Mijozlarga kredit berish va o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish uchun mablag‘ yetishmay qolgan taqdirda tijorat banklari kredit resurslari olish bo‘yicha Markaziy bankka murojat qilishlari mumkin. Tijorat banklari operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari ularning o‘zlari tomonidan mustaqil belgilanadi. Ammo bu stavkalar davlat pul-kredit siyosatining bosh yo‘nalishlarida belgilab beriladigan foiz stavkalari siyosatiga asoslangan bo‘lishi lozim. Banklarning keyingi funksiyasi bu mustaqil subyektlararo to‘lov operatsiyalarini amalga oshirish funksiyasidir. Rejali iqitsodiyot davrida barcha to‘lovlar birgina Davlat banki orqali amalga oshirilgan, hisob-kitoblarning bunday tizimida to‘lovlarni amalga oshirishda davlat o‘zi kafil bo‘lardi. Mustaqil tijorat banki tizimini shakllantirish hisob-kitob tizimining ajralishiga olib keladi va banklar o‘z zimmalariga oladigan javobgarlik darajasini oshiradi. Bunday sharoitda tijorat banklari, mijozlar hisob-kitoblari bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishi bo‘yicha mas’uldir. Banklarning keyingi funksiyasi bu mustaqil subyektlararo to‘lov operatsiyalarini amalga oshirish funksiyasidir. Rejali iqitsodiyot davrida barcha to‘lovlar birgina Davlat banki orqali amalga oshirilgan, hisob-kitoblarning bunday tizimida to‘lovlarni amalga oshirishda davlat o‘zi kafil bo‘lardi. Mustaqil tijorat banki tizimini shakllantirish hisob-kitob tizimining ajralishiga olib keladi va banklar o‘z zimmalariga oladigan javobgarlik darajasini oshiradi. Bunday sharoitda tijorat banklari, mijozlar hisob-kitoblari bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishi bo‘yicha mas’uldir. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan barcha mamlakatlarda tijorat banklari iqtisodiyotning to‘lov mexanizmida yetakchi o‘rin tutadi. Iqtisodiyot to‘lovlarini amalga oshirishni isloh qilish va rivojlantirish orqali mamlakatimiz to‘lov tizimida tijorat banklarining o‘rni kengaymoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |