Mahalla fuqarolik jamiyati instituti sifatida


Download 64.21 Kb.
bet1/2
Sana15.12.2020
Hajmi64.21 Kb.
#167762
  1   2
Bog'liq
Mahalla fuqarolik jamiyati instituti sifatida-fayllar.org


Mahalla fuqarolik jamiyati instituti sifatida

MAHALLA FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTI SIFATIDA

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 3 fevraldagi “Maxalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonida ushbu tuzilmaning huquqiy asosi, mahallani aholiga eng yaqin va xalqchan tuzilmaga aylantirish, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligini yanada rivojlantirish bilan bog’liq ustuvor vazifalar belgilandi.

Ushbu hujjatda mahalla institutini yanada takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari, bir qator yangi qonun-qoidalar joriy etilishi ko’rsatib o’tildi. Bundan asosiy e’tibor fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini yagona shaffof qulay tizim asosida muvofiqlashtirish, shuningdek mahallalarning davlat va nodavlat tashkilotlari bilan o’zaro xamkorligini yanada mustaxkamlashga qaratildi. Farmonning eng muhim jihati mahallalar faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha respublika kengashini fuqarolar yig’inlarining uyushmasiga aylantirish, unga yuridik shahs maqomini berish va doimiy asosda ishlaydigan ijro tuzilmasini tashkil etish nazarda tutilgan.

Kengashlar zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini samarali ta’minlash, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatining moddiy-texnika bazasini mustaxkamlash, sohada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni moliyalashtirish bo’yicha ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida Respublika kengashi va xududiy kengashlar raislarining birinchi o’rinbosarlari bir vaqtning o’zida “Maxalla” fondining tegishincha Respublika boshqaruvi hamda xududiy bo’lim va bo’linmalariga raislik qilishlari haqidagi tashabbus qo’llab-quvvatlandi.

Mazkur Farmon  ijrosini ta’minlash maqsadida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir kompleks chora - tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.

Dasturning birinchi bandida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatiga oid qonun xujjatlarini inventarizatsiyadan o’tkazish va tegishli qonun xujjatlariga Farmondan kelib chiqadigan, shu jumladan, ularning huquq va majburiyatlari,  vakolatlarini kengaytirish, ushbu yo’nalishdagi tuzilmalarning vazifa va javobgarligini aniq belgilashga qaratilgan o’zgartish va qo’shimchalarni kiritish bo’yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini qisqa vaqtda ishlab chiqilishi belgilab qo’yildi. Bundan tashqari Farmon bilan kompleks chora - tadbirlar dasturining 37 ta bandida aniq tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadigan kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha respublika kengashi hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy kengashlari tomonidan sudlarga fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari manfaatlarini ko’zlab da’vo arizalari, davlat ho’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslari hatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlarni davlat boji to’lamasdan taqdim etish bo’yicha O’zbekiston Resrublikasining Soliq kodeksiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi qonun xujjatlarini ishlab chiqish bilan imtiyozli huquq ta’minlanmoqda.

Dasturning uchinchi bandiga ko’ra 2017 yil 1 iyulgacha Vazirlar Mahkamasining mahalla faoliyatiga daxldor bo’lgan qaror loyihalari tayyorlanadi. Ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga muxtoj bo’lgan, kam ta’minlangan oilalar, yolg’iz keksalar, pensioner va nogironlarni aniqlash xamda ularni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha moliya va sog’liqni saqlash organlari bilan o’zaro hamkorligini nazarda tutadigan tegishli normativ - huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish orqali ilgari mavjud bo’lgan ayrim noaniqliklarga chek qo’yiladi.

Bundan tashqari aholi tomonidan kommunal xizmatlar va elektr energiyasi haqi o’z vaqtida va to’liq to’lanishini ta’minlashga ko’maklashgani uchun fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini rag’batlantirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish munosabat sub’ektlarining hamkorligini yanada yaqinlashtiradi va manfaatlar uyg’unligini ta’minlaydi.

Dasturning to’rtinchi bandida extiyojmand oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to’lash tartibini zamonaviy talablarni hisobga olgan holda yanada takomillashtirish maqsadida kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to’lash tartibi to’g’risidagi Nizomning yangi taxririni ishlab chiqish va kiritish belgilangan.

Dasturning ettinchi bandida “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmalari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish belgilangan.

Dasturning sakkizinchi bandida oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy gumanitar fanlar yo’nalishi doirasida ta’lim dasturlarida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini o’rganish bo’yicha maxsus kursni kiritish masalasi bo’yicha normativ-huquqiy hujjatni tayyorlash belgilangan. Bu esa fuqarolar orasida mahalla munosabatlariga oid bilimlarni yanada boyitishga xizmat qiladi.

Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturining 22 ta bandida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini yanada yaxshilashga qaratilgan tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan.

Yana bir muhim masala, 2018 yilning 1 dekabrigacha Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar markazlarida “Mahalla markazi” binolarini hamda 2021 yilning 1 dekabrigacha fuqarolar yig’ini idoralari binolarini na’munaviy loyihalar va ularga qo’yilgan talablar asosida qurish (rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash), shuningdek, ularni zarur mebel jamlanmasi, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari va internet tarmoqlari bilan jihozlash, mahalla markazi majmualarida tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga ko’maklashish, hotin-qizlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha markazlar hamda kutubxonalar faoliyatini yo’lga qo’yish kabi muhim vazifalar ko’zda tutilgan.

Albatta, mazkur Farmonda nazarda tutilgan har bir chora-tadbir,  mamlakatimizda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashuvi, yaxshilanishi, xalqimizning ko’p asrlik noyob, o’ziga xos va mos urf-odat, an’analari keyingi avlodlarga bekamu ko’st etkazilishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu Farmon mamlakatimizda mahalla institutlarini rivojlantirishning yangi bosqichini boshlab berdi. Bu esa fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari zimmasidagi vazifalarni samarali bajarish, ularning faoliyatini muvofiqlashtirishda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o’zaro xamkorligini yanada mustaxkamlash imkonini beradi.
O’zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi tomonidan “Mustaqillik yillarida mahalla instituti: tajriba, amaliyot va ustuvor vazifalar” mavzuida anjuman o’tkazildi.

Unda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, Ichki ishlar hamda Xalq ta’limi vazirliklari, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi va boshqa hamkor tashkilotlar vakillari, fuqarolar yig’inlari raislari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, mustaqillikning ilk yillaridanoq davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mahalla institutining huquqiy asoslarini yaratish, ularni zamon talablariga mos holda takomillashtirib borish, jamiyatimiz siyosiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotining ajralmas bir qismi sifatida ushbu noyob tuzilma maqomini mustahkamlashga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Avvalo, milliy davlatchiligimiz tarixida ilk bor shaharcha, qishloq, ovul va mahalla fuqarolar yig’inlari o’zini o’zi boshqarishning hududiy birliklari sifatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo’yildi, ularning maqomini belgilash, vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan qator qonun hujjatlari qabul qilindi.

Birgina so’nggi 3 yilda yangi tahrirdagi “Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida”gi hamda “Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to’g’risida”gi qonunlar hamda sohaga oid 16 ta nizom hayotga tatbiq etildi. Fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish bo’yicha O’quv kurslari hamda “Mahalla” ma’rifiy teleradiokanali faoliyati yo’lga qo’yildi.

Natijada bugun mahalla aniq yo’naltirilgan asosda aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga, “Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilining amaliy ifodasiga hamda keng xalq ommasini davlat, hokimiyat idoralari bilan bog’lab turuvchi mustahkam ko’prikka aylanmoqda. Davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish ishlari ham tizimli ravishda amalga oshirilayotir.

Umuman, hozirgi paytda yurtimizda mavjud 10 mingga yaqin fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan 30 dan ziyod vazifalar muvaffaqiyatli bajarilayapti. Milliy va ma’naviy qadriyatlar, an’ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash, yoshlarni barkamol insonlar sifatida kamolga yetkazish, millatlararo do’stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo’naltirilgan asosda qo’llab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, xotin-qizlar va yoshlar bandligiga ko’maklashish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash hamda hududlarni obodonlashtirish shular jumlasidandir.

Mahallalarda yarashtirish, ma’rifat va ma’naviyat, ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, xotin-qizlar bilan ishlash, voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari, tadbirkorlik faoliyati hamda oilaviy biznesni rivojlantirish, ekologiya, tabiatni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish, jamoatchilik nazorati hamda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo’yicha jamoatchilik komissiyalari tashkil etilishi fuqarolar yig’inlari faoliyatida yangi imkoniyatlar yaratmoqda.

Tadbirda Prezidentimiz tashabbusi bilan 1992 yilda “Mahalla” xayriya jamoat fondining tashkil etilishi fuqarolar yig’inlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, mahallalarda milliy qadriyatlarni e’zozlash va targ’ib qilish, madaniy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo’llab-quvvatlashda muhim rol o’ynayotgani qayd etildi. Xususan, ayni chog’da respublikamiz bo’yicha 9532 ta fuqarolar yig’ini zamonaviy kompyuter jamlamasi, 7746 tasi mebel jihozlari bilan to’liq ta’minlangan. So’nggi 3 yil davomida 40 ga yaqin qo’llanma va adabiyotlar tayyorlanib, fuqarolar yig’inlariga yetkazib berildi. Bu esa ular faoliyati yanada samarali bo’lishiga xizmat qilmoqda.

Shu yilning birinchi yarmida mahallalarda 50 mingdan ortiq ma’rifiy-madaniy tadbirlar tashkil etilishida Fond hududiy tuzilmalari tomonidan uslubiy-amaliy yordamlar ko’rsatildi. Fuqarolar yig’inlarining sohaga oid qonun hujjatlari ijrosini ta’minlashdagi faoliyatini o’rganish, ularning ilg’or tajribasini keng ommalashtirishda har yili an’anaviy tarzda tashkil etilayotgan “Eng namunali fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari”, “Fuqarolar yig’inlarining eng namunali diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo’yicha maslahatchisi” ko’rik-tanlovlari ham ayni muddao bo’layapti.

Mahallalarda istiqomat qilayotgan ota-onalarning yosh avlod tarbiyasi bilan bog’liq huquqiy, ma’naviy-axloqiy, fiziologik bilimlarini oshirishga ko’maklashish maqsadida 9100 ga yaqin fuqarolar yig’inlari qoshida “Ota-onalar universitetlari” faoliyati yo’lga qo’yildi. 2015 yilning birinchi yarmida ushbu jamoatchilik tuzilmalari tomonidan 56 mingdan ortiq tadbirlar o’tkazildi. Fuqarolar yig’inlarining nodavlat notijorat tashkilotlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan ijtimoiy sheriklik munosabatlari ham tobora rivojlanmoqda. Jumladan, “Oila — mahalla — ta’lim muassasasi” hamkorlik mexanizmini kuchaytirish bo’yicha chora-tadbirlar doirasida joriy yilning o’tgan davrida mahallalarda 58 mingdan ortiq tadbirlar tashkil etildi.

Anjumanda mahallalarda bolalar sportini rivojlantirish maqsadida har yili hamkor tashkilotlar ko’magida o’tkazilayotgan “Futbolimiz kelajagi”, “Mahallamiz pahlavonlari”, “Otam, onam va men — sportchilar oilasi”, “Biz aql-idrokli oilalarmiz” kabi musobaqalar ahamiyati salmoqli bo’layotganiga ham e’tibor qaratildi. Yaqinda o’tkazilgan “Futbolimiz kelajagi” respublika turnirida 1 million 260 mingga yaqin bolalar va o’smirlar qatnashgani ham ana shundan dalolatdir. Bu borada Fond va uning hududiy tuzilmalari tomonidan mahallalarda bolalar maydonchalarini qurish va ularning faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida ko’rilayotgan chora-tadbirlar muhim omil bo’lmoqda. Masalan, so’nggi yillarda Fond hisobidan 1618 ta bolalar maydonchasi qayta ta’mirlandi, 701 tasi namunaviy loyiha asosida qurilib, foydalanishga topshirildi.

Aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash borasidagi ishlar ham e’tiborlidir. Birgina oxirgi 5 yilda Fond hisobidan 16 mingdan ortiq oilalarga moddiy yordamlar ko’rsatildi, 27 ming nafarga yaqin fuqarolarga kiyim-kechak berildi, 2300 dan ortiq oilalar uy-joylarini ta’mirlashga, 600 nafarga yaqin nogiron va boquvchisini yo’qotgan talabalarga o’quv-shartnoma pulini to’lashga yordam ko’rsatildi.

Bu boradagi xayrli ishlar Keksalarni e’zozlash yilida ham izchil davom ettirilmoqda. Davlat dasturi doirasida Fond hisobidan 520 nafar urush va mehnat faxriysiga televizorlar, 6 ming nafarga yaqin keksalarga kiyim-kechak olib berildi, 1200 nafarga yaqin yolg’iz keksalarning uy-joylarini ta’mirlash uchun moddiy yordamlar ajratildi.

Aholi bandligini ta’minlash masalasi ham doimiy e’tiborda turibdi. Oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni qo’llab-quvvatlash maqsadida Fond hududiy tuzilmalari va fuqarolar yig’inlari tomonidan shu yilning birinchi yarmida hududlarda 302 mingdan ziyod yangi ish o’rinlarini yaratish, 41 mingdan ortiq tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil etishga ko’maklashildi. Bu borada, ayniqsa, 7102 ta fuqarolar yig’inida tadbirkorlik faoliyatini — oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirishga ko’maklashish maqsadida ochilgan maslahat markazlarining hissasi salmoqlidir.

Ishtirokchilar tomonidan mahallalar faollari sa’y-harakatlari bilan joriy yilning birinchi yarmida 1,4 milliondan ortiq oilalarda ma’naviy muhit o’rganilgani hamda 32 mingga yaqin oilalarda turli nizoli holatlarga barham berilgani alohida aytib o’tildi.

Bunday keng ko’lamli natijalarga erishilishida davlatimiz rahbarining 2013 yil

10 oktyabrdagi qarori bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tashkil etilgan O’quv kurslari muhim o’rin tutmoqda. Hozirgi paytgacha bu kurslarda 36 mingdan ortiq tizim faollari malaka oshirdi.

Tadbirda istiqlol yillarida mahalla institutini rivojlantirish borasida to’plangan ijobiy tajribalar bilan bir qatorda, kelgusidagi ustuvor vazifalar xususida ham batafsil so’z yuritildi. Jumladan, mahallalarda aholi ma’naviyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan targ’ibot ishlarini izchil davom ettirish, mutasaddi davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan o’zaro hamkorlikni mustahkamlash, fuqarolar yig’inlaridagi jamoatchilik komissiyalari faoliyatini yanada jonlantirish lozimligi aytildi. Ayni chog’da mustaqillik yillarida respublikamizda amalga oshirilgan keng ko’lamli islohotlar, qo’lga kiritilgan ulkan yutuqlarimiz hamda “Kecha kim edigu bugun kim bo’ldik?”, “Ertaga kim bo’lishimiz, qanday yangi marralarni egallashimiz kerak?” degan savollarning mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilik o’rtasida targ’ib qilish, yurtdoshlarimizni yangi marralar sari ruhlantirish yuzasidan zarur fikr-mulohazalar bildirildi.
Fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat tushunchasi va ta’rifi

Huquqiy demokratik davlatda inson huquq va erkinliklarining to‘la ta’minlanishi, qonunlarning ustivorligi va barchaning qonun oldida tengligi kafolatlanadi. O‘zbekiston ham o‘z mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq o‘z oldiga demokratiq huquqiy davlat qurishni o‘z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ydi. Demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish borasida Respublikamizda olib borilayotgan islohatlarning zamirida esa inson huquq va erkinliklarini himoya qilish ustivor vazifa qilib belgilandi. Chunki inson huquq va erkinliklarini ta’minlamasdan turib mamlakatda huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining asoslarini yaratib bo‘lmaydi.

O‘tgan XX asrda dunyoning ikki qutbida hukm surgan mafkuralarning o‘zaro kurashi insoniyat uchun rivojlanishning qanday usul va uslublarini tanlashni, munosib hayot kechirish uchun qanday boshqaruv tartibida yashash afzalroq ekanligini ko‘rsatdi. Bugun G‘arb jamiyatida shakllangan va tobora takomillashib borayotgan boshqaruv tartiblari hamda jamiyatning tuzilishi o‘zining bir qator afzalliklarga ega ekanligini ko‘rsatmoqda. Boroq shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, bugun dunyoning turli mamlakatlarida turlicha jamiyat va davlat boshqaruvi shakllari qaror topganki, hech qaysi davlatning boshqaruv tartibotini yoki biror-bir mamlakatdagi jamiyat tuzilishini boshqalaridan ustun qo‘yib bo‘lmaydi. Har bir mamlakatning o‘ziga xos hususiyati, davlatchilik an’analari, o‘zining huquq manbalari va maktablari mavjud

Demokratik jamiyat qurish bobida hamma davlat uchun tayyor qolip va andozalar yo‘q. Prezident Islom Ka­rimov dunyoda bir-biriga o‘xshagan ikkita inson bulmaganideq bir-biriga aynan o‘xshagan ikkita davlat ham yo‘q, deganida haklidir. Demokratik jamiyatning xalqaro miqyosda etirof etilgan bir qator tamoyillari bor. Chunonchi, insonning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishi va uni amalga oshirishi, ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustivorligi davlat asosiy organlarining saylab qo‘yilishi va ularning saylovchilar oldida hisob berishi va boshqalar. O‘zbekiston demokratik jamiyat qurishda jahon xalqlari tajribasi sinovidan o‘tgan ana shu tamoyillarga asoslandi. Shuningdeq O‘zbekiston demokratiq fuqarolik jamiyat qurilishida xalqimizning necha ming yillik tarixiy va ma’naviy taraqqiyoti tajribasiga, milliy davlatchiligimiz negizlariga, ma’na­viy merosimiz ildizlariga, milliy hususiyatlarimiz va boy an’ana-larimizga tayanish yo‘lini tutdi.

O‘zbekistonda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yilmasdan, demokratik o‘zgarishlarni odamlarning tafakkuri va ijtimoiy saviyasiga mos bo‘lgan darajada va sur’atlarda amalga oshirish tomon yo‘l tutildi.

Prezident Islom Karimov adolatli jamiyat barpo etish uchun, avvalo, odamlar o‘z qobiliyat va ehtiyojlarini to‘la namoyon etish va amalga oshirishlari uchun zarur dastlabki imkoniyatlar yaratish lozim, deb ta’kidlaydi. Mamlakatimizda bunday imkoniyatlarni vujudga kel­tirish, uning huquqiy mexanizmini yaratishga katta e’tibor berilmoqda. Ana shunday imkoniyatlar yaratilgandan keyingina har bir insonning taqdiri, turmushi uning o‘ziga — jamiyatdagi o‘rni, mehnat qilish istagi, oqilu uddaburonligiga bog‘liq bo‘ladi.

O‘zbekiston demokratik islohotlarni amalga oshirar ekan fuqarolik jamiyati ku­rishga intilmokda. Buning manosi shuki, boshqaruvning turli xil vazifalari bevosita xalqda topshiriladi, o‘zini-o‘zi boshkarish organlari rivojlanib boradi.

O‘zbekiston ham o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan so‘ng xalqimizning milliy xususiyatlaridan kelib chiqib, rivojlangan mamlakatlardagi davlatchilik an’analarining ilg‘or yutuqlaridan keng foydalanib, huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllanitirishga kirishdi. Mamlakatda boshqaruv tartiblari tubdan yangilanmoqda, boshqaruvning huquqiy asoslari yaratildi va tobora rivojlantirib, shakllantirib borilmoqda. Mamlakat fuqarolarining qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklarining kafolatlari ta’minlanmoqda.

Eng muhim masalalardan yana biri – fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarishiga keng yo‘l ochib berilganligidir. Sobiq ittifoq davrida boshqaruvning bir markazda to‘planganligi va partiyaning yakka hukmronligi fuqarolaning jamiyat va davlat boshqaruvidagi faoliyatini cheklar edi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq fuqarolarning jamiyat va davlat hayotiga oid masalalarda keng ishtirok etishini ta’minlash chora-tadbirlarining ko‘rilganligi o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsatmoqda. Xalqimizda azaldan kengash va mashvarat bilan ish ko‘rilganligi odilona qaror qabul qilish imkonini va eng muhimi xalq, raiyat hukmdorlarning va viloyat noiblarining xatti-harakatlaridan doimo ogoh bo‘lish imkonini bergan. Bu o‘z navbatida mamlakatda adolat qaror topishiga zamin xozirlagan. Bugungi kunda ham jamiyat va davlat hayotiga oid masalalarning umuxalq muxokamasi (referendum)ga qo‘yilishi xalqimizning tarixiy tajribasining maxsulidir.

So‘nggi yillarda respublikamizda sud-huquq tizimining isloh qilinayotganligi mustaqillik yillarida erishilgan eng katta yutuq bo‘ldi. Chunki bu soxani isloh qilmasdan turib mamlakat fuqarolarining huquq va erkinliklari hamda manfaatlarini himoya qilib va ta’minlab bo‘lmaydi. Rivojlangan davlatlarda har bir fuqaroning sudga erkin shukoyat qila olishi mazkur mamlakatlarda qonunlarning amal qilishini va qonunlar bilan bevosita xalqning o‘zi tanish bo‘lib borishini ta’minlamoqda. Shu bois ham mazkur sohaning isloh qilinishi kechiktirib bo‘lmaydigan masala ekanligi ayon bo‘ldi. Isloh qilinib, tobora shakllanib borayotgan sud tizimimiz o‘zining bir qator ijobiy natijalarini ko‘rsatmoqda. Avvallari sudni jazolovchi organ deb qaragan xalqimiz endilikda sudni jazolovchi organ emas, balki o‘z huquqlarini himoya qiladigan organ deb tushunadi.

Yana bir muhim masala – bu ommaviy axborot vositalarining erkinlashtirilishi va ularning faoliyati qonun bilan kafolatlanishidir. 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida” gi Qonun bu soxaning huquqiy asoslarini yaratdi. Huquqiy-demokratik davlatlarda ommaviy-axborot vositalarining roli nihoyatda baland. Jamiyatda yuz berayotgan xodisalarni asl holda, haqqoniy tarzda jamoatchilikka yetkazib berish ijtimoiy adolat prinsiplarining to‘la amlga oshishini ta’minlaydi. Bugun respublikamizda fuqarolarning erkin fikr bildirish va matbuot erkinligi qonun bilan kafolatlangan.

Yuqoridagilarning barchasi respublikamizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurishning asoslari bo‘lib xizmat qiladi.

Fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat:

mohiyati va mazmuni

Davlat, siyosiy hokimiyat jamiyat va uning a’zolari ustidan hukmron bo‘lgan mamlakatda emas, balki davlatga nisbatan shubhasiz ustunlikka ega bo‘lgan tom ma’nodagi demokratik jamiyatda shaxs real erkin bo‘ladi. Bunday jamiyatga o‘tish tarixan uzoq jarayon bo‘lib, u fuqarolik jamiyatining shakllanishi bilan bog‘liq.

Xo‘sh, fuqarolik jamiyatining o‘zi nima? Demokratizm, inson shaxsiga hurmat, uning huquq va erkinliklari kafolatlangan tuzumda iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va siyosiy munosabatlarga rivojlanish imkonini beradigan ichki mexanizmlar qanday?

Bu savolga javob berish uchun, avvalambor, «fuqarolik jamiyati» va «jamiyat» tushunchalari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikkina emas, jiddiy farqlar ham mavjudligiga e’tibor berish kerak. Jamiyat odamlar o‘rta-sidagi munosabatlar majmui sifatida o‘z rivojlanishining ma’lum yetuk bosqichida va ma’lum sharoitlardagina fuqarolik jamiyatiga aylanadi.


  • «Jamiyat» iborasi falsafiy-ijtimoiy ma’noda olib qaralganda, makon va zamonda mavjud bo‘lgan, turmush tarzi hamda manfaatlari mushtarak bo‘lgan insonlarning o‘zaro aloqador birligidir.


  • «Jamiyat odamlar uyushmasining maxsus shakli, kishilar o‘rtasida amal qiladigan ko‘plab munosabatlar majmuasi... Mashhur alloma Abu Ali ibn Sino o‘z davrida ilg‘or qarashlarni ilgari surib, jamiyatning paydo bo‘lishi kishilarning birdamlikka bo‘lgan tabiiy ehtiyojidan kelib chiqqanligini, ijtimoiy tengsizlik, tabiiy holat, mehnatning ijtimoiy taqsimlanishi jamiyat taraqqiyotining asosi ekanligini ko‘rsatdi»1.


  • Jamiyat insonlarning umumiy manfaatlari hamda ehtiyojlari birligi asosida, ularni qondirish maqsadidagi birikuvi va kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar, aloqadorlik, hamkorlik ifodasidir. «Jamiyat» bilan «fuqarolik jamiyati» kabi ijtimoiy kategoriyalar o‘rtasidagi muhim farqlar quyidagilarda namoyon bo‘ladi:


  • mazkur har ikki murakkab sistema, avvalo, o‘z mohiyati va tuzilmaviy tarkibi bilan ajralib turadi. An’anaviy ma’nodagi jamiyat o‘z tarkibiga barcha ustqurma hodisalari bilan birga davlatni ham qamrab oladi. Fuqarolik jamiyatining tarkibiga, uning institutsiyaviy elementlari qatoriga davlat kirmaydi. Siyosiy davlat bilan fuqarolik jamiyati o‘zaro qarama-qarshi, lekin birga faoliyat yurituvchi,amal qiluvchi dialektik juftlikdir;


  • an’anaviy jamiyat muayyan mamlakatda, ya’ni bir makon va zamonda hayot kechiruvchi barcha aholini qamrab oladi. Fuqarolik jamiyati esa insonlarning xususiy hayot sohasidagi mulkiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, diniy, axloqiy va boshqa manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiluvchi institutlarni (uyushmalar, ta’lim muassasalari, jamoat birlashmalari, o‘zini o‘zi boshqarish idoralari) va mexanizm-larni qamrab oladi;


  • fuqarolik jamiyati insonlar birligi taraqqiyotining alohida ma’rifiy darajasini, benazir sifat holatini ifodalashi bilan an’anaviy jamiyatdan farq qiladi. Bu o‘rinda fuqarolik jamiyati insonlar jamoasini, uning manfaatlarini siyosiy hokimiyat oldida, davlat apparati qarshisida muhofaza etuvchi o‘ziga xos fenomen, tegishli mexanizm (majmua) sifatida maydonga chiqadi;


  • fuqarolik jamiyati yuksak insoniy qiyofaga ega bo‘lgan jamiyat yoki ma’rifiy darajada uyg‘un hayot kechiruvchi insonlar jamiyatidir.1


Fuqarolik jamiyati o‘zini o‘zi boshqarish va o‘zini o‘zi tartibga solishning rivojlangan shakllariga, omma (davlat va jamiyat) va shaxs manfaatlarini maqbul tarzda uyg‘unlash-tirishga, bunda shaxs manfaatlarining ustuvor ahamiyatiga, inson huquq va erkinliklarini jamiyatning oliy qadriyati deb e’tirof etishga asoslangan yangi sifat holatini aks ettiradi.

«Fuqarolik jamiyati» tushunchasi ilk bor Qadimgi Gretsiya va Rimda vujudga kelgan hamda XVII—XVIII asrlarda J. Lokk, J.J.Russo, Sh.L.Moteskye, G.F.Gegel singari buyuk faylasuf-larning asarlarida rivojlantirilgan.

J. Lokk «absolyut monarxiya ... fuqarolik jamiyatiga mutlaqo ziddir, binobarin, u fuqarolik boshqaruvining shakli bo‘lishi mumkin emas», deb hisoblagan. N. Makiavelli monarxiya, aristokratiya va demokratiyadan tashkil topgan aralash shakldagi davlatni eng yaxshi davlat shakli deb e’tirof etgan, ularning har biri boshqasini tiyib turadi va asrab-avaylaydi deb hisoblagan. Shuningdek, u fuqarolik jamiyatining tinchlik va fuqarolarning xavfsizligi, o‘z mol-mulki va boyligidan baxramand bo‘lish, har kimning o‘z fikriga ega bo‘lish va uni himoya qilish huquqi singari qadriyatlarini ta’riflab bergan.

Fuqarolik jamiyati negazlarining falsafiy ta’rifiga biz I. Kant asarlarida ham duch kelamiz. U quyidagilarni fuqarolik jamiyatining asosiy g‘oyalarideb hisoblagan:

a) inson hamma narsani o‘z kuchi bilan yaratishi va o‘zi yaratgan narsasi uchun javobgar bo‘lishi kerak;

b) inson manfaatlarining to‘qnashuvi va ularni himoya qilish zarurligi odamlarni barkamollashishga da’vat etadi;

v) huquq bilan qonunda belgilab qo‘yilgan fuqarolik erkinligi insonning o‘zini o‘zi barkamollashtirishining zarur sharti, inson qadr-qimmataning saqlanishi va yuksalishining kafolatidir.

Tabiiyki, bu g‘oyalarni fuqarolik jamiyati nazariyasining negizlari jumlasiga kiritish mumkin. Kant shaxslar o‘rtasidagi ziddiyat ularni o‘zini o‘zi rivojlantirishga rag‘batlantiradi, degan konsepsiyani davlatlar o‘rtasidagi munosabatga ko‘chirib, yalpi huquqiy fuqarolik jamiyatiga erishish tabiat insonni hal qilishga majbur etadigan muhim muammodir, degan xulosa chiqaradi.

V.Gumboldt Kantning falsafiy ta’limotini qabul qilib, fuqarolik jamiyati va davlat o‘rtasidagi ziddiyatlar va tafovutlarni muayyan misollarda ko‘rsatib berishga harakat qildi. Fuqarolik jamiyatiga u quyidagilarni kiritdi:

a) shaxslarning o‘zi tarkib toptiruvchi milliy, ijtimoiy muassasalar tizimi;

b) tabiiy va umumiy xuquq;

v) inson.

Fuqarolik jamiyatidan farqli o‘laroq, davlat, Gumboldtning fikricha, quyidagilardan tashkil topadi:

a) davlat institutlarining tizimi;

b) davlat o‘rnatadigan pozitiv huquq;

v) fuqaro.

O‘rta asrlarda fuqarolik jamiyati tushunchasi davlat tushunchasidan ajratilmagan. Bu ikki tushunchani ilk bor V.Gumboldt bir-biridan ajratdi. U, davlat shaxsning rivojlanishini ta’minlash vositasi, xolos, degan g‘oyani ilgari surdi.

J.Lokk tabiiy huquq va erkinlik asosida shaxsiy mulqdordik huquqini ximoya qildi; A. Smit modernizatsiya va o‘zini o‘zi tartibga solishni fuqarolik jamiyatining zarur tarkibiy qismlari, deb e’lon qildi; T.Peyn o‘zining «minimal davlat» konsepsiyasida mustaqil fuqarolik jamiyatini va zarur kuch sifatida davlat cheklangan vazifani bajarishini nazarda tutdi; D.S. Mill davlat bilan davlatga tobe’ bo‘lmagan fuqarolik jamiyati munosabatlarining andozasini yaratdi.

Davlat bilan fuqarolik jamiyatining munosabatlari haqida munozaralar XX asrning oxirida avj oldi va bugungi kungacha davom etmoqda. Masalan, A. Aratoning fikricha, davlat bilan fuqarolik jamiyatini oddiy ajratish Angliya liberal an’analariga mansub. Kapitalizm rivojlanishi bilan davlat chetga suriladi va «bozorning sehrli kuchi»ga yo‘l bo‘shatadi. Buni e’tiborga olib, Arato davlat bilan fuqarolik jamiyatini bir-biriga dixotomik qarshi qo‘yishni uch qism: davlat, fuqarolik jamiyati va iqtisoddan tashkil topgan model bilan almashtirishni taklif qildi.

Boshqa bir olim, T. Yansson, davlat bilan fuqarolik jamiyatining munosabatlarini ta’riflab, bunda biz dramatik «uchburchak»ka duch kelamiz: davlat yuqoridan o‘rin egallaydi, pastda esa, bir tomonda ijtimoiy sohaga va davlatga tegyshli bo‘lgan mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, munitsipalitetlar, ikkinchi tomonda esa — Bentam qoidasiga («imkon qadar ko‘pchilik fuqarolarni baxt-saodatga yetkazish jamiyatning maqsadidir») binoan boshqariladigan «xususiy, ijtimoiy, erkin soha»dan o‘rin oladigan ixtiyoriy birlashmalar turadi, degan fikrni ilgari surdi.

Hozirgi kunda fuqarolik jamiyati deganda davlat bilan bir qatorda mavjud bo‘lgan nisbatan mustaqil va ba’zan unga qarshi turadigan kuch tushuniladi. Fuqorolik jamiyatida fuqarolarning birlashmalari (parti-yalar, jamoat tashkilotlari va h. k.) shaxs va davlat o‘rtasida aloqa o‘rnatadi. Kelgusida davlatning ijtimoiy funksiyalari kengayishi va real huquqiy davlat shakllanishi bilan fuqarolik jamiyati va davlat o‘rtasidagi chegara asta-sekin yo‘qolib boradi va davlat o‘zining muayyan jihati bilan fuqarolik jamiyatining tuzilmasidan o‘rin olishi mumkin.

Fuqarolik jamiyatida odamlar siyosiy partiyalar va harakatlarga yoki siyosat bilan bog‘liq bo‘lmagan guruhlar va birlashmalarga, masalan, rassomlar, yozuvchilar, sportchilar, artistlar, shuningdek yoshlar, xotin-qizlar tashkilotlariga, diniy guruxlarga erkin uyushishlari mumkin. O‘xshash manfaatlarga ko‘ra, uyushuvchi odamlar guruxlari manfaatlar guruhlari deb ataladi. Alohida shaxslar va odamlarning guruhlari davlat ro‘yobga chiqarishga qodir bo‘lmagan o‘z iqtisodiy va ijtimoiy manfaat-larini o‘zlari ro‘yobga chiqaradi. Turmushning turli sohalarida shaxsni va uning huquqlarini himoya qilish fuqarolik jamiyatining bosh maqsadidir.

Siyosatshunoslik fani siyosiy va ijtimoiy sohalarning o‘zaro ta’sirini o‘tgazarkan, fuqarolik jamiyatiga markaziy, tayanch tushuncha-lardan biri deb qaraydi. Fuqarolik jamiyatini ta’riflashga nisbatan ko‘plab yondashuvlar mavjud. Ko‘pincha fuqarolik jamiyati deganda shaxslarning o‘zini o‘zi boshqaruvidan, shuningdek davlat hokimiyatining to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralishishi va o‘zboshimchalik bilan tartibga solishidan o‘zini himoya qilishga qodir bo‘lgan fuqarolarning ixtiyoriy uyushmalari va tashkilotlaridan tarkib topgan jamiyat sohasi tushuniladi. Ayrim olimlar fuqarolik jamiyati deganda yana ko‘p partiyali parlament tizimi, ya’ni plyuralistik demokratiya, shaxs erkinligi, mulkchilik munosabatlarining xilma-xilligi, huquqiy davlatning mavjudligi bilan ta’riflanadigan demokratiyani tushunadilar.

Xullas, «fuqarolik jamiyati» sotsiologiya, huquq va siyosat nazariyasi tushunchalari jumlasiga (erkinlik, adolat, tenglik, demokratiya tushunchalari qatori) kiradi. Bunday tushunchalar ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega. Shuning uchun ham ularni ta’riflash anchagina mas’uliyatli hisoblanadi.

«Fuqarolik jamiyati» iborasi ham keng, ham tor ma’nolarda qo‘llanadi. Keng ma’noda fuqarolik jamiyati deganda jamiyatning davlat va uning tuzilmalari bevosita qamrab olmagan qismi tushuniladi. U tabiiy-tarixiy taraqqiyot jarayonida erkin, davlatga bevosita bog‘liq bo‘lmagan soha tarzida vujudga keladi va rivojlanadi. Bu ma’noda fuqarolik jamiyati nafaqat demokratiya, balki avtoritarizmga ham mos keladi, faqat totalitarizm siyosiy hokimiyat fuqarolik jamiyatini to‘liq, ko‘pincha — qisman «yutib yuborgani»ni bildiradi.

Fuqarolik jamiyati tor ma’noda, ya’ni o‘z ma’nosida huquqiy davlat bilan chambarchas bog‘liq. Ular bir-birisiz mavjud bo‘lishi mumkin emas. A.P.Butenko va A.V.Mironovning fikricha, fuqarolik jamiyati deganda bozor va demokratik huquqiy davlatchilik sharoitlarida erkin va teng huquqpi shaxslarning davlat belgilamagan o‘zaro munosabatlarining xilma-xilligi tushuniladi1.

Fuqarolik jamiyati xo‘jalik, iqtisodiy, oilaviy-qarindoshlik, etnik, diniy, huquqiy munosabatlar, axloqni, shuningdek shaxslar o‘rtasidagi davlat belgilamaydigan siyosiy munosabatlarni o‘z ichiga oluvchi murakkab tuzilishga ega. Davlat tuzilmalaridan farqli o‘laroq, fuqarolik jamiyatida vertikal aloqalar (bo‘ysunish) emas, balki gorizontal aloqalar — yuridik jihatdan erkin va teng huquqli hamkorlar o‘rtasidagi raqobat va birdamlik munosabatlari yetakchilik qiladi.

Fuqarolik jamiyati chegaralari bu «xususiy manfaatlarning amal qilish sohasi» ekanligi bilan belgilanadigan ma’lum ijtimoiy munosabatlar sohasini ta’riflovchi qandaydir qamrovli tushuncha emas2. Shu bilan birga, «fuqarolik jamiyati» yuridik tushuncha, davlat huquqiga oid tushuncha ham emas. Davlat o‘ziga ma’qul fuqarolik ja-miyati obrazini o‘z qonunlari bilan «ta’sis etish», «belgilash», «o‘rnatish»ga qodir emas.

Fuqarolik jamiyati shaxslarning o‘zini o‘zi ro‘yobga chiqarishining qonuniyatli bosqichi, oliy shaklidir. U mamlakatning iqtisodiy, siyosiy rivojlanishiga, xalqning farovonligi, madaniyati va o‘zini o‘zi anglash hissi ortishiga qarab yetilib boradi. Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti mahsuli sifatida fuqarolik jamiyati feodal-tabaqaviy tuzumning qattiqqo‘l tartibi buzilgan, huquqiy davlat shakllana boshlagan davrda paydo bo‘la boshlaydi.

Barcha fuqarolarda xususiy mulkdorlik negizida iqtisodiy musta-qillik imkoniyatining paydo bo‘lishi fuqarolik jamiyati vujudga kelishining zaruriy shartidir.

Tabaqaviy imtpiyozlarshng tugatilishi va shaxs, inson ahamiyatining ortib borishi, uning tabaadan teng yuridik huquqlarga ega bo‘lgan fuqaroga aylanishi fuqarolik jamiyati vujudga kelishining muhim belgisidir.

Shaxsning huquq va erkinliklarini ta’minlaydigan huquqiy davlat fuqarolik jamiyating siyosiy negizi, shakli bo‘lib xizmat qiladi. Bunday sharoitlarda shaxsning xulq-atvori uning shaxsiy manfaatlari bilan belgilanadi va u o‘zining barcha harakatlari uchun javobgar bo‘ladi. Bunday shaxs o‘z erkinligini hamma narsadan ustun qo‘yadi va shu bilan birga, boshqa odamlarning qonuniy manfaatlarini hurmat qiladi. Gegel ta’biri bilan aytganda, «fuqarolik jamiyatida har kim o‘zi uchun - maqsad, qolgan hamma uning uchun hech kim emas. Ammo boshqalar bilan o‘zaro munosabatga kirishmasdan, u o‘zining barcha maqsadlariga erisha olmaydi».

Fuqarolik jamiyatining huquqiy xususiyati adolat va erkinlik-ning oliy talablariga uning muvofiqligidir. Bu birinchi muhim sifat xususiyatidir. Fuqarolik jamiyatining mazkur xususiyati adolat va erkinlik tushunchalarining mazmunida zohir bo‘lgan normativ talablarda o‘z ifodasini topadi. Fuqarolik jamiyati sharoitida adolat va erkinlik odamlar va tashkilotlarning faoliyatini tartibga soluvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Boshqa tomondan, insonning o‘zi fuqarolik jamiyatining a’zosi sifatida, erkinlikning normativ talablariga anglab yetilgan zarurat deb bo‘ysunishga qodirligi natijasida erkinlikni qo‘lga kiritadi.

Fuqarolik jamiyatining ikkinchi sifat xususiyati funksional mazmunga ega. U bunday jamiyat faoliyatining negizini ma’lum xususiy manfaatlarni ro‘yobga chiqarish uchun zarur muhitni shunchaki vujudga keltirish emas, balki jamiyatning o‘zini o‘zi uyushtirish, va tartibga solishning yuksak darajasiga erishish tashkil etishi bilan bog‘liq. Fuqarolik jamiyati a’zolarining alohida sohalar (tadbirkorlik, iqtisodiy faoliyatning boshqa shakllari, oilaviy munosabatlar, shaxsiy hayot va h.k.) da qo‘shma faoliyatni yo‘lga qo‘yish borasidagi asosiy funksiyalari bu holda jamiyat ustidan hukmron davlat hokimiyatining vositalari yordamida emas, balki jamiyatning o‘zi chinakam demokratik, o‘zini o‘zi boshqarish asoslarida, bozor iqgisodi sohasida esa — avvalambor, iqtisodiy o‘zini-o‘zi boshqarish asosida amalga oshirishi kerak. Bu nuqtai nazardan fuqarolik jamiyatining yangi funksional xususiyati xususiy manfaatlarning ma’lum sohasini davlat jamiyatning o‘ziga «iltifot bilan o‘tkazishi»dan iborat bo‘lmaydi. Aksincha, jamiyatning o‘zi o‘z taraqqiyotining yangi darajasiga qo‘tarilib, tegishli funksiyalarni davlatning aralashuvisiz, mustaqil amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ayni vaqgda davlat jamiyatni «yutib yuborib», tegishli sohalarning rivojlanishi ustidan yalpi davlat boshqaruvi va nazorati shakllarini o‘rnatmaydi, balki fuqarolik jamiyati davlatni «yutib yuboradi»: fuqarolik jamiyatining davlatdan ustunligi yuzaga keladi.

Shunga muvofiq, fuqarolik jamiyatining uchinchi sifat xususiyatini ajratish mumkinki, u fuqarolik jamiyatining oliy qadriyatlarini va bosh maqsadi ta’riflaydi. Xususiy manfaatlarni mutlaqlash-tirishga asoslangan fuqarolik jamiyati haqidagi dastlabki tasavvurlardan farqli o‘laroq, postindustrial fuqarolik jamiyatining hozirgi zamon umumdemokratik konsepsiyasi shaxs va jamiyat manfaatlarining maqbul uyg‘unligini ta’minlash zarurligini e’tirof etishga asoslanishi lozim1.

Fuqarolik jamiyati faoliyatining bosh maqsadini aniqlashga ham ana shu nuqtai nazardan yondashish kerak. Insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, shaxsning munosib hayot kechirishi va erki rivojlanishini ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratish hozirgi zamon fuqarolik jamiyatining bosh maqsadidir. Davlat bu holda ijtimoiy farovonlik davlati xususiyatiga ega bo‘ladi.

Bu yerda gap davlatning tabiatini ijtimoiy asoslar bilan boyitish haqida borayotir, zotan ular davlatning hokimiyat funksiyalarini jiddiy o‘zgartiradi. O‘zini ijtimoiy deb e’tirof etgan davlat «tungi qo‘riqchi» bo‘lishdan kechadi hamda jamiyatning ijtimoiy-madaniy va ma’naviy rivojlashi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi2.

Fuqarolik jamiyati shuning uchun ham zarurki, u davlatni, davlat hokimiyati organlarini nazorat qiladi. Bu nazorat, avvalambor, jamoat tashkilotlari- kasaba uyushmalari, iste’molchilarning uyushma va boshqalar orqali amalga oshiriladi. Umuman olganda, hokimiyatning xalq bilan muloqoti demokratiya uchun juda muhim. Bu hokimiyat organlari xalqqa o‘z siyosati va harakatlarini tushuntirishi, uning oldida hisob berishi kerak, deganidir. Fuqarolar esa, o‘z navbatida, davlatni nazorat qilishlari, hoki-miyat organlarining siyosati yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini bildirish-lari kerak. Bunday muloqotni uyushtirish yo‘lga qo‘yish juda qiyin ish. Bu sohada davlatning ham, xalqning sa’y-harakatlari talab etiladi.

Akademik K. Kumarning fikricha, fuqarolik jamiyati hozirgi zamon odami o‘z ehtiyojlarini qondiruvchi, o‘zining individual xususiyatlarini rivojlantiruvchi, ijtimoiy birdamlik qadriyatlarini talab etuvchi muhitdir.

Fuqarolik jamiyati g‘oyasi so‘nggi o‘n yilliklar mobaynida o‘zaro raqobatlashuvchi ijtimoiy guruxlarning siyosiy plyuralizmi, murosa va hamkorligiga asoslangan g‘oyalar, davlat hokimiyatini belgilagan huquq normalari bilan cheklash, insonning shaxsiy erkinligi demokratiyani ijtimoiy jihatdan kengaytirish g‘oyalari bilan rivojlanib, teranlashib bordi.

Fuqarolik jamiyatining tuzilishi va funksiyalari

Fuqarolik jamiyati tashkiliy institutlari jamuljami uning tarkibiy tuzilishi – strukturasi deb talqin etiladi. Struktura jamiyatning ichki tuzilishi bo‘lib, u jamiyat elementlarining xilma-xilligi va o‘zaro ta’sirini aks ettiradi, rivojlanishning yaxlitligi va sur’atini ta’minlaydi.

Inson yuridik huquq va majburiyatlarda sirtdan ifodalangan o‘zining tabiiy extiyojlari va manfaatlari bilan jamiyatning intellektual energiyasi va irodasini o‘zida jamlagan tizim hosil qiluvchi negiz hisoblanadi. Odamlarning har xil jamoalari va birlashmalari hamda ular o‘rtasidagi barqaror aloqalar (munosabatlar) jamiyat tuzilishining tarkibiy qismlaridir.

Fuqarolik jamiyatining tuzilishi deganda ijtimoiy munosabatlar, fuqarolarning turli ixtiyoriy tashkilotlari, ularning uyushmalari, lobbistt va boshqa guruhlari, munitsipal kommunalar, xayriya jamg‘armalari, ijodiy, sport, matlubot jamiyatlari, ijtimoiy-siyosiy, diniy va boshqa tashkilotlari va uyushmalarining keng tarmog‘i tushuniladi. Ularning barchasi jamiyat hayotining barcha sohalaridagi har xil ijtimoiy manfaatlarni ifoda etadi. Shunday qilib, hozirgi zamon fuqarolik jamiyatining tarkibiy elementlari quyidagilardan iborat:

odamlarning ixtiyoriylik asosida tashkil topgan birlamchi jamoalari (oila, uyushma, birlashma, xo‘jalik korporatsiyalari, jamoat tashkilotlari, kasbiy, ijodiy, etnik, konfessional va boshqa uyushmalar);

jamiyatdagi nodavlat nosiyosiy munosabatlar: iqtisodiy,ijtimoiy, oilaviy, ma’naviy, diniy va boshqa munosabatlar majmui, odamlarning ishlab chiqarish sohasidagi va shaxsiy hayoti, ularning urf-odatlari, an’analari, axloqi;

davlat hokimiyatining to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashishidan qonunlar bilan muhofaza qilingan erkin shaxslar va ular tashkilotlarining o‘zini o‘zi namoyon etish sohasi.

Bulardan fuqarolik jamiyati asosiy elementlarining muayyan tahlili ham kelib chiqadi.

Birinchidan, fuqarolik jamiyatining iqtisodiy tashkiloti hozirgi zamon bozor munosabatlari tizimidir. Bozor iqtisodiy erkinlikning o‘ziga xos «komponenti» sifatida muntazam ravishda daromad olishga yo‘naltirilgan mustaqil tadbirkorlik faoliyatisiz rivojlanishi mumkin emas. M.SH. Sharifxo‘jayev ta’kidlab o‘tganidek, fuqarolik jamiyati iqtisodiy negizlarining to‘laqonli mazmunini bozor prinsiplari orqali ochib berish mumkin.

Fuqarolik jamiyatining ijtimoiy tashkiloti uning ikkinchi tarkibiy elementidir. Bozor sharoitlarida u ancha murakkab xususiyat kas etadi. Bu, avvalambor, alohida ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi tafovutlar-ni aks ettiradi. Fuqarolik jamiyati aholisining uch asosiy guruhini ajratish mumkin: yollanma xizmatchilar, tadbirkorlar va mehnatga layoqatsiz fuqarolar. Mazkur guruhlarning iqtisodiy manfaatlari va moddiy imkoniyatlarining muvozanatini saqlash ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishidir.

Nihoyat, fuqarolik jamiyatining ijtimoiy-siyosiy tashkiloti uning uchinchi tarkibiy elementidir. Uni davlat — siyosiy tashkilot bilan, davlat boshqaruvi bilan tenglashtirish mumkin emas. Aksincha jamiyat fuqarolik jamiyati, huquqiy jamiyat sifatlariga ega bo‘lib, o‘zini o‘zi uyushtirish va tartibga solishning o‘z nodavlat ijtimoiy siyosiy mexanizmlarini ishlab chiqqan taqdirdagina fuqarolik jamiyati shaxsning haqiqiy erkinligini ta’minlash negizi sifatida real demokratizmga ega bo‘lishi mumkin. Bunga muvofiq ravishda fuqarolik jamiyatida siyosiy institutsio-nalizatsiya jarayoni sodir bo‘ladi, ya’ni jamiyat siyosiy partiyalar, ijtimoiy harakatlar, kasaba uyushmalari, xotin-qizlar, faxriylar, yoshlar tashkilotlari, ixtiyoriy jamiyatlar, jamg‘armalar, uyushmalar yordamida o‘zini o‘zi uyushtiradi. Siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi, ko‘p partiyaviylik prinsipi fuqarolik jamiyatidagi siyosiy institutsio-nalizatsiya jarayonining konstitutsiyaviy negizini tashkil etadi (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12-moddasi).

Ommaviy axborot vositalarining erkinligi va senzuraga yo‘l qo‘yilmasligi (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 67-moddasi fuqarolik jamiyatida siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligini ta’minlashning muxim shartidir. Ammo bu shaxs erkinligi va fuqaroning huquqiy holati tengligini anglatmaydi. Erkinlik, yuqorida qayd etib o‘tganimizdek, normativlik xossasiga ega. Bundan shaxs erkinlikning normativ talablariga bo‘ysunishga qodirligi natijasida erkinlikni qo‘lga kiritadi, degan ma’no kelib chiqadi. Boshqa tomondan, bu erkinlikning ruxsat etilgan chegaralarini belgilovchi ijtimoiy normalar shaxs erkinligi borligini tashqi shakli xisoblanishini bildiradi. Jamiyat va shaxsning o‘zi uchun muhim bo‘lgan sohalardagina erkinlik o‘lchovini davlatning o‘zi belgilaydi va me’yorga soladi. Shaxs erkinligini davlatning e’tirof etish mustahkamlashining asosiy yuridik vositasi esa Konstitutsiyadir.

Bunda huquq va erkinliklar, shu jumladan konstitutsiyaviy huquq va erkinliklar, bir tomondan, fuqarolik jamiyatining rivojlanish darajasi, uning iqtisodiy, ijtimoiy, ijtimoiy-siyosiy tashkilotning yetuklik darajasi bilan belgilansa, boshqa tomondan, shaxsning fuqaro huquqlari va erkinliklarining to‘liqligi, ularning kafolatlanganlik darajasi bilan belgilanadi. Shaxs va fuqaroning huquklari va erkinliklari bu nuqtai nazardan fuqarolik jamiyatining o‘zini o‘zi rivojlantirish va uyushtirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Bu o‘zaro aloqa davlat-huquqiy, yuridik miqyoslarda mustahkamlanadi, Konstitutsiya va boshqa qonunlarda faqat fuqaroning davlat oldida javobgarligi emas, balki davlatning fuqaro oldida mas’ul ekanligi ham belgilab qo‘yiladi.

Iqtisodiy munosabatlar. Dunyoda iqtisodning ikki tipi mavjud: rejali iqgisod va bozor iqgisodi. Rejali iqgisodni davlat tartibga solib turadi, bozor iqgisodi esa, bozor munosabatlari hamda talab va taklifning amal qilishi natijasida vujudga keladi.

Siyosiy munosabatlar. Siyosiy munosabatlar jamiyatda siyosiy hokimiyatni amalga oshirish jarayonida yuzaga keladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida qator moddalar siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligiga bag‘ishlangan (Konstitutsiyaning 12-moddasi).

Ijtimoiy, madaniy, diniy munosabatlar. Bu munosabatlarning barchasi fuqarolik jamiyati uchun muhimdir. Ular millatlararo munosabat-larni konstitutsiyaviy tartibga solishni, oila va nikohni, atrof muhitni, ta’lim, fan, madaniyat, din sohalarini muhofaza qilishni o‘z ichiga oladi.

Shunday qilib, fuqarolik jamiyatini barpo etish uchun iqtisodiy, siyosiy va huquqiy negizlar bilan bir qatorda, ijtimoiy, diniy va madaniy negizlarning ham bo‘lishi talab etiladi.

O‘z a’zolarining moddiy, ijtimoiy va ma’naviy ehtiyojlarini tu qoshi qondirshi fuqarolik jamiyatshshng asosiy funksiyasidir. Fuqarolarning har xil iqtisodiy, etnik, mintaqaviy, kasbiy, diniy birlashmalari shaxsning o‘z qiziqishlari, maqsadlari, intilishlari hokazolarga erishishiga har tomonlama ko‘maklashadi.

Mazkur asosiy funksiyani bajarish doirasida fuqarolik jamyu boshqa bir qator muhim ijtimoiy funksiyalarni ham bajaradi:


  1. qonuniylik asosida u shaxs va fuqaroning shaxsiy hayoti sohalarini davlat va boshqa siyosiy tuzilmalarning asossiz qattiqqo‘llik bilan tartibga solshiidan himoya qiladi;


  2. fuqarolik jamiyati tashkilotlari negizida jamiyatning o‘zini-o‘zi boshqarish mexanizmlari vujudga keladi va rivojlanadi;


  3. fuqarolik jamiyati siyosiy hokimiyatning mutlaq hukmronlik intilishiga monelik qiluvchi muhim va kuchli vositalardan biri hisoblanadi. U fuqarolar va ular birlashmalarining faoliyatiga davlatning noqonuniy aralashishidan himoya qiladi va bu bilan demokratik davlat organlari, jamiyat siyosiy tizimining vujudga kelishi va mustahkamlanishiga ko‘maklashadi;


  4. fuqarolik jamiyatining institutlari va tashkilotlari shaxsning huquq va manfaatlarini real kafolatlashi, barchaga davlat va jmiyat ishlarida ishtirok etishda teng imkoniyatlar berishi kerak;


  5. fuqarolik jamiyati, o‘z a’zolariga nisbatan ijtimoiy nazorat funksiyasni ham bajaradi. U davlatdan mustaqil bo‘lib, o‘z ixtiyorida vositalar va sanksiyalar yordamida shaxslarni ijtimoiy normalar rioya qilishga majburlashi, fuqarolarni tarbiyalash va ijtimoiylashtirishni ta’minlashi mumkin;


  6. fuqarolik jamiyati, aloqa bog‘lash funksiyasini ham bajaradi.


Bu jamiyatda manfaatlar xilma-xilligi namoyon bo‘ladi. Demokratiya sharoitida fuqaro ega bo‘ladigan erkinliklar bu manfaatlar doirasini yanada kengaytiradi. Demokratik davlat o‘z fuqarolarining manfaatlari va ehtiyojlarini imkon qadar to‘liq qondirishi kerak. Ammo iqtisodiy plyuralizm sharoitida bunday manfaatlar shu qadar ko‘p sonli, shu qadar rang-barang va tabaqalashgan bo‘ladiki, davlat hokimiyati hammasi haqida axborotni qamrab olish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Fuqarolik jamiyatining demokratik institutlari fuqarolar o‘rtasidagi ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, ma’naviy-axloqiy aloqalarni o‘rnatish, ular o‘rtasidagi munosabatlarni adolatli tartibga solish vazifasini ado etadi.

Ayni vaqtda, fuqarolik jamiyati institutlari va tashkilotlarining vazifasi faqat davlatning kuchi bilan qondirilishi mumkin bo‘lgan manfaatlar haqida davlatga axborot yetkazib berishdan iborat;

7) fuqarolik jamiyati o‘z institutlari va tashkilotlari bilan barqarorlashtirish funksiyasini bajaradi. U jamiyat hayotining mustah-kam negizlarini yaratadi. Davlat murakkab vaziyatga tushgan tarixiy sharoit-lar (urushlar, inqirozlar, depressiyalar) da fuqarolik jamiyatining mustahkam tuzilmalari unga o‘z yelkasini tutadi, mushkulotni yengib o‘tishga ko‘maklashadi.

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining shakllanish va rivojlanish istiqbollari.

«Bosh strategik maqsadimiz o‘zgarmay qola-yotir — bu bozor iqtisodiga asoslangan ochiq demokratik davlat qurish, fuqarolik jamiyatining poydevorini yaratishdir».

Download 64.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling