O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Tarbiya jarayoni va tarbiya metodlari


Download 0.81 Mb.
bet3/5
Sana08.01.2022
Hajmi0.81 Mb.
#254915
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-topshiriq ped psixologiya ESHONQULOVA Zebiniso 651-18

Tarbiya jarayoni va tarbiya metodlari.

Tarbiya keng ma'noda yoshlarni, insonlarni ob'ektiv va sub'ektiv ta'sirlar asosida axloqiy, aqliy, amaliy, jismoniy shakllanish jarayonidir.

Biron bir maqsadga qaratilgan tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va tartibga solinadi:

O’quvchida ijobiy xislatini shakllantirish va salbiy sifatlarni yo’qotish maqsadida rejalashtirish;

Mazkur xislatlarni tarbiyalash yoki yo’qotish uchun xizmat qiluvchi manbalarni izlab toppish;

Belgilangan maqsad uchun xizmat qiladigan nazariy va amaliy manbalarni qaysisini va qayerda ishlashni rejalashtirish.

Tarbiyalanuvchi tarbiyalovchi munosabatlari nuqtai-nazaridan esa tarbiya – ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutgan holda, o’qituvchining o’quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o’zaro amaliy va nazariy muloqotidir.

Tarbiyaviy jarayonning o’ziga xos xususiyatlari: maqsadga yo’naltirilganlik, ko’p omillik, jo’shqinlik, davomlilik, uzluksizlik, komplekslilik, variantlilik, ikki tomonlama xarakter, natijalarning olisligi.

Tarbiya vazifalari: O’z vatanining fuqarosini tarbiyalash, shaxsning ma’naviyatini shakllantirish, mehnatkash insonning iqtisodiy taraqqiyotini tarbiyalash, ruhiy-jismoniy sog’lomlikni tarbiyalash, kishining tabiat bilan munosabatini uyg’unlashtirish, shaxsda individuallik va jamoaviylikni tarbiyalash.

Tarbiya texnologiyasi tarbiyaviy jarayonga kompeks yondoshish orqali amalga oshiriladi. Tarbiyaning zamonaviy texnologiyalari quyidagi majburiy talablarni bajargan holda kompleks yondashuvni amalga oshiradi:

Tarbiyalanuvchilarga uch yo’nalish – ongi, hissi, va axloqi – bo’yicha ta’sir ko’rsatiladi;

Tarbiya va shaxsning o’zini-o’zi tarbiyalashi o’zaro qo’shilib ketsa ijobiy natijalarga erishiladi;

Tarbiyaga aloqasi bo’lgan barcha jamoalarning harakatlarini birlashtirish;

Shaxsga berilgan xislatlarni aniq tarbiyaviy ishlar tizimi orqali shakllantiriladi;

Kompleks yondashuv tarbiya jarayoni va uni boshqarishga tizimli yondashuvni ko’zda tutadi.

Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish bo’yicha metodik tavsiyalar:

Tarbiyaviy ishlarning aniq vazifalarini chuqur anglash;

Har qanday tarbiyaviy ish ishchan va kompleks yo’nalish asosida loyihalashtiriladi;

Tarbiyaviy ishlar mazmunini uning vazifalari va amalga oshirish sharoitlari bilan bog’liq holda belgilab olinadi;

Maqsadga muvofiq metodlar, usullar vositalar tarbiyaviy ishlarning har bir bosqichi uchun alohida loyihalanadi;

Tarbiyaviy ishlar turli-tuman bo’lishi kerak;

Tarbiyaviy ishlar his-tuyg’ularning qudratli katalizatori kabi loyihalashtiriladi.

Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning asosiy qoidalari:

bajarilishi lozim bo’lgan ishlarning maqsadini aniq belgilash, harakatni boshidan oxirigacha yaxlit tasavvur qilish;

qo’l ostida har bir kishi uchun aniq vazifalarni belgilash;

kutilayotgan ish uchun barcha zarur narsalarni tayyorlash;

natijalarni aniqlash uchun muayyan mezonlarni o’rnatish;

javobgarlik, adresat hisobot vaqtini taqsimlash;

tashkiliy tizimni uyushtirish vositasi sifatida ijrochilarga yo’l-yo’riq ko’rsatish.




Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling