O’zbekiston respublikasi budjet-soliq siyosati. Mundarija Kirish
I.Bob 1.1. Byudjet – soliq siyosatining mazmuni va vazifalari
Download 151.05 Kb.
|
O’zbekiston respublikasi budjet soliq siyosati Reja I Kirish 1
I.Bob 1.1. Byudjet – soliq siyosatining mazmuni va vazifalari
O’zbekiston Respublikasi o’tkazilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohatlar jarayonida soliq tizimini modernizatsiya qilish asosiy ustivor vazifalardan biri hisoblanadi. Davlat byudjeti daromadlariga jalb qilinadigan mablag’larning uzluksiz tushib turushini ta’minlashda hamda soliq su’byektlariga nisbatan qulay soliq muhitini yaratish soliq mexanizmi alohida ahamiyat kasb etadi. Soliq mexanizmi davlat tomonidan soliq munosabatlarini tashkil etish uchun qo’llaniladigan soliqqa tortish jarayonining elementlari va ularni boshqarishning yig’indisini ifodalaydi. Ya’ni soliq mexanizmi soliq munosabatlarini tashkil qilish usullari yig’indisi bo’lib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda qulay sharoitlar yaratish maqsadida davlat tomonidan ishlab chiqiladi. Davlat byudjeti davlatning yirik markazlashgan pul fondi bo’lib, davlatning funksiyalarini bajarishga asoslangan iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Iqtisodiy abadiyotlarda ko’pchilik etakchi iqtisodchi – olimlar tomonidan davlat budjetini davlatning yirik markazlashgan pul fondi va asosiy moliya kategoriyasi ekanligini qayd etadi. Byudjet “G’azna” degan ma’noni bildirib, bu davlat va mahalliy o’z – o’zini boshqarish vazifalari va funksiyalarini moiyaviy ta’minlash uchun mo’ljallangan pul mag’lablari jamga’rmalarini to’plash va sarflash shaklidir. G’azna so’zi mohiyati ham davlatning qo’lida markazlashtirilgan pul jamg’armalarining tashkil etilishi va davlatning siyosatini amalga oshirish bilan bog’liq xarajatlar yuzasidan pul munosabatlarini bildiradi. Davlat byudjeti moliya tizimi hamda davlat moliya bog’inining asosiy qismi hisoblanadi. Davlat byudjeti – davlat pul mablag’larining markazlashtirilgan jamg’armasi hisoblanib, unda daromadlar manbalari hamda ularda tushumlari miqdori, bundan tashqari moliya yili mobaynida aniq maqsadlari uchun ajratilgan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Davlar byudjeti umumdavlat pul mablag’lari fondining iqtisodiy ko’rinishida tashkil topishining asosi bo’lib, u jamiyatning umumiy pul mablag’lari fondlari tizimida asosiy o’rinni egallaydi. Bundan tashqari u ishlab chiqarishning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqib, uning mazmuni va tarkibini aniqlaydi hamda ishlab chiqarish rivojlanishidagi ijtimoiy ehtiyojlarni ta’minlashga zamin yaratadi, shuning uchun davlat byudjetining mohiyati – bozor iqtisodiyotidagi iqtisodiy qonunlar, davlatning tabiati bilan belgilanadi. Byudjet iqtisodiy kategoriya sifatida ishlab chiqarish munosabatlarining ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida faol ta’sir ko’rsatadigan tomonlarini o’zida mujassam etadi. Davlat o’z vazifalarini bajarish jarayonida bir qator xarajatlar qilishi zarur. Bu xarajatlar eng avvalo mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun turli sohalarga investitsiya qilish uchun mo’ljallangan, aholininng yashash darajasini yaxshilashga va ijtimoiy vazifalarni bajarishga qaratilgan, davlatning boshqarish, mudofaani ta’minlash kabi aniq maqsadlarga yo’naltirilgan rejalashtirilgan xarajatlardan iborat bo’ladi. Bu xarajatlar budjet orqali moliyalashtiriladi. Unitar davlat byudjeti ikki bo’g’indan iborat ekan bu qatorga O’zbekiston ham kiradi, shundey ekan ular quyigilarga bo’linadi: Respublika budjeti Mahalliy budjetlar O’zbekistonning davlat hokimiyati idoralari: viloyatlar, shaharlar va tumanlar bilan o’zaro munosabatlarni yangicha iqtisodiy asoslarda qayta tashkil etildi. Respublikamiz o’z daromadlarini mustaqil tasarruf etadigan va o’z xarajatlarini to’la – to’kis o’zi moliyalashtiradigan bo’ldi. Bularning hammasi davlatning zaruriy xususiyatini sanaluvchi byudjet va byudjet jarayonida o’z aksini topmasligi mumkin emasligini hisobga olgan holda budjetga oid huquqiy munosabatlarning takomillashtirilishida ilk qadamlar tashlandi. Har qanday davlatning byudjet tizimi , shu mamlakatning davlat tuzumiga bog’liq holda tashkil etiladi. O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti o’z ichiga Respublika bedjetini, Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat budjetini va mahalliy byudjetlarni oladi1. O’zbekiston Respublikasining Byudjet Kodeksiga muvofiq, mamlakat byudjet tizimi ikki pog’onali byudjetdan iborat, ya’ni: Respublikasi Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar. Byudjet iqtisodiy kateoriya sifatida turli byudjet fondlarini shakllantirsh, taqsimlash, foydalanish paytida yuzaga keluvchi va ro’yabga chiquvchi iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi va uning asosida doimo moddiy ishlab chiqarish hamda nomodiy xizmat ko’rsatishlar yotadi. Huquqiy kategoriya sifatida byudjet tegishli hudud doirasida markazlashtirilgan pul fondlarini shakllantirish, taqsimlash, foydalanishga qaratilgan va tegishli davlat yoki mahalliy hokimiyat idorasi tomonidan tasqidlangan asosiy moliyaviy reja, yuridik me’yorlardan iborat. Byudjeti alohida bir mamlakatninng asosiy moliyaviy rejasi sifatida quyidagi belgilar tavsiflanadi. Byudjet universal moliyaviy reja sifatida tegishli hududning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotining barcha sohalari va yo’nalishlarini to’la qamrab oladi. Byudjet boshqa turdagi moliyavity rejalarga nisbatan muvofiqlashtiruvchi vazifani bajaradi. Davlat byudjetiga quyidagicha ta’rif berilgan2: “Davlat byudjeti – davlat pul mablag’larining (shu jumladan davlat maqsadli jamg’rmalari mablag’larining) markazlashtirilgan jamg’armasi bo’lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi”. Mahalliy byujedlar – hududiy moliyaning asosiy tashkil etuvchi hisoblanadi. Mahalliy byudjetlarning daromadlari, asosan, mahalliy soliqlar va yig’imlar, soliqsiz daromadlar, yuqori turuvchi budjet tashkilotidan olinadigan ajratmalardan tashkil topadi Mahalliy byudjetlarga quyidagicha ta’rif berilgan: «Mahalliy byudjet – davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablag’lari jamg’armasini tashkil etuvchi bir qismi bo’lib, unda daromalar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi». Qonunda qayd etilishiga ko’ra, mahalliy byudjetlar bo’g’inlari tarkibiga quyidagilar kiradi. Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti Viloyatlar byudjeti Shaharlar byudjeti Tumanlar byudjeti Shaharlar tarkibidagi tumanlar byudjeti (Toshkent shahrida) Tumanlar tarkibidagi shaharlar byudjeti Download 151.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling