O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Moliya fani
Download 236,15 Kb. Pdf ko'rish
|
Мавзу №2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari; 1.3. O‘zbekistonning moliyaviy siyosati va uning o’ziga xos xususiyatlari .
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi ______________________________________________________________________ Moliya fani 2 Mavzu. Moliyaviy siyosat Reja: 1.1. Moliyaviy siyosatning mazmuni va tamoyillari; 1.2. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari; 1.3. O‘zbekistonning moliyaviy siyosati va uning o’ziga xos xususiyatlari . 1.1. Moliyaviy siyosatning mazmuni va tamoyillari. Moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element moliyaviy siyosat hisoblanadi. Shu bois moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlatning moliyaviy siyosatiga asoslanadi. Qisqa qilib aytganda, moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi faoliyatidir. Bu faoliyat davlatga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun etarli miqdorda va kerakli muddatda moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga qaratilgan. Siyosat davlat faoliyatining barcha yo’nalishlarini qamrab oladi. Siyosiy ta’sir obyekti hisoblangan ijtimoiy munosabatlar sohalariga bog’liq ravishda iqtisodiy yoki sotsial, madaniy yoki texnikaviy, byudjet yoki kredit, ichki yoki tashqi siyosat to’g’risida so’z yuritiladi. Moliyaviy siyosat davlat faoliyatining nisbatan mustaqil sohasi bo’lib, bir vaqtning o’zida ijtimoiy faoliyatning har qanday sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. Bu yerda uning iqtisodiyot, sotsial soha, harbiy islohotlar yoki xalqaro munosabatlar bo’lishi prinsipial ahamiyatga ega emas. Siyosat, siyosiy ta’sir va siyosiy rahbarlik quyidagi uch elementlardan tarkib topadi: bosh maqsadni aniqlash va qo’yish hamda jamiyat hayotining ma’lum bir davriga xos qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun echilishi zarur bo’lgan istiqboldagi va yaqin kunlardagi vazifalarni aniqlab olish; qo’yilgan maqsadlarga qisqa muddatlarda erishila-digan, yaqin davrdagi va istiqboldagi vazifalar esa oqilona tartibda hal qilinadigan munosabatlarning metodlari, vositalari va konkret shakllarini ishlab chiqish; qo’yilgan vazifalarni yechishga qodir bo’lgan kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish, ularning bajarilishini tashkil qilish. Demak, takror ishlab chiqarishning alohida ehtiyoj-larini qondirish va uzluksiz takror ishlab chiqarish jarayonini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun ijtimoiy boylikni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlariga yo’naltiriladigan maqsad va vazifalarning yechilishini aniqlash moliyaviy siyosat deyiladi. Moliyaviy siyosatga q uyidagicha boshqa ta’rif berish ham mumkin: moliyadan foydalanishning metodlari, uni tashkil qilishning amaliy shakllari va metodologik prinsiplarining majmui (yig’indisi) moliyaviy siyosat deyiladi. Ayrim hollarda moliyaviy siyosat davlatning o’z funksiyalarini bajarishi uchun moliyaviy munosabatlardan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan davlat organlarining ma’lum bir faoliyati sifatida talqin qilinadi. Bunday talqin o’zida bir necha xavfni mujassam etadi. Buning boisi shundaki, iqtisodiyot taraqqiyotida da vlatning roli to’g’risi-dagi jamiyatda hukmron bo’lgan tasavvurlarga muvofiq ravishda davlatning vazifalari va funksiyalari ham Download 236,15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling