O'zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va


Kattalikning o‘lchamliligi


Download 13.91 Kb.
bet3/7
Sana19.06.2023
Hajmi13.91 Kb.
#1624095
1   2   3   4   5   6   7
Kattalikning o‘lchamliligi deb, shu kattalikning tizimdagi asosiy kattaliklar bilan bog ‘liqligini ko ‘rsatadigan va proporsionallik koeffitsiyenti 1 ga teng bo‘lgan ifodaga aytiladi.
Kattalikning sonli qiymatini, odatda, o ‘lchash amali bilangina topish mumkin, ya’ni bunda ushbu kattalik miqdori birga teng deb qabul qilingan shu turdagi kattalikdan necha marta katta yoki kichik ekanligi aniqlanadi.
O‘lchash deb, shunday solishtirish, anglash, aniqlash jarayoniga aytiladiki, unda o ‘lchanadigan kattalik fizik tajriba yordamida, xuddi shu turdagi birlik sifatida qabul qilingan miqdori bilan o ‘zaro solishtiriladi.
O‘lchash jarayonida o ‘lchashdan ko‘zda tutiladigan maqsad, ya’ni izlanuvchi kattalik va o‘lchash obyekti ishtirok etadi. O‘lchash obyekti (o‘lchanadigan kattalik) shunday yordamchi kattalikki, u yordamida asosiy izlanuvchi kattalik aniqlanadi yoki shunday qurilmaki, u yordamida o ‘lchanadigan kattalik solishtiriladi. Shunday qilib, uchta tushunchani bir-biridan ajrata bilish kerak: o ‘lchash, o ‘lchash jarayoni va o‘lchash usuli.
O‘lchash - umuman har xil kattaliklar to‘g‘risida axborot qabul qilish, o‘zgartirish demakdir. Bundan maqsad izlanayotgan kattalikni son qiymatini qo‘llash, ishlatish uchun qulay shaklda aniqlashdir.
O‘lchash jarayoni - solishtirish tajribani o ‘tkazish jarayonidir (solishtirish qanday usulda bo‘lmasin).
O‘lchash usuli fizik tajribaning aniq ma’lum struktura, o ‘lchash vositalari va tajriba o ‘tkazishning aniq yo‘li, algoritmi yordamida bajarilishi, amalga oshirilishi usulidir.
O‘lchash natijasi o ‘lchanayotgan kattalik son qiymatining o ‘lchash birligiga ko‘paytmasi tariqasida ifodalanadi.
X = n [x],
bunda: X - o ‘lchanayotgan kattalik; n - o ‘lchanayotgan kattalikning qabul qilingan o‘lchov birligidagi son qiymati; [x] - o‘lchash birligi.
Ma’lumki, o ‘lchashni biror-bir vositasiz bajarib bo‘lmaydi.

Download 13.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling