalishda tadqiqotlarni olib borishda qaysi metodlardan foydalanilmoqda?


Download 0.81 Mb.
bet4/5
Sana08.01.2022
Hajmi0.81 Mb.
#254915
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-topshiriq ped psixologiya ESHONQULOVA Zebiniso 651-18

3. Zamonaviy sharoitda pedagogik yo‘nalishda tadqiqotlarni olib borishda qaysi metodlardan foydalanilmoqda?

Pedagogik kuzatash metodi – odatda tabiiy kuzatish orqali o’quvchilarning fanlarni o’zlashtirishlari, ularning xulq-atvori muamalalardagi o’zgarishlarni hisobga olish va tegishli ta’limiy-tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish yo’llarini belgilash uchun qo’llaniladi;

Suhbat metodi – so’rashning bir turi bo’lgani holda tadqiqotchining jiddiy tayyorgarlik ko’rishini talab etadi, chunki u tekshirayotgan shaxs bilan bevosita aloqada bo’lish vaqtida og’zaki suhbat tarzida, suhbatdoshining javoblarini yozmasdan erkin muomala formasida qo’llaniladi;

Ta’lim muassasi hujjatlarini tahlil qilish metodi – bunda o’quvchilarning umumiy miqdori, uning o’sishi yoki kamayish sabablari tavsifi, o’quvchilarning fanlar bo’yicha o’zlashtirish darajasiga, sinfdan qolishning oldini olish, rag’batlantirish jazolash choralari turlariga, maktabning moddiy bazasiga e’tibor beriladi;

Test sinovlar metodi - bu yozma javoblarning ommaviy ravishda yig’ib olish metodir; Test sinovlarini(anketalarini) ishlab chiqish murakkab ilmiy jarayon; Pirovard natijada tadqiqot natijalarining ishonchliligi anketalar mazmuniga, berilayotgan savollar shakliga, to’ldirilgan anketalar soniga bog’liq bo’ladi;

Pedagogik tajriba metodi – ushbu tajriba asosan ta’lim-tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tadbiqi jarayonlarini tekshirish, aniqlash maqsadida o’tkaziladi;

Statistik metod – xalq ta’limi sohasidagi, jumladan, ajratilgan mablag’larning doimiy o’sib borishi, darslik va o’quv qo’llanmalari, ko’rgazmali qurollar, o’qituvchi kadrlar tayyorlash, maktab qurilishi, xo’jalik shartnomalari va ulardan tushayotgan mablag’lar statistika usuli orqali aniqlanadi;

Matematika va kibernetika metodi – o’qitish nazariyasi, amaliyotida hisoblash matematikasi va kibernetikasi mashinalari yordamida bir tildan ikkinchi tilga tarjima, dasturli ta’lim va unimashina orqali boshqarish, o’qitishni mustahkamlash, baholash orqali ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish differensial individual ta’lim berish, makatab hisobotini mashinalar yordamida tuzish kabi jarayonlardir.

Bundan tashqari anketa metodi, intervyu metodi, pedagogik tahlil metodi, bolalar ijodini o’rganish metodi kabi metodlardan foydalanilmoqda.




Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling