O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Mehnat bozori va mehnat migratsiyasini tahlil qilish yig‘ma axborot-tahlil departamentiga


Download 89.5 Kb.
bet3/3
Sana09.02.2023
Hajmi89.5 Kb.
#1183049
1   2   3
Bog'liq
26.12.2022 йил маълумот ЯММТ

Jamoat ishlarini tashkil qilish uchun buyurtma berish ish beruvchining Yagona milliy mehnat tizimidagi shaxsiy kabineti orqali amalga oshirish uchun yangi funksiya joriy qilinib yo‘lga qo‘yildi.



  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5102-sonli qaroriga asosan 2022 yil 1 iyuldan boshlab, davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolardan mehnat staji, ish haqi, oliy ta’lim muassasalaridagi o‘qish hamda harbiy xizmat davri to‘g‘risidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilingan. Ushbu qarorning 1-ilovasiga muvofiq pensiya yoshiga yaqin qolgan hamda nogironlik yoki boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlash uchun murojaat qilgan fuqarolarning «O‘zarxiv» agentligi yoki idoraviy arxivda mavjud hujjatlari asosida mehnat staji davridagi ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlarini (oxirgi 10 yillik mehnat faoliyati davri
    2005-yildan avvalgi davrga to‘g‘ri kelganda) Yagona mehnat milliy tizimidan yuborilgan elektron so‘rovga asosan «O‘zarxiv» agentligining elektron dasturi ma’lumotlari asosida hamda idoraviy arxivlar tomonidan kiritishni joriy etish belgilangan.

Yuqoridagilardan kelib chikkan holda, sobiq xodimlarni mehnat faoliyati 2005-yildan avvalgi davrga to‘g‘ri kelganda, Yagona mehnat milliy tizimida ish beruvchining shaxsiy kabinetiga kelib tushgan so‘rov asosida ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish joriy etildi.




  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5102-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga Pensiya jamg‘armalariga murojaat qilgan nafaqaga chiqish yoshidagi ishlamaydigan fuqarolarni mehnat daftarchalaridagi stajlarni kiritish uchun alohida modul ishlab chiqildi.



  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 515-sonli qarori “Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy ta’minotdan foydalanish huquqini ta’minlash, xalqaro standartlarga muvofiq ijtimoiy sug‘urta orqali homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini to‘lab berish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish” ijrosini ta’minlash maqsadida «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali ayollarning bandligi va ish staji to‘g‘risidagi ma’lumotlar Sog‘liqni saqlash vazirligining «Tibbiyot AT» axborot tizimiga ma’lumot uzatish yo‘lga qo‘yildi.


“YaMMT” IDAK tizimi faoliyatini hamda mehnat bozorini tahlil qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish
maqsadida 2023-yilda amalga oshirish uchun
rejalashtiridgan ishlar hamda takliflar



  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-244-sonli farmon ijrosini ta’minlash maqsadida 2023 yil 1 yanvardan yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yollangan xodimlarni “Yagona milliy mehnat tizimi”da hisobga olish orqali davlat soliq xizmati organlarida alohida hisobga qo‘yish ishlari amalga oshiriladi.



  1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tegishli vazirlik, idoralar bilan birgalikda magistrlik darajasi to‘g‘risidagi hujjatlarni, respublikamizdagi harbiylashtirilgan va maxsus oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining diplom ma’lumotlarini otm.mehnat.uz elektron bazasida shakllantirish hamda uni “YaMMT” IDAKga integratsiya qilinishini ta’minlash;



  1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan kollej va texnikumlar bitiruvchilarining diplom ma’lumotlari elektron bazasini shakllantirish hamda uni “YaMMT” IDAKga integratsiya qilinishini ta’minlash;

  2. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan harbiy xizmatni o‘tagan fuqarolarning harbiy xizmat davri elektron bazasini shakllantirish va “YaMMT” IDAKga integratsiya qilinishini ta’minlash;



  1. Ish beruvchilarga xodimlarning mehnat daftarchasidagi oldingi ish staji to‘grisidagi yozuvlarni “YaMMT” IDAKga kiritish bo‘yicha ko‘rsatma beradigan normativ-huquqiy hujjat tasdiqlanishini tezlashtirish.



Download 89.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling