O’zbekiston respublikasi bojxona ishining hozirgi holati Reja: Kirish
Eksport va Reimport bojxona rejimlari
Download 29 Kb.
|
O’zbekiston respublikasi bojxona ishining hozirgi holati
3. Eksport va Reimport bojxona rejimlari.
Tovarlarning bojxona chegarasi orqali olib o’tilishi vakolatli shaxslarning tovarlarni bojxona rejimlaridan biriga joylashtirish va mazkur bojxona rejimi talablari hamda shartlariga rioya etish majburiyatini keltirib chiqaradi. Vakolatli shaxs tovarlarning va transport vositalarining xususiyati, miqdori, ishlab chiqarilgan mamlakati yoki qaysi maqsadga mo’ljallanganligidan qat’i nazar, istalgan bojxona rejimini tanlashga yoki uni boshqa bojxona rejimiga o’zgartirishga haqli. Tanlangan bojxona rejimi bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun bojxona organiga taqdim etiladigan bojxona deklaratsiyasida deklarant tomonidan ma’lum qilinadi.Erkin muomalaga chiqarish shunday rejimki, bunda bojxona hududiga olib kirilgan tovarlar ularni ushbu hududdan olib chiqib ketish majburiyatisiz bu yerda doimiy qoladi. Rejim import bojlarini, soliqlarni va boshqa boj toʻlovlarini toʻlashni, iqtisodiy siyosat choralariga hamda boshqa chora-tadbirlarga rioya etishni nazarda tutadi.Reimport shunday rejimki, bunda eksport rejimida bojxona hududidan olib chiqilgan Oʻzbekiston tovarlari import bojlarini, soliqlarni toʻlamasdan, shuningdek ularga nisbatan iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan muddatlarda qayta olib kiriladi. Olib chiqilgan paytdan boshlab oʻn yil ichida bojxona hududiga qaytarib olib kirilgan, tabiiy eskirish yoxud normal tashish va saqlash sharoitlarida kamayish oqibatidagi oʻzgarishlar hamda qonun hujjatlarida belgilanadigan boshqa hollarni istisno etganda, olib chiqilgan paytda qanday boʻlsa, shunday holatda turgan tovarlar reimport rejimiga joylashtiriladi. Tovarlarni eksport rejimida olib chiqilayotganda toʻlangan eksport boji va soliqlar summasi, bu tovarlar olib chiqilgan paytdan boshlab uch yil ichida reimport rejimida qaytarib olib kirilgan taqdirda, bojxona organining taqdimnomasi boʻyicha qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda qaytariladi. Tovarlar reimport qilinganda tovarlarni olib oʻtayotgan shaxs tovarlarni olib chiqish chogʻida toʻlov tarzida yoki boshqa imtiyozlar tufayli olgan summalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaytaradi. Eksport shunday rejimki, bunda tovarlar bojxona hududidan tashqariga ularni ushbu hududga qaytarib olib kirish majburiyatisiz olib chiqiladi. Eksport rejimiga joylashtirilgan tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida Bojxona kodeksida nazarda tutilgan hollarda bu hududdan tashqariga amalda olib chiqib ketilmagan holda turishi mumkin. Tovarlarni eksport rejimida olib chiqish eksport boji va boshqa bojxona toʻlovlari toʻlangan, iqtisodiy siyosat choralariga rioya etilgan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa talablar bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi. Eksport rejimida olib chiqilayotganda tovarlar soliqlardan ozod etiladi yoxud toʻlangan soliqlar summasi qonun hujjatlariga muvofiq qaytarilishi lozim. Tovarlar eksport rejimida chiqarilayotganda tovarlar bojxona hududidan tashqariga, tovarlar holatining tabiiy eskirish yoki normal tashish va saqlash sharoitlarida kamayish oqibatidagi oʻzgarishlarni istisno etganda, bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kunda qanday boʻlsa, shunday holatda olib chiqilishi lozim. Reeksport shunday rejimki, bunda chet el tovarlari bojxona hududidan olib chiqiladi. Agar tovarlar bojxona organiga keyinchalik reeksport rejimida olib chiqib ketishga moʻljallangan tovar sifatidagina maʼlum qilingan boʻlsa, ular bojxona hududiga olib kirilayotganda import bojlari, soliqlar hamda iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmaydi. Bunday tovarlarni amalda olib chiqish bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab olti oydan kechiktirmay amalga oshiriladi. Amalda olib chiqib ketilmagan taqdirda import bojlari, soliqlar, shuningdek ular yuzasidan foizlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlanadi. Tovarlar reeksport rejimida olib chiqilayotganda eksport bojlari, soliqlar undirilmaydi, olib chiqish chogʻida amal qilib turgan iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Tovarlar reeksport rejimida olib chiqilayotganda toʻlangan import bojlari va soliqlar qaytarilishi va ayni bir paytda quyidagi talablarga rioya etilishi lozim: reeksport qilinayotgan tovarlar olib kirilgan paytda qanday boʻlsa, shunday holatda boʻlsa, tabiiy eskirish yoki normal tashish va saqlash sharoitlarida kamayish oqibatidagi oʻzgarishlar bundan mustasno; reeksport rejimida tovarlarni olib chiqish ular olib kirilgan paytdan boshlab ikki yil ichida amalga oshirilayotgan boʻlsa; reeksport qilinayotgan tovarlardan daromad olish maqsadida foydalanilmagan boʻlsa. Bojxona ombori shunday rejimki, bunda olib kirilgan tovarlar saqlash davrida import boji, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmasdan bojxona nazorati ostida saqlanadi, eksport rejimida olib chiqishga moʻljallangan tovarlar esa bojxona nazorati ostida Bojxona kodeksining 26-moddasida nazarda tutilgan imtiyozlar berilgan holda saqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit olib oʻtish man etilgan tovarlar hamda roʻyxati qonun hujjatlari bilan belgilanadigan boshqa tovarlar bojxona ombori rejimiga joylashtirilishi mumkin emas. Tovarlar bojxona ombori rejimida uch yil mobaynida turishi mumkin. Ushbu muddat tovarlarning ayrim toifalari va ayrim shaxslar uchun qonun hujjatlari bilan cheklanishi mumkin, lekin u bir yildan kam boʻlmasligi kerak. Belgilangan muddat tugagunga qadar tovarga nisbatan vakolatga ega boʻlgan shaxs tomonidan tovarni boshqa bojxona rejimiga joylashtirish soʻralishi kerak. Bu talablarga rioya etilmagan taqdirda, tovar bojxona organiga qarashli bojxona omboriga vaqtincha saqlash rejimiga joylashtiriladi.Erkin bojxona zonasi va erkin ombor shunday rejimlarki, bunda chet el tovarlari muayyan hududlar va joylarda boj, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmasdan joylashtiriladi va ishlatiladi, Oʻzbekiston tovarlari esa eksport rejimiga muvofiq olib chiqishda qoʻllaniladigan shartlarga koʻra joylashtiriladi va ishlatiladi. Erkin bojxona zonasi va erkin ombor rejimlari qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Tovarlar erkin bojxona zonasi va erkin ombor rejimlarida cheklanmagan muddatlargacha turishi mumkin. Erkin bojxona zonalari va erkin omborlarda, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, tovarlar bilan ishlab chiqarish va tijorat operatsiyalarini bajarishga yoʻl qoʻyiladi, ularning chakana savdosi bundan mustasno. Bojxona kodeksining va boshqa qonun hujjatlarining qoidalariga rioya etmayotgan ayrim shaxslarga bojxona organlari tovarlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishni taqiqlab qoʻyishi hamda erkin bojxona zonalari va erkin omborlarga moneliksiz kirib chiqishni rad etishi mumkin. Erkin bojxona zonasi va erkin ombor rejimlarida turgan tovarlarni erkin muomalaga yoki eksportga chiqarish rejimlariga joylashtirganda, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, boj, soliqlar hamda iqtisodiy siyosat choralari tovarlarning kelib chiqishiga qarab qoʻllaniladi. Tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat boʻlmagan taqdirda tovarga: olib chiqilayotganda eksport boji, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralarini qoʻllanish maqsadlarida Oʻzbekiston tovari deb, boshqa maqsadlarda esa chet el tovari deb qaraladi.Boj olinmaydigan savdo doʻkoni. Boj olinmaydigan savdo doʻkoni shunday rejimki, bunda tovarlar bojxona hududining bojxona organlari Bojxona kodeksiga muvofiq belgilaydigan joylarida boj, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmasdan bojxona nazorati ostida turadi hamda realizatsiya qilinadi. Boj olinmaydigan savdo doʻkoni rejimiga bojxona hududiga olib kirish hamda undan olib chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilish taqiqlangan tovarlar joylashtirilishi mumkin emas. Oʻzbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinishi cheklangan tovarlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boj olinmaydigan savdo doʻkoni rejimida realizatsiya qilinishi mumkin. Boj olinmaydigan savdo doʻkoni rejimiga joylashtirilgan tovarlar boj olinmaydigan maxsus savdo doʻkonlarida realizatsiya qilinadi.Bojxona hududida qayta ishlash. Bojxona xududida qayta ishlash shunday rejimki, bunda tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga import bojlari, soliqlar toʻlanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanmagan holda bojxona nazorati ostida qayta ishlash uchun olib kirilib, keyinchalik qayta ishlash mahsulotlari olib chiqiladi yoki ular oʻzga rejim ostida joylashtiriladi.Davlat foydasiga voz kechish. Davlat foydasiga voz kechish shunday rejimki, bunda shaxs tovarlarga nisbatan boj, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda ulardan davlat foydasiga voz kechadi. Tovarlarni davlat foydasiga voz kechish rejimiga joylashtirishga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda bojxona organining ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi. Tovarlardan davlat foydasiga voz kechish davlatning xarajatlar qilishiga sabab boʻlmaydi. Download 29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling