Banklar faoliyatini tartibga solish va ularni nazorat qilishdan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida“gi Qonunning 50-moddasiga muvofiq bank tizimini barqaror tutib turish, omonatchi va kreditorlar manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirishning asosiy vositalaridan biri bank faoliyatiga ruxsatnoma (litsenziya) berishdir. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank muassasalarining rivojlanishini har - Hukumat maslahatchisi – xazina vakili vazifasi. Bu vazifa „O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida“gi Qonunning 44-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hukumat bankiri sifatida davlat muassasalari va tashkilotlarining hisob varaqlarini yuritadi, ana shu hisob varaqlarda mablag‘larni jamg‘aradi va ulardan to‘lovlarni amalga oshiradi: davlat qimmatli qog‘ozlari bilan operatsiyalarni o‘tkazib turadi; davlatga bevosita qisqa muddatli ssudalar shaklida yoki davlat obligatsiyalarini xarid qilish tarzida kredit beradi; hukumat idoralarining topshirig‘iga binoan oltin bilan yoki xorijiy valutada operatsiyalar bajaradi. 45-moddada belgilab berilganidek, hukumat davlat sektoriga qarz ajratish masalalarida, kredit berishning ichki va tashqi manbalaridan mablag‘ olish rejalari to‘g‘risida Markaziy bank bilan maslahatlashadi.
Tijorat banklari faoliyatining tamoyillari. - Tijorat banklarining iqtisodiy roli uning faoliyat doirasining keng bo‘lishiga olib keladi. Shu
sababli tijorat banklari quyidagi funksiyalarni bajaradi: – vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish; – iqtisodiyotda hisob-kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish; – moliya-valuta bozorida faoliyat ko‘rsatish; – iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish, maslahat xizmatlarini ko‘rsatish va boshqalar. - Tijorat bankining bo‘sh turgan mablag‘larni jalb etish, ularni kapitalga aylantirish funksiyasi asosiy funksiyalardan hisoblanib, jalb etilgan mablag‘lardan daromad qarz mablag‘lariga bo‘lgan talab va taklif asosida shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |