O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari
Download 394 Kb.
|
5.Zohidov A.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI POCHTA ALOQASI TEXNOLOGIYASI ta’lim yo’nalishi POCHTA ALOQASIDA LOGISTIKA fanidan KURS ISHI Mavzu: “O’zbekiston pochtasi” AJ Toshkent pochtamti filialida pochtani tashishni tashkil qilish Bajardi: 011-17 MSPATo’-guruh Zohidov A. Tekshirdi: ________________________ Toshkent – 2020 yil MUNDARIJA
Kirish Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan radikal iqtisodiy islohotlarning muvaffaqiyati, ko‘p jihatdan, muomala sohasining samarali faoliyati, ishlab chiqarish vositalari bilan ulgurji savdoning keng rivojlanishi, ishlab chiqarish texnikasiga mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasidagi to‘g‘ri aloqalar, hududlarning xalq xo‘jalik tarmoqlari, aksiyadorlar birlashmalari, turli mulk shakllaridagi ishlab chiqarish va tijorat sub’ektlariga xizmat ko‘rsatuvchi transportning sifati bilan ko‘proq bog‘liq bo‘ladi. Bu maqsadlarga erishish uchun, rivojlangan mamlakatlarning tajribasini o‘rganish bilan birga, vatanimizda logistika sohasida bozor iqtisodiyotida turli mulkchilik shakllarini hisobga olgan holda ishlab chiqarish munosabatlari sohasida mahsulot harakatlarini optimallashtirishning ilg‘or yo‘nalishlaridan foydalanish ham ma’lum bir ahamiyatga ega bo‘ladi. Logistika bo‘yicha mutaxassislar moddiy - texnika ta’minoti, transport va tovar harakati haqidagi axborotlarni yagona tizimga integratsiyalashuvini ta’minlashga intilishmoqda, bu esa ushbu sohalarning har birini ish faoliyatining samarasi va tarmoqlararo samaraning ortishiga olib keladi. CHet ellarda nazariya sifatida logistika mustaqil fan bo‘lib ajralib, oliy o‘quv yurtlarida, izlanishlar sohasi hamda ilmiy ishlab chiqarishda o‘rganilmoqda. Ko‘pgina oliy o‘quv yurtlarida boshqaruv xodimlarini tayyorlash uchun informatika va marketing bilan birga «logistika» mutaxassisligi mavjud va bitiruvchilarga mos mutaxassislik berilmoqda. Mamlakatimizda oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar kengaygan ishlab chiqarish va muomala sohalari uchun mutaxassis tayyorlashdagi o‘quv jarayonlarini tashkil qilishga ta’sir o‘tkazdi. «Tijorat logistikasi» - tijorat faoliyati sohasidagi logistik faoliyat. Ammo «tijorat» bizning ongimizga keng tarqalgan, bu katta darajadagi savdo, savdo muammolari majmuasidir. Savdo sohasi - tijorat keng xaridorlar ommasi bilan bevosita munosabat o‘rnatish, faqat bizda emas, balki g‘arbda ham ishlab chiqarishdan mohirona ajratilgan bo‘lib, buning sababi va oqibatlari turlicha. Bu holda logistikadagi «tijorat» sifat mazmuni bo‘yicha ko‘proq mos kelishi mumkin. Masalan, Savdo institutining iqtisodiyot fakultetiga, qaysiki faqat savdo - tijorat sohalari uchun iqtisodchi tijoratchilar o‘rtasidagi dallollik muomalalarini amalga oshirish uchun tayyorlanadi. SHunga qaramay, ishlab chiqarish - texnik maqsadlarga atalgan mahsulotni realizatsiya qilish va sotish, ishlab chiqarish va qurilish sohasida moddiy texnikaning iste’mol oqimi hajmini 90 %ini tashkil etib kelish bilan, g‘arbda va zamonaviy sharoitlarda bizda ham ishlab chiqaruvchilarning o‘z vazifalari va tijorat faoliyatlarining asosi bo‘lib qolmoqda. Bunday hollarda ishlab chiqarish, ta’minot hamda sotish bo‘yicha tijorat faoliyatini ishlab chiqarish-tijorat faoliyati bu sohadagi logistikani «ishlab chiqarish - tijorat logistikasi», deb nomlash mantiqlidir. Unda bu soha mutaxassislarini tayyorlash, shubhasiz, iqtisodiyot va moliya universitetining vazifasiga kiradi. Bunday o‘qilayotgan kurs «tijorat logistikasi»ga xuddi shunday mazmunni beradiMazkur kursning maqsadi, tijorat (ishbilarmonlik) logistikasi asoslarini bizda ham, chet ellarda ham bu yo‘nalishni tashkil qilish va iqtisodiy faoliyatning nazariy va amaliy aspektlari rivojlanishi hamda rivojlangan mamlakatlarning oliy ta’lim o‘quv yurtlarida maxsus fan sifatida o‘qitish amaliyotini o‘sha davrning haqiqiy axborotlar imkoniyatlarini hisobga olgan holda o‘rganishdan iborat. Bizning mamlakatda 1991-yilgacha aniq logistikani ilmiy ifodalashda hamda logistika faoliyatini tashkil etishni o‘qitish amaliyotining yo‘qligi, shu bilan mavjud chet el axborotlarini o‘rganish jarayonida izlanishlarni amalga oshirib, chet ellarning logistika va vatanimizning xalq xo‘jaligi faoliyatini tashkil qilish -iqtisodiy sohalari dinamikasi tezda o‘zgaruvchan bozorning ishlab chiqarish-tijorat sharoitlariga hamda barcha muammolarni tamoman yangicha konseptual holda qo‘yilishi va o‘rganilishi lozim. Logistikani fan sifatida, bilimlar tizimi, tamoyillari va usullari sifatida bilmaslik xodimning kasbiy kamchiliklarini tavsiflaydi, bu esa sub’yektning ishida (biznesda) ma’lum bir harajatlarning qo‘shimcha sarflanishiga olib keladi. SHuning uchun bozor iqtisodiyotining markaziy ishtirokchisi - tijoratchini tayyorlashda logistikani o‘qitish ahamiyatli o‘rin egallaydi. Logistikani bilish iqtisodchilar uchun muvaffaqiyatli tadbirkorlik faoliyatini olib borishga asos sifatida zarurdir.
1. Xat-xabarlarni saralash va sug‘urtali pochtaga ishlov berish sexi- PI- 1 da xat-xabarlar shu jumladan: oddiy xatlar, buyurtmali va baholi xatlar, banderollar shu jumladan: oddiy, buyurtmali va baholi banderollar, kichik paketlar va “M” toifali davriy nashrlar solingan qoplarni saralash, ishlov berish va manzili sari yo‘naltirish ishlari amalga oshiriladi. 2. Xalqaro sex- PI- 2 da Respublika ichki yo‘nalishlari va MDH davlatlaridan kelayotgan/ketayotgan posilkalarni saralash, ishlov berish va manzili sari yo‘naltirish ishlari amalga oshirilsa, PI- 3 sexida esa uzoq xorij mamlakatlari dan kelayotgan/ketayotgan posilkalarni saralash, ishlov berish va manzili sari yo‘naltirish ishlari amalga oshiriladi. 3. Matbuotga ishlov berish, ayirboshlash va jo‘natish sexi- PI- 7 - Respublika ichki va xalqaro yo‘nalishlarida qatnaydigan pochta avtomashinalari, xalqaro temir yo‘l magistral yo‘nalishida qatnaydigan Toshkent-Orenburg-Toshkent pochta vagoni va filialning: Xat-xabar saralash va sug‘urtali pochtaga ishlov berish, Xalqaro sexlari va Bo‘sh qoplar hisobi bo‘yicha guruh bilan ikki tomonlama pochta almashuvini amalga oshiradi. 4. Yo‘llar xizmati sexi - Respublika ichki va xalqaro magistral yo‘nalishlarida qatnaydigan pochta avtomashinalarini pochta kuzatuvchilari bilan va Toshkent-Orenburg-Toshkent yo‘nalishida qatnaydigan pochta vagonini pochta vagoni boshlig‘i va provodnik elektromontyorlar bilan ta’minlaydi. SHuningdek, pochta vagonlarini texnik reviziyadan o‘tkazish va ta’mirlash ishlarini shartnoma asosida amalga oshiradi. 5. Mexanizasiya sexi - kichik mexanizasiya qurilmalari: transporterlar va liftlarni doimiy ishlashini va barcha turdagi elektr asbob-uskunalarini ishlatish uchun zarur bo‘lgan miqdorda elektr energiyasi bilan ta’minlash ishlarini amalga oshiradi. 6. Avtotransport sexi - Respublika ichki va xalqaro magistral yo‘nalishlarida qatnaydigan pochta avtomashinalarini xaydovchilar bilan ta’minlaydi. SHuningdek, barcha magistral yo‘nalishlarni texnik soz holdagi avtomashinalar bilan ta’minlaydi. 7. Aviapochtaga ishlov berish va almashish uchastkasi - avia pochta jo‘natmalariga ishlov berish va “Toshkent xalqaro aeroporti” korxonasining “Pochta-yuklarni tashishni tashkillashtirish xizmati” bilan ikki tomonlama pochta almashuvlarini amalga oshiradi. 8. Xalqaro pochta jo‘natmalarini qabul qilish va topshirish uchastkasi – pochta jo‘natmalarini qabul qilish va topshirish bo‘yicha aholi va tashkilotlarga pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatadi. 9. Pochta xavfsizligi uchastkasi - Respublika ichki va xalqaro magistral yo‘nalishlarida qatnaydigan pochta avtomashinalari, Toshkent-Orenburg-Toshkent yo‘nalishida qatnaydigan pochta vagoni va filialning barcha sexlarida ishlov beriladigan pochta jo‘natmalarining pochta xavfsizligini ta’minlaydi. Filialdagi pochta jo‘natmalariga ishlov berish bilan bog‘liq barcha jarayonlarni 75 ta (filialda 65ta, AOP uchastkasida 10ta) video kuzatuv kameralari va boshqa o‘lchov asboblari orqali nazorat qilinishini ta’minlaydi. 10. Sifat xizmati – filialning barcha sexlarida amaldagi me’yoriy xujjatlar asosida texnologik jarayonlarni sifatli va to‘liq bajarilishini nazorat qilib, Butunjahon pochta ittifoqiga a’zo mamalakatlar pochta korxonalari bilan yozishmalar olib boradi. 11. Ishlab chiqarish labaratoriyasi - korxonaning barcha ish joylaridagi kompyuterlarni va kompyuter dasturlarini uzluksiz ishlashini ta’minlaydi 12. Bo‘sh qoplar hisobi bo‘yicha guruh- PI-5 – pochta jo‘natmalariga ishlov berish bilan shug‘ullanuvchi barcha sexlarni bo‘sh qoplar bilan ta’minlaydi. Pochta qoplari xarakati xisobini olib boradi va Butunjahon pochta ittifoqiga a’zo mamalakatlardan kelgan qoplarni egalariga qaytaradi.
Pochta vagonlari katta yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega, tashilayotgan boyliklar va pochta jo‘natmalarining saqlanishini ta’minlaydilar; vagonlarda sayyor brigadalarning ishlashi uchun kerakli qulayliklar mavjud. Pochta vagonlari bilan pochta almashuvini pochta aloqasi ob’ektlari amalga oshiradilar. Pochta aloqasining hududiy tashkilotlari poezdlar harakatining yangi jadvali kiritilishidan bir oydan kechiktirmasdan «O‘zbekiston pochtasi» AJ bilan kelishuvga ko‘ra bo‘ysundirilgan pochta aloqasi ob’ektlari qaysi poezdlar bilan pochta almashishlarini belgilaydilar va bu to‘g‘risida ixtiyorida pochta vagonlarining brigadalari bo‘lgan Xalqaro pochtamtga xabar beradilar. Xalqaro marshrutlarning pochta vagonlari bilan pochta almashish tartibi Umumjahon pochta ittifoqi hujjatlari, Xalqaro pochtani qabul qilish va jo‘natish qoidalari, xalqaro pochta almashuvi punktlari va pochta qoidalari bilan tartibga solinadi. Almashuv punkti mavjud bo‘lgan punktlarda pochta vagonlari bilan bevosita pochta almashuvini shahar aloqa bo‘limlari amalga oshirmaydilar, balki uni topshiradilar va pochta aloqasining almashuv punkti orqali oladilar. Ishning katta hajmiga ega bo‘lgan pochta aloqasining ob’ektlari pochta vagonlari bilan almashuv uchun kamida ikkita aloqa xodimini ajratadilar. Pochta-bagaj poezdlarining pochta vagonlari bilan pochtani almashish uchun poezd turgan vaqti ichida barcha vagonlar bilan almashuvni ta’minlash uchun etarli bo‘lgan miqdordagi aloqa xodimlari ajratiladi. Avval pochta pochta vagonidan beriladi, keyin esa, qabul qilinadi. Poezdning turish vaqtining davomiyligi 5 minut va undan kam bo‘lgan punktlarda almashuv pochta bilan kelgan aloqa xodimining pochta vagoniga kirmasidan amalga oshiriladi. YOzma xat-xabarlar va gazetalar passajir vagonlarining kupelarida, tez yurar va passajir poezdlarining bagaj vagonlarida, shuningdek umum foydalaniladigan avtobuslarda jo‘natilishi mumkin. Kichik ish hajmiga ega bo‘lgan mahalliy liniyalarda pochta passajir vagonlarining kupelarida bir yoki ikkita aloqa xodimlari kuzatuvida tashilishi mumkin. YUk bagaj bilan yozma xat-xabarlar va gazetalarni rejaga ko‘ra jo‘natilishini o‘rnatish to‘g‘risida jo‘natish punktlarining pochta aloqasi ob’ektlari olish punktlariga oldindan xabar berishlari kerak. Agar qandaydir sabablarga ko‘ra yozma xat-xabarlar yuk bagaj bilan jo‘natilmagan yoki rejadan tashqaridagi poezd orqali jo‘natilgan bo‘lsa, jo‘natish punktlarining pochta aloqasi ob’ektlari bu to‘g‘risida telegraf (telefon) orqali xat-xabarlar va gazetalarni reja bo‘yicha jo‘natish belgilangan tegishli tayinlangan punktga xabar berishlari kerak. YUk bagaj bilan jo‘natilgan pochta va ogohlantiruvchi telegramma (telefonogramma) olinmaganda, bu to‘g‘risida telegraf (telefon) orqali pochtani yuk bagaj bilan jo‘natayotgan pochta aloqasi ob’ektiga xabar beriladi. Harakatlanish tezligiga ko‘ra passajir poezdlari tez yurar, passajir, yuk-passajir va pochta-bagaj poezdlariga, borish masofasiga bog‘liq ravishda esa – uzoq, mahalliy va shahar cheti poezdlariga ajratiladi. Har bir toifadagi poezdlar harakatlanishning turli tezliklariga ega, stansiyalarda to‘xtashlarning turli miqdori va davomiyligiga ega. Pochta vagonlari, odatda, to‘xtashlarning ko‘p soniga ega bo‘lgan passajir poezdlari tarkibiga kiritiladi. Temir yo‘llar bo‘ylab pochta tashish masalalarini tartibga soladigan va «O‘zbekiston pochtasi» AJ hamda «O‘zbekiston temir yo‘llari» DAK o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni belgilaydigan asosiy hujjat bo‘lib, Pochtani tashish va temir yo‘llarda pochta vagonlarini ekspluatatsiya qilish qoidalari hisoblanadi. Qoidalar bilan temir yo‘llari bo‘ylab pochtani pochta vagonlarida tashish kabi, «O‘zbekiston temir yo‘llari» DAK vagonlarida tashish tartibi, pochta vagonlarini ta’mirlashga qarash tartibi, temir yo‘llari bo‘ylab pochtani tashish uchun tariflar va hisob-kitoblar, pochta vagonlarini nazorat qilish, shuningdek ikki muassasa tashkilotlarining bu qoidalarning bajarilishi uchun javobgarligi belgilangan. Pochta vagonlarida pochtani tashish O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llarining barcha liniyalari bo‘ylab amalga oshiriladi. Pochta vagonlarida va boshqa vagonlarning maxsus moslashtirilgan joylarida tashiladigan pochta aloqa xodimlari tomonidan kuzatiladi. Oddiy bagaj vagonlarida pochta aloqa xodimlarining kuzatuvi bilan ham, kuzatuvisiz ham tashiladi. Tarkibiga pochta vagonlari kiritiladigan poezdlar ro‘yxati «O‘zbekiston temir yo‘llari» DAK bilan kelishuvga ko‘ra «O‘zbekiston pochtasi» AJ tomonidan belgilanadi. Tarkibiga pochta vagonlari kiritilgan poezdlar harakati jadvalining o‘zgarishi hollari to‘g‘risida «O‘zbekiston temir yo‘llari» DAK yangi jadval kiritilishigacha 5 kundan kechiktirmasdan «O‘zbekiston pochtasi» AJga xabar qiladi. Pochta almashuvi poezdning jadval bo‘yicha kerakli turish vaqtida amalga oshiriladi. Pochtaning tayyor emasligi tufayli poezdlarning ushlanib qolishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Pochta va boshqa vagonlarda Umumjahon pochta ittifoqi hujjatlari va pochta aloqasi tizimida amal qiladigan normativ hujjatlarga muvofiq jo‘natish uchun qabul qilingan pochta tashiladi. Poezdlar harakatining xavfsizligi maqsadlarida pochtaning umumiy og‘irligi vagonning yuk ko‘tara olish qobiliyatidan oshmasligi kerak. Temir yo‘l vakili pochtaning og‘irligini vagon tarozisida tekshirish va belgilangan normadan oshadigan ortiqcha pochtani vagondan tushirishni taklif etish huquqiga ega. Pochta vagonlarini jo‘natish belgilangan tartibda temir yo‘l xodimlari tomonidan rasmiylashtiriladi.
Bagaj bilan jo‘natish uchun pochta poezd boshlang‘ich stansiyadan jo‘nab ketishidan 30 minut oldin, oraliq stansiyalarda - poezd kelishidan 30 minut oldin etkazilishi kerak. alohida hollarda, bir marotaba tartibda, pochtani tashish uchun yuk vagonlaridan foydalanish mumkin. Yo‘lda kuzatish, qo‘riqlash, ishlov berish va almashish uchun pochta vagonlari va passajir poezdlarining maxsus moslashtirilgan joylarida ketish «O‘zbekiston pochtasi» AJ tomonidan berilgan bo‘yicha sayyor brigadaning ishchilariga ruxsat beriladi. Sayyor brigada ishchilari tarkibiga: pochta vagonining boshlig‘i, vagon boshlig‘ining yordamchilari, provodnik-elektrmontyor, saralovchilar kiradi. «O‘zbekiston pochtasi» AJ O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llarini texnik ekspluatatsiya qilish talablariga muvofiq pochta vagonlarini soz holatda ushlashi kerak. Pochta vagonlari sostavlarning belgilangan sxemalariga muvofiq poezdlar tarkibiga kiritiladi. Pochta-bagaj poezdlarini shakllantirish sxemalarini o‘zgartirish «O‘zbekiston pochtasi» AJ bilan kelishuv bo‘yicha amalga oshiriladi. II. Amaliy qism 2.1.Analitik usul orqali A va B magistrallardagi pochta vagonlarining ishchi va inventor parklarini hisoblash. Topshiriq:Ishchi va inventor parklarni hisoblash, shuningdek ushbu marshrutlarga xizmat ko`rsatuvchi pochta vagonlari brigadalarini hisoblash.Dastlabki ma`lumotlar 1-jadvalda keltirilgan
Hisoblashuchunquyidagiformulalardanfoydalanamiz. 1-Formula.Pochta vagonlariningishchiparkinihisoblah. NIsh.pun= Ta/ И Bu yerda: И-Pochtavagonlariningjo`natishorasidagivaqt. 2-Formula.Pochta vagonlariningaylanishvaqti. Ta=Tx+TK1+TK2 Bu yerda: Ta – Vagonningaylanishvaqti; Tx-Pochtavagonlarinito`g`rivateskariharatiyig`indisi; TK1-Boshlang`ich punktdapoyezdningsostavigapochtavagoniniqo`shilishinikutishvaqti; TK2-Oxirgi punktdagikutishvaqti (Soatlarda); 3-Formula.Pochta vagonlarininginventarparkinihisoblash. TInven= NIsh.pun * KZax Bu yerda : KZax- Ta`mirlashuchunzaxirakoeffisenti; 4-Formula.Brigadalar soni. NBrigada=TIsh.vaqti * n / ФIshvaqti Bu yerda : ФIshvaqti- Brigadaishvaqtiningyillikfondi. ФIshvaqti= 1992 n- Biryildagiikkitomonlamareyslarsoni. 5-Formula.Brigada ishvaqti. TIsh= KI.V* tyo`l * tbo`shatish * tyuklash Buyerda:
KI.V=0.67 tyo`l- Brigadaning boorish vakelishyo`nalishidagivaqti. tbo`shatish-Pochtaningoxirgivabirinchinuqtadagivaqti. Tyuklash-Pochtanibirinchivaoxirginuqtadagivaqti. Xisoblash 5-Formula foydalanibbrigadaishvaqtinitopibolamiz. TIsh= KI.V* tyo`l * tbo`shatish * tyuklash tyo`l=(48+20.30)+48+23.05=139.35 TIsh=0.67*139.35*5.5*3=1540.5soat 4-Formuladan foydalanibbrigadalarsoninitopamiz. NBrigada=TIsh.vaqti * n / ФIshvaqti n=365/8=45.6kun NBrigada=1540.5*45.6/1992=35.2 ta brigada. 2-Formuladan foydalanibpochtavagonlariningaylanishvaqtinitopamiz. Ta=Tx+TK1+TK2 Ta=139.35+5.5+3=147.85soat 1-Formuladan foydalanibpochtavagonlariningishchiparkinihisoblaymiz.
И=71.05-68.3=2.75soat NIsh.pun=147.85/2.75=53.7 ta ishchi park mavjud. 3-Formuladan foydalanibpochtavagonlarininginventarparkinihisoblaymiz. TInven= NIsh.pun * KZax KZax= 1.2 TInven=53.7*1.2= 64 ta inventarparklar bor. 2.2. Shaharda aralash mashrutlarga xizmat qiluvchi avtomabillar sonini aniqlash yo’llari Umumiy vazifa: Avtomobillayning bitta reysida shahar po’chta aloqasi bo’limi bilan almashinuvi va po’chta qutilaridan xatlarni olishni amalga oshirish sharoitida avtomobillar sonini aniqlang. Bunda : Shahar PAB bilan pochta almashinuvi uchun vaqt 5 daqiqa Pochta qutilaridan xatlarni olish uchun vaqt 1 daqiqa Avtomobil harakatining tezligi 30 km/soat Pochta almashinuvi chastotasi kuniga 2 marta
n-sutkalik almashinuv chastotasi n = 2 m-avtotransportlar punktlar (PAB) soni m = (57+140) = 197 S-shahar hududi (maydon) S=39 km Vt- avtomobilning tezligi Vt=30 km/ soat t alm-bitta pochta almashinuvi uchun ketgan vaqt (soat) talm=(5+1) : 60=0.1 soat Tn-avtomobilning ish vaqti (soat) Tn = 10 soat
Download 394 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling