O’zbekiston Respublikasi byudjet-soliq siyosati


Download 149.49 Kb.
bet11/13
Sana02.06.2024
Hajmi149.49 Kb.
#1835332
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Budjet ssudasi - yuqori budjetdanquyi budjetga yohud respublika budjetidan rezident yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bilan ajratiladigan mablag’dir. Budjet ssudasi budjet ijrosi jarayonida yuzaga keladigan daromadlar bo’yicha kassa uzilishlarini qoplash uchun yuqori budjetdan quyi budjetga ajratiladi.
Davlat budjet tasdiqlangandan so’ng davlat va mahalliy soliqlar va daromadlar to’g’risida, ma’muriy-hududiy bo’linishdagi, korxonalar, tashkilotlar va ho’jalik birlashmalarining bo’ysunishidagi o’zgarishlar, turli xildagi bo’ysunishidagi qurilish ob’ektlari o’rtasida kapital qo’yilmalar limitlarini qaytadan taqsimlanishdagi o’zgarishlar bo’yicha qabul qilingan yangi qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari qabul qilinishi natijasida alohida olingan budjetlarga o’zgarishlar kiritilgan hollarda budjet ijrosi jarayonida budjetlar o’rtasida o’zaro hisoblashuvlar amalga oshiriladi.
Budjet ijrosi jarayoni natijasi bo’yicha aylanma kassa mablag’lari qoldig’i shakllantiriladi. Aylanma kassa mablag’lari bo’yicha me’yor belgilanadi.
Aylanma kassa mablag’i me’yori - moliya yilida respublika budjeti Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar hisobvaraqlarida turishi mumkin bo’lgan pul mablag’larining qonun hujjatlari bilan belgilanadigan eng kam miqdoridir.
Budjet tashkilotlari faoliyati xarajatlari budjet mablag’lari hisobiga moliyalanadi. Shu bilan birgalikda budjetdan tashqari mablag’lar manbalari bo’yicha shakllantiriladi. Budjet tashkilotlari xarajatlari smeta doirasida xarajatlar iqtisodiy tasnifi bo’yicha budjet va budjetdan tashqari mablag’lar hisobiga amalga oshiriladi.
Budjet tashkilotlarining moliyaviy aktivlari ya’ni pul mablag’lari G’aznachilik va uning hududiy bo’limlarida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarda budjet va budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha alohida yuritiladi. Budjet tashkilotlari nomoliyaviy aktivlariga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar moddiy zaxiralar, material qiymatliklar va boshqalar kiradi. Daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayonida nomoliyaviy aktivlar hisobi belgilangan tartibda yuritiladi.
Budjet tashkilotlari smetalar ijrosi jarayonida belgilangan vazifani bajarish bo’yicha jismoniy va yuridik shaxslar bilan hisoblashuvlarni amalga oshiradi va ular bo’yicha majburiyatlar yuzaga keladi.
Budjet tashkilotlari joriy yilga moliyaviy natijalarni mablag’larni shakllanishi manbaalari bo’yicha shakllantiradi va yakuniy moliyaviy natijani aniqlaydi.
Budjet hisobini tashkil etish moliya organlari va budjet tashkilotlarini rahbarlari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiradi.

Mamlakatlarning davlat tuzilishining turli tumanligi budjet tuzilmalarining turi va modellari turli bo’lishining bosh omili hisoblanadi.Masalan tarihanshakllangan monarhiya tizimida budjet yagona hazina jamgarmasidan iborat bo’lgan,uning shakllanishi yoki ishlatilishi yakka tartibda hal qilingan.Shu ma’noda budjet tizimlarining rivojlanishi davomida uch turdagi modellar mavjudligi aniqlangan.


Davlat tuzilishida Markaz va mintaqalarning tuzilishiga qarab barcha davlatlarni unitary va federal turlariga tacniflasrdahi mumkin.Unitar davlatlarda budjet tizimi ikki bo’g’indan yani davlat budjeti va ko’p sonli mahalliy budjetlardan iborat.Federal tuzilishga ega bo’lgan mamlakatlardada davlat tuzilishi ikki shaklda bo’lishi mumkin-federasiya va konfederasiya.Shunga mos ravishda davlatning budjet qonunchiligi uch pog’onadan iborat bo’ladi.Ayrim olimlar mamlakatlarda ham uch pog’onali budjetlar amal qilishini ta’kidlashadi.
Unitar davlatlar tarkibiga O’zbekiston, Qozogiston, Yaponiya, Shedsiya, Fransiya va boshqalarni misol qilib ko’rsatish mumkin.

Download 149.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling