4. Tarbiyada oilaviy munosabatlar.
Oila jamiyatning bir bo'lagi. Shunday ekan, inson shaxsini shakllantirish oiladan boshlanadi. Oila murakkab ijtimoiy guruh bo'lib, biologik, ijtimoiy, axloqiy, mafkuraviy va ruhiy munosabatlarning birlashuvi natijasida vujudga keladi. Oila tor maishiy tushuncha emas, balki u ijtimoiy jamoadir. Shu sababli oilalar birlashib jamiyatni tashkil etadi. Jamiyatdagi o'zgarishlar oilaga ta'sirini ko'rsatganidek, oiladagi o'zgarishlar ham jamiyatga o'z ta'sirini ko'rsatadi.
Oila - voyaga yetgan ikki jinsning sevilish, ardoqlash, hurmat qilish asosida, ixtiyoriy ravishda, qalb hoxishi bilan tuzilgan qonuniy ittifoqidir.
Oila maqsadi - ikki jinsning o'zaro kelishuvi asosida farzandni dunyoga keltirish hamda tabiat va jamiyatning davomiyligini ta'minlash.
Oilada
Erkakning vazifalari - Oilani ma'naviy, iqtisodiy qo'llab-quvvatlash. Ayoli va farzandlarining tashvishlariga sherik bo'lish. Oilaga soya solayotgan xavf-xatarlarga qalqon bo'la bilish. Oila a'zolariga g’amxo'r bo'la bilish.
Ayolning vazifalari - Oilada farzand tarbiyasi bilan shug’ullanish. Ularni oq yuvib, oq tarash. Erkaknning tashib kelgan oziq-ovqatlarini pishirish, mehmon kutish. Er va bolalarini ishga va o'qishga kuzatish, kutib olish.
5. Faoliyat - shaxs shakllanishining asosiy omili sifatida.
Shaxs tushunchasi ijtimoiy foydali faoliyatda qatnashishga ehtiyoj sezishini va aktiv ishtirok etishini, har bir kishining boshqa odamlar bilan munosabatda bo'lish ehtiyojini, bu munosabatning mazmuni va formalarini, shaxs bilan uning atrofidagi kishilar o'rtasidagi munosabatlar tizimini, uning tabiatga, tevarak atrofdagi dunyoga munosabatini shaxsning asosiy xususiyatlari deb ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |