O’zbekiston Respublikasi Buxoro davlat universiteti
Download 309 Kb.
|
Fibonachi sonlar. Mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sonlar nazariyasi.
- Fibonachchi ketma-ketligi o’zi nima
- Fibonachchi ketma-ketligi haqida qiziqarli faktlar
O’zbekiston Respublikasi Buxoro davlat universiteti Pedagogik talim fakulteti MUSTAQIL ISH Mavzu: Fibonachchi sonlari Fan nomi: Boshlanģich matematika kursi nazaryasi Guruh: 9.1 BTU S19 Bajardi: Navròzboyeva Hilola Tekshirdi: Sayfullayeva Nozima REJA Fibonachchi ketma-ketligi Sonlar nazariyasi Fibonachining tabiatdagi o’rni Fibonachchi ketma-ketligi va u haqida qiziqarli faktlar “Mathematics is the queen of the sciences and number theory is the queen of mathematics.” — Carl Friedrich Gauss Sonlar nazariyasi.Ushbu darsimizda sizlar bilan o’sha mashhur Fibonachchi sonlari haqida gaplashmoqchimiz. Lekin, shunchaki Fibonachchi ketma-ketligi qoidasini aytib uni kodda implementatsiya qilishga o’tib ketmasdan, bu ketma-ketlik nega bu darajada mashhurligi haqida bir necha faktlarni keltirib o’tmoqchimiz. Fibonachchi ketma-ketligi o’zi nima?Matematik nuqtai nazardan Fibonachchi ketma-ketligi deganda quyidagi shartlarni bajaruvchi ketma-ketlikka aytiladi: F(n) = F(n-1) + F(n-2) va F(0) = 0, F(1) = 1 Ta’rif: Har bir hadi o’zidan oldingi ikkita hadning yig’indisiga teng bo’lgan ketma-ketlik Fibonachchi ketma-ketligi deyiladi. Bunda boshlang’ish ikkita had ko’pincha 0 va 1 deb olinadi. Lekin, ixtiyoriy ikkita son boshlang’ish had sifatida olinishi ham mumkin. (0), 1, 1, 2, 3, 5, 8, 13, 21, 34, 55, … sonlari Fibonachchi ketma-ketligining dastlabki hadlari hisoblanadi. Fibonachchi ketma-ketligi haqida qiziqarli faktlarFibonachchi sonlari Oltin nisbat (Golden ratio) deb ataluvchi 1.618 soniga juda katta bo’g’liqligi bor. Ya’ni ixtiyoriy ikkita ketma-ket Fibonachchi sonlarining nisbati oltin nisbatga juda yaqin va sonlar o’sib borgani sari bu nisbat ham o’sib boradi. Bu hodisa boshlang’ich ikki son ixtiyoriy tanlanganda ham kuzatiladi Fibonachchi ketma-ketligi tabiatda juda ham ko’p uchraydi. Masalan, daraxtning shoxlari o’sishida O’simliklar yaproqlari joylashishida Hattoki asalarilarning ko’payish jarayonida ham Bundan tashqari ham tabiatda Fibonachchi sonlari juda ko’p holatlarda uchraydi. Fibonachchi sonlariga teng tomonli kvadratlarni joylashtirib chiqilganda va ularning ichiga huddi shunday radiusli aylanalar chizilganda mana bunday ajoyib spiral hosil bo’ladi Aslida yuqoridagi barcha faktlar Fibonachchi ketma-ketligining Oltin nisbatga bo’g’langigi bilan bo’g’liq. Download 309 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling