O‘zbekiston respublikasi bosh prokuraturasi akademiyasi
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati
Download 5.19 Kb. Pdf ko'rish
|
26- DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHILARIGA NISBATAN O’RNATILGAN KORRUPSIYAGA QARSHI CHEKLOV VA TAQIQLAR (Komiljonova D)
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot
natijalarining ilmiy ahamiyati shundaki, tadqiqot so’nggidagi ilmiy-nazariy xulosalar, taklif va tavsiyalardan kelgusida ilmiy faoliyatda, jumladan, o‘quv metodik qo‘llanmalar, monografiyalar, darsliklar hamda ilmiy maqolalar yaratishda foydalaniladi. Aytish joizki, davlat fuqarolik xizmati, korrupsiya, manfaatlar to’qnashuvi kabi tushunchalar milliy qonunchlikka kirib kelganiga hali ko’p bo’lmadi, shu bois, davlat fuqarolik xizmatida korrupsiyaga qarshi kurashishda qo’llaniladigan preventiv choralarga bag’ishlangan darsliklar, o’quv qo’llanmalar, monografiyalar deyarli ishlab chiqilgani yo’q, bu mavzuga oid kam sonli milliy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan, shu sababli, mamlakatimizda bevosita davlat fuqarolik xizmatida korrupsiyaning oldini olishga bag’ishlangan ilmiy-nazariy manbalar taqchil bo’lib qolmoqda. Bundan tashqari, davlat fuqarolik xizmatlarida uchraydigan korrupsiyaning turli shakldagi ko’rinishlariga oid yuridik terminlar, ularning huquqiy va ilmiy-nazariy ta’riflari milliy adabiyotlarda mavjud emas, korrupsiyaga qarshi taqiq va cheklov tushunchalari ham ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinmagan, bu ikki tushuncha o’rtasidagi farq, ularning huquqiy sharhi, tasniflanishi haqida darsliklarda, yuridik adabiyotlarda ma’lumotlar mavjud emas. Shu bois, ushbu tadqiqot ishida davlat fuqarolik xizmati, korrupsiyaga qarshi taqiq va cheklovlar, ularning tasniflanishi, davlat fuqarolik xizmatlarida uchraydigan korrupsiyaning ko’rinishlariga oid ilmiy-nazariy qoidalar, xorijiy va milliy olimlarning fikrlaridan kelib chiqib, mustaqil qarashlar shakllantirilgan. Shuningdek, tadqiqotning amaliy ahamiyati shundaki, mazkur tadqiqot 13 ishi davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatida korrupsiya va manfaatlar to’qnashuvini oldini olishga xizmat qiladigan normativ-huquqiy hujjatlarga va “Davlat fuqarolik xizmati to’g’risida”gi qonun loyihasiga yangi taklif va tavsiyalar asosida o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish, huquqni qo’llash amaliyotida mavjud muammolarni, milliy qonunchilikdagi huquqiy probelni (bo’shliqlarni) ilmiy asoslangan takliflar asosida to’ldirish hamda konstitusiyaviy, ma’muriy-huquq fan sohalarini yangi konseptual qarashlar bilan boyitish imkoniyatini beradi. Davlat fuqarolik xizmatchilariga nisbatan o’rnatiladigan taqiq va cheklovlar turli lokal hujjatlarda tarqoq holda belgilangan bo’lib, huquqni qo’llash amaliyotida qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda, natijada ularning ijrosi ta’minlanmay qolmoqda. Tadqiqot ishi so’nggida taqiq va cheklovlarning nisbatan tugal ro’yxati shakllantirilgan, ularga rioya qilinishi ustidan muntazam nazoratni amalga oshiruvchi tuzilmalar, javobgarlik choralari hamda ularni qo’llash mexanizmlari kabi tashkiliy-huquqiy hamda normativ-huquqiy masalalarga oid amaliyotda mavjud muammolar analitik tahlil qilinib, ularga yechim sifatida taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Download 5.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling