O’zbekiston respublikasi budjet-soliq siyosati. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


– jadval Jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig’i stavkalarining 2018 – yilgi va 2019 – yilgi stavkalarini9


Download 0.74 Mb.
bet12/15
Sana26.03.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1298098
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
BUDJET-SOLIQ SIYOSATI

2 – jadval
Jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig’i stavkalarining 2018 – yilgi va 2019 – yilgi stavkalarini9

Soliq to’lovchilar

Yuridik shaxslar foyda solig’i stavkasi

2018 – yil

2019 – yil

Yuridik shaxslar

14%

12%

Tijorat banklari

22%

20%

Sement (klinker) va polientilen granulalari ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar

14%

20%

Mahsulotlarning o’ta katta foyda keltiruvchi ayrim turlari bo’yicha

50%

20%

Asosiy faoliyat turi mobil aloqa xizmati ko’rsatish bo’lgan yuridik shaxslar rentabelligi (samaradorligi) 20% gacha bo’lganda

14%

20%

Rentabelligi (samaradorligi) 20% dam baland bo’lganda

50%

20%

Mulkning kadastr qiymat, odatda, inventarizatsiya qiymatiga nisbatan ancha qimmat bo’ladi. Shuning uchun ham 2018 – yilda mol – mulk solig’i yuki keskin oshib ketmasligi uchun soliq stakalari 2017 – yildagiga nisbatan ancha pasaytirildi.


Mol – mulk solig’ini hisoblash uchun kadastr qiymatining ng kichik summasi 42 mln so’m deb belgilangan. Ya’ni mol – mulkning kadastr qiymati 42 mln so’mdan kam qilib ko’rsatilsihi mumkin emas. Jismoniy shaxslarning mol – mulkiga solinadigan soliq davlat soliq idoralari tomonidan hisoblanadi. Imorat, binolar va inshootlarning egasi bir nechta bo’lsa, ulardan undiriladigan soliq miqdori har bir odamning ulushiga qarab belgilanadi. Yangi qurilgan yoki sotib olingan binolarga soliq kelgusi yil boshidan boshlab hisoblanadi.
Mol – mulk yo’q qilingan, butunlay vayron bo’lgan hollarda mol – mulk solig’i to’lash ular yo’q qilingan yoki butunlay vayron bo’lgan oydan boshlab to’xtatiladi.
Meros bo’lib qolgan mulkdan mol – mulk solig’i meros olingan paytdan boshlab to’lanadi. Agar mulkning egasi almashsa, uning oldingi egasi joriy yilning 1 – yanvaridan boshlab egalik huquqi yo’qolgan paytgacha (oygacha) soliq to’laydi. Mulkning yangi egasi esa egalik huquqini olgan oydan boshlab to’laydi.
Agar mulk egasi soliq to’lashda ayrim imtiyozlarga ega bo’lish huquqini qo’lga kiritsa, mol – mulk solig’i o’sha huquq vujudga kelgan oydan boshlab hisoblanadi.
Yuridik shaxslarga tegishli bo’lgan quyidagi mol – mulklar mol – mulk solig’iga tortiladi.

  • Asosiy vositala, shu jumladan, moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalar (masalan, intelektual mulk)

  • Nomoddiy aktivlar

  • Tugallangan qurilish obyektlari

  • Belgilangan muddatlarda o’rnatilgan uskunalar

Mol – mulk solig’i korxona mol – mulkining o’rtacha yillik qoldiq qiymatidan olinadi. O’rtacha yillik qoldiq qiymat har oyning oxirgi sanasiga soliq solinadigan obyektlarning qoldiq qiymatlarining yig’indisini 12 ga (12 oyga) bo’lish yo’li bilan aniqlanadi.
2019 – yilda yuridik shaxslar mol – mulk solig’ining stavkasi soliq solish bazasiga nisbatan 2% miqdorida belgilangan. Ushbu soliq stavkasi korxona mulkining qayta baholangan qoldiq qiymatidan undirladi.
Ayrim toifadagi jismoniy shaxslar (urush nogironlari, qatnashchilari, ko’p bolali ayollar, pensionerlar va boshqalar) uchun mol – mulk solig’i bo’yicha imtiyozni qo’llash maqsadida soliq solinmaydigan maydon miqyosi 2019 – yilgacha 60 kvadrat metrni tashkil qilar edi. Agarda jismoniy shaxs tomonidano’ziga tegishli mol – mulk tadbirkorliklarga ijara berilsa, yoki undan mulkdorning o’zi tadbirkorlik maqsadlarida foydalansa, oldingi yillarda bu mol – mulkka nisbatan imtiyozlar qo’llanilmas edi. 2019 – yildan boshlab bu qoida bekor qilinadi. Ya’ni, bunday mol –mulkka nisbatan ham imtiyozlar saqlab qolinadigan bo’ldi.

2.4 Hozirgi sharoitda O’zbekiston Respublikasida byudjet – soliq siyosating ustuvor yo’nalishlari



Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling