O‘zbekiston respublikasi bosh prokuraturasi akademiyasi


Tadqiqot maqsadi va vazifalari


Download 5.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/37
Sana15.11.2023
Hajmi5.19 Kb.
#1774770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
26- DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHILARIGA NISBATAN O’RNATILGAN KORRUPSIYAGA QARSHI CHEKLOV VA TAQIQLAR (Komiljonova D)

Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Tadqiqotning maqsadi davlat fuqarolik 
xizmatida korrupsiya va manfaatlar to’qnashuvini oldini olishning tashkiliy-
huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish, davlat fuqarolik xizmatchilariga 
nisbatan preventiv choralar sifatida o’rnatiladigan, universal va zamon talabidan 
kelib chiqqan holda taqiq va cheklovlarning umumiy, yaxlit ro’yxatini 
shakllantirishga hissa qo’shish, ular ustidan monitoring o’rnatish va javobgarlik 
belgilash hamda bu boradagi qonunchilikka oid taklif va tavsiyalarni ishlab 
chiqishdan iborat. 
Yuqorida belgilangan maqsadlardan kelib chiqib, tadqiqot oldiga quyidagi 
vazifalar qo‘yildi: 
▪ Davlat fuqarolik xizmatida korrupsiyaning oldini olish tushunchasi, yuridik 
mohiyati hamda huquqiy asoslarini tahlil qilish; 
▪ Davlat fuqarolik xizmatchilariga nisbatan o’rnatilgan taqiq va cheklovlarning 
korrupsiya va manfaatlar to’qnashuvini oldini olishdagi muhim ahamiyatini 
ochib berish hamda ularning har birini ilmiy-nazariy jihatdan tavsiflab 
berish; 
▪ Davlat fuqarolik xizmatida korrupsiyaning oldini olish bo’yicha milliy 
qonunchilikda mavjud kamchilik va huquqiy bo’shliqlarni aniqlash, ularni 
huquqiy jihatdan bartaraf etishga oid takliflar berish
▪ Davlat fuqarolik xizmatchilariga nisbatan o’rnatiladigan taqiq va 
cheklovlarga, shu bilan birga, odob-axloq qoidalariga amal qilinishi 
yuzasidan mavjud amaliyotni o’rganish; 


10 
▪ Xalqaro standartlar hamda ilg’or xorijiy mamlakatlarda davlat fuqarolik 
xizmatida korrupsiya va manfaatlar to’qnashuvini oldini olish bo’yicha
ijobiy tajribalarni o’rganish; 
▪ Davlat fuqarolik xizmatchilariga nisbatan o’rnatiladigan taqiq va cheklov 
masalalarida yuzaga keladigan muammolarni o’rganish, tahlil qilish va ularni 
normativ-huquqiy hujjatlar yordamida tartibga solish hamda huquqni 
qo’llash amaliyotini yaxshilashga xizmat qiladigan takliflar ishlab chiqish. 

Download 5.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling