O‘zbekiston respublikasi bosh prokuraturasi akademiyasi
Download 5.19 Kb. Pdf ko'rish
|
26- DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHILARIGA NISBATAN O’RNATILGAN KORRUPSIYAGA QARSHI CHEKLOV VA TAQIQLAR (Komiljonova D)
4 KIRISH Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. So’nggi yillarda O’zbekiston Respublikasida davlat fuqarolik xizmatchilarining faoliyati samaradorligini yanada oshirish, ularning faoliyatida korrupsiya va manfaatlar to’qnashuvini oldini olishga xizmat qiladigan barqaror mexanizmni shakllantirish bo’yicha jadal islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, davlat fuqarolik xizmatida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish va sohaga oid ilg‘or xalqaro standartlarni joriy etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qonunchilikka qator yangi mexanizm va normalarni kiritish bo’yicha bir qator takliflar ilgari surilgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o’zlarining “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019-yil 3-oktabrda qabul qilingan PF-5843-sonli farmonida davlat fuqarolik xizmati sohasida bir qancha hal etilmagan muammolar mavjud ekanligini ta’kidlab o’tgan edilar. Unga ko’ra: Davlat fuqarolik xizmatini, shu jumladan nomzodlarni ochiq mustaqil tanlov orqali saralab olish jarayonini kompleks huquqiy tartibga solishni ta’minlovchi, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchilarining ish samaradorligi va kompetensiyasini baholovchi mezonlarni, ularning malakasini oshirishga bo‘lgan talablarni belgilovchi to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir kuchiga ega qonun mavjud emas. Shu bilan bir qatorda, davlat fuqarolik xizmati masalalari bo‘yicha vakolatli organning mavjud emasligi davlat organlari va tashkilotlarida yagona kadrlar siyosatini olib borishga, malakali kadrlar zaxirasini raqobat asosida shakllantirishga hamda ular tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilarining vakant lavozimlari o‘z vaqtida egallanishiga yo‘l qo‘ymayapti. 1 Ushbu muammolardan kelib chiqib, farmon asosida davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatini boshqarish va inson resurslarini rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 03.10.2019-yil PF-5843-сон Farmoni. https://lex.uz/docs/-4549998 5 Respublikasi Prezidenti huzurida Davlat xizmatini rivojlantirish Agentligi tashkil etildi. Agentlikda vacancy.argos.uz sayti tashkil etilib, kadrlar ochiq tanlov asosida qabul qilinadi. Ma’lumot o’rnida aytish mumkinki, bugunga qadar ochiq tanlov asosida 34.245 nafar fuqaro davlat xizmatlarida ishga qabul qilingan. Bundan tashqari, Davlat xizmatini rivojlantirish Agentligiga “Davlat fuqarolik xizmatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasini” ishlab chiqish vazifasi yuklatildi. “Davlat fuqarolik xizmatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi”da bir qator hal etilishi lozim bo’lgan chora-tadbirlar belgilanib, xususan, davlat fuqarolik xizmatlarida korrupsiyaga qarshi madaniyatni, korrupsiyaga toqat qilib bo‘lmaydigan munosabatni shakllantirish bo’yicha ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish ustuvor vazifa sifatida o’rnatilgan edi. Bundan tashqari, “Davlat fuqarolik xizmatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiya” loyihasida davlat organlari va tashkilotlarining vazifa va funksiyalarini samaradorlikka yo‘naltirish, davlat fuqarolik xizmatchilar bilan ishlash, ularni xizmat pog‘onalarida o‘stirish va doimiy malakasini oshirib borishning samarali va shaffof mexanizmlarini joriy etish hamda xizmatchilarning korrupsiyaga toqatsiz munosabatini shakllantirishga oid o‘rta va uzoq muddatli choralarni amalga oshirish belgilangandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 28-yanvar PF-60-sonli Farmon asosida qabul qilingan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi”da 100 ta maqsad belgilangan bo’lib, 10-maqsad aynan “Davlat fuqarolik xizmati tizimini zamonaviy standartlar asosida tashkil etish”ga, 83-maqsad esa “Davlat xizmatida halollik standartlarini joriy etish” kabi masalalarga bag’ishlanadi. 2 Taraqqiyot Strategiyasi 10-maqsadidan kelib chiqib, parlamentga “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun loyihasini hamda davlat organlarida korrupsiya holatlari va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish maqsadida Davlat xizmatchilarining Odob-axloq kodeksini ishlab chiqish, unda davlat 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoniga 1-Ilova. https://lex.uz/uz/docs/-5841063 6 xizmatchilari uchun cheklov va taqiqlarning aniq ro‘yxatini shakllantirish vazifasi yuklatilgan edi. Shu bilan bir qatorda, yaqin orada “Manfaatlar to’qnashuvi to’g’risida”gi, “Davlat xizmatchilarining daromadlari, mol-mulki va manfaatlar to’qnashuvini deklaratsiya qilish to’g’risida”gi qonun loyihalarini ishlab chiqish kutilmoqda. So’nggi yillarda davlat fuqarolik xizmatlari sohasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish muhim masalaga aylanib bormoqda. Statistik ma’lumotlarga yuzlanadigan bo’lsak, davlat xizmatlarida korrupsiyaga qarshi ayovsiz kurashish qanchalik dolzarb ekanini tushunib olish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2020-yil Download 5.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling