Oʻzbekiston Respublikasi Bayroq Gerb Shior


Download 316.13 Kb.
bet2/8
Sana19.06.2023
Hajmi316.13 Kb.
#1618465
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ўзбекистон хақида

Aholining oʻsishi

Yil

Aholi

±%

1920

4,4



1930

4,9

+11.4%

1940

6,6

+34.7%

1950

6,2

−6.1%

1960

8,4

+35.5%

1970

11,8

+40.5%

1980

15,8

+33.9%

1990

20,2

+27.8%

2000

24,5

+21.3%

2010

28

+14.3%

2020

33,9[34]

+21.1%

Oʻzbekiston aholisi 36 001 029 kishini[35][36] tashkil qiladi (2022-yil 9-dekabr holatiga koʻra). Aholining aksariyat qismi (83,7 %[6] dan koʻprogʻi — 26,15 millionkishi) oʻzbeklardan iborat. Ayniqsa Andijon viloyati aholisida oʻzbeklar hissasi juda katta. Har biri 1 milliondan oshiqroq ruslarqozoqlartojiklar; 500ming tatarlarqirgʻizlarqoraqalpoqlardan tashqari forslar (200 ming), koreyslar (200 ming), ukrainlar (150 ming), turkmanlar (150 ming), ermanilar (100 ming), arablar va loʻlilar (500 ming) va boshqalar. Aholining 51 % shaharlarda va 49 % — qishloqlarda istiqomat qiladi. 2022-yil holatiga koʻra, erkaklar soni 17,9 mln, ayollar soni esa 17,7 mln kishi kishini tashkil qiladi. Shaharda yashovchi aholi soni 18,1 mln kishiga, qishloqda yashovchilar esa 17,5 mln kishiga teng. Tugʻilishlar soni 413,6 ming kishi, oʻlimlar soni esa 80,9 ming kishini tashkil qildi. Qayd qilingan nikohlar soni — 108,9 mingni, ajrashishlar soni — 24,6 mingtaga teng[37].
Aholining asosiy qismi — oʻzbeklar boʻlib, ular aholining 83,7 %[6] ni tashkil qiladi. Oʻzbekiston koʻp millatli respublika boʻlib, 130 ga yaqin millat va elatlarning vakillari istiqomat qilishadi.
Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar singari Oʻzbekiston Respublikasining ham aholisi nisbatan „yosh“ boʻlib, uning katta qismi mehnatga layoqatli yoshdadir. Aholi umumiy miqdorining 42 %ini mehnatga layoqatli davrgacha boʻlgan yoshlar, 51 %i mehnatga layoqatli va 7 % mehnatga layoqatli davrdan katta yoshlilar tashkil etadi.[38]
Etnik tarkibi
Maʼlumot 2018-yilga tegishli:

Millat

Soni

Oʻzbeklar

26 million 300 ming kishi (Jami aholining 83 %)

Tojiklar

1 million 300 ming kishi

Qozoqlar

750ming kishi

Ruslar

770 ming kishi

Qoraqalpoqlar

750ming kishi

Tatarlar

500 ming kishi (boshqa maʼlumatlorga koʻra — 700 mingga yaqin)

Qirgʻizlar

232 ming kishi

Koreyslar

178 ming kishi

Turkmanlar

152 ming kishi

Ukrainlar

105 ming kishi

Armanlar

42 ming kishi

Ozarbayjonlar

36 ming kishi

Forslar

30 ming atrofida

Uygʻurlar

20 ming atrofida

Beloruslar

20 ming atrofida

Qrim tatarlari

10 ming atrofida (boshqa maʼlumatlorga koʻra — 90 mingga yaqin)

Yahudiylar

taxminan 20 — 30 ming kish

Turklar

10 ming atrofida

Olmonlar

7.9 ming kishi

Yunonlar

10 mingdan ozroq

Din
Asosiy maqola: Oʻzbekistonda din
Aholining koʻpchilik qismi Islom dinining Hanafiya (sunniylar) mazhabidagi musulmonlardir, aholining bir qismi Islom dinining Shia mazhabiga eʼtiqod qilishadi. Bundan tashqari mamlakatda xristian dinining provoslavlar, katoliklar, protestantlar, lyuteryanlar, Arman Apostol Cherkovi, Yahova Shohidlari, Baptistlar, Yettinchi Kun Adventistlari, Koreys Xristianlari va boshqa mazhablari ham bor. Yahudiylik, Buddistlik, Krishnaitlar, Baxailar va boshqa dinlar ham Oʻzbekistonda mavjud.

  • 88,4 % — Islom (Hanafiylar, Sunniylar — 87,1 %) va (Shialar — 1,3 %)

  • 4,8 % — Xristian (Pravoslavlar)

  • 2,4 % — Xristian (Katoliklar, Protestantlar, Lyuteryanlar va boshqa xristian mazhablari)

  • 0,8 % — Yahudiylar

  • 4,2 % — Boshqa Dinlar

Til
Asosiy maqola: Oʻzbekiston tillari
Oʻzbek tili rasmiy davlat tilidir; biroq rus tili millatlararo muloqot uchun amalda rasmiy til hisoblanadi, jumladan, aksariyat savdo va davlat idoralarida kundalik foydalanish. Mamlakat konstitutsiyasida Qoraqalpoqlarning Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi rasmiy maqomi ham tan olingan.
Taʼlim va sogʻliqni saqlash
Asosiy maqola: O'zbekistonda ta'lim va Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi
Taʼlim tizimida savodxonlik darajasi 99,3 foizga yetdi, erkaklar va ayollarning oʻrtacha maktab yoshi 11 yoshni tashkil etdi. Biroq, Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin byudjet cheklovlari va boshqa oʻtish davri muammolari tufayli darsliklar va boshqa maktab materiallari, oʻqitish metodikasi, oʻquv dasturlari va taʼlim muassasalari eskirgan, etarli emas va eʼtibordan chetda qolmoqda. Shuningdek, maktab yoshidagi odamlarning ulushi pasaymoqda. Hukumat bu masalalardan xavotirda boʻlsa-da, byudjet torligicha qolmoqda. Xuddi shunday, sogʻliqni saqlash sohasida ham umr koʻrish davomiyligi uzoq edi, ammo Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin sogʻliqni saqlash resurslari qisqardi, ularning sifati, foydalanish imkoniyati va samaradorligi pasaydi.

Oʻzbekiston Prezidenti
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19-bobi „Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti“ deb nomlanadi. Bu bob 9 ta moddadan iborat boʻlib, ularda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy huquqiy maqomi belgilab berilgan. Oliy Kengash 12-chaqiriq 1-sessiyasida deputatlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti lavozimyga Islom Karimov saylangan edi. „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida“gi qonunga binoan, 1991-yil 29-dekabr va 2000-yil 9-yanvarda muqobillik asosida toʻgʻridan-toʻgʻri umumxalq Prezident saylovlari oʻtkazildi. Bu saylovlar natijasida Islom Karimov Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylandi. 2016-yil 2-sentabrda Islom Karimov vafot etdi. Shu munosabat bilan navbatdan tashqari umumxalq prezidentlik saylovlari oʻtkazildi va unda bosh vazir Shavkat Mirziyoyev prezident etib saylandi.

Download 316.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling