O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura


Download 71.09 Kb.
bet3/13
Sana12.10.2023
Hajmi71.09 Kb.
#1700986
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
ҚМҚ 3.01.08-99

filiali tomonidan

Uzbekistan Respublikasi
Davlat arxitektura va
surilish sumitasining
1998 y 1-dekabrdagi
81-sonli buyrugi
bilan tasdhlangan

Ishga tushirish
sanasi 1999 y
1 aprel




    1. Agar ob’ekt buzilib ketgan yoki shikastlangan bo‘lsa, ob’ektning buzilishi yoki tasodifiy shikastlanishiga, u qabul qilinguncha pudratchi javobgardir.

    2. Bajarilgan ishlarning xavfsizligiga pudratchi javobgardir.

    3. Agar tomonlar shartnomada boshqa tartib va shartlarni belgilamagan bo‘lsalar, u holda pudratchi shartnomada ko‘rsatilgan ob’ektni yoki ishlar majmuasini o‘z xisobidan sug‘urtalashi shartdir. Zimmasiga sug‘urtalash yukla- nadigan ikkinchi tomonga, qurilish pudrati shartnomasida ko‘zda tutilgan tar- tibda sug‘urtachi haqidagi, sug‘urta so‘mi kattaligi va sug‘urtalan-gan havf hatarlar haqidagi ma’lu-motlarni ham o‘z ichiga olgan sug‘urtalash shartno- masini tuzilganligi haqida dalillar keltirishi shartdir.

Sug‘urtalash tegishli tomonni sug‘urtaviy hol yuz berishini oldini olish tadbirlarini ko‘rish majburiyatidan ozod qilmaydi.

    1. Pudratchi kapital ta’mirlashni va u bilan bog‘liq ishlarni, ishlar xa- jmini, mazmunini va unga qo‘yiladigan boshqa talablarni belgilovchi loyixa- smeta xujjatlari asosida amalga oshirishi shartdir.

Qurilish pudrati shartnomasiga ko‘ra boshqa ko‘rsatmalar bo‘lmaganda, pud­ratchi loyixa-smeta xujjatlarida. ko’rsatilgan barcha ishlarni bajarishi shartdir, deb qaraladi.
Qurilish pudrati shartnomasida loyixa-smeta xujjatlari tarkibi va mazmuni aniqlab qo‘yilishi, shuningdek tomonlarning qaysi biri va qanaqa muddatda tegishli xujjatlarni taqdim qilishi lozimligi ko‘rsatib qo‘yilishi lozim.
Qurilish jarayonida smeta xujjatlarda ko‘zda tutilmagan ishlarni va shu munosabat bian qo‘shimcha ishlar bajarilishi hamda qurilishning smeta ba- hosining oshirilishini oshkor qilgan pudratchi bu xaqda buyurtmachini ha- bardor qilishi shartdir.
O‘z xabariga o‘n kun davomida buyurtmachidan javob olmasa, agar qonun yoki quri-lish pudrati shartnomasi bunday hol uchun boshqa muddatlar ko‘zda tu­tilmagan bo‘lsa, pudratchi, ishni to‘xtatish bilan bog‘lik zararlarni buyurtma- chi zimmasiga yuklagan holda, ishni to‘xtatishi shartdir. Agar buyurtmachi qo‘shimcha ishlarni bajarish zaruriyati yo‘qligini isbotlasa, bu holda u ko‘- rilgan zararlarni qoplashdan ozod bo‘ladi.
Agar pudratchi buyurtmachining manfaatlari uchun darhol xarakat qilish lo- zimligini, xususan, ishni to‘xtatish kapital ta’mirlash ob’ektining xalokati- ga yoki shikastlanishiga olib kelishini isbotlay olmasa, u xolda ushbu band- ning to‘rtinchi va beshinchi qismlari belgilagan majburiyatlarini bajarma- gan pudratchi buyurtmasidan u bajargan qo‘shimcha ishlar uchun haq talab qilish hamda bu bilan bog‘lik zararlarini qoplashni talab qilish xuquqidan ma- hrum bo‘ladi.
Buyurtmachi qo‘shimcha ishlarga va ularga haq to‘lashga rozi bo‘lgan holda, pudratchi faqat ushbu ishlar pudratchining kasbiy faoliyati sohasiga
kirmaydigan yoki ularni pudratchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablar tufayli bajarish imkoni bo‘lmagan hollardagina, uni bajarishdan voz kechishga haqlidir.

    1. Pudratchi tomonidan bajarilgan ishlarga haq to‘lash buyurtmachi tomonidan smetada ko‘zda tutilgan o‘lchamda, muddatlarda va qonunda yoki qurilish pudrati shartnomasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Qonunda yoki shartnomada tegishli ko‘rsatmalar bo‘lmagan holda, pudratchi bajargan ishlarga to‘lovni, ishlar belgilangan tartibda hamda kelishilgan muddatlarda yoki buyurtmachining roziligi asosida-muddatidan oldin bajari-lish shartida ishlar natijalari to‘liq topshirilganidankeyingina amalga oshiriladi.

    2. Agar qurilishni va u bilan bog‘lik ishlarni bajarish jarayonida qurilish pudrati shartnomasini tegishlicha bajarilishiga halaqitlar oshkor bo‘lsa, har ikkala tomon bunday halaqitlarni bartaraf qilish uchun ularga bog‘lik bo‘lgan barcha tadbirlarni qo‘rishlari lozim. Ushbu vazifasini baja- rmagan tomon, tegishli halaqitlar qilinmaganligi tufayli ko‘rgan zararini qoplash huqukidan mahrum bo‘ladi.

Tomonning ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan vazifalarni bajarish bilan bog‘lik harakatlarni, agar bu hol qurilish pudrati shartno- masi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ikkinchi tomon hisobiga qoplanadi.

    1. Qurilishni va u bilan bog‘lik ishlarni bajarayotganda, pudratchi atrof muhitni muxofazalash hamda qurilish ishlarini olib borish xavfsizligi qonunchiligi talablariga rioya qilishi lozim bo‘lib, ushbu talablarning bu- zilishiga uchinchi shaxslar oldida javobgardir.

Pudratchi ishlarni bajarish jarayonida buyurtmachi bergan materiallar (qismlar, konstruksiyalar) va uskunalardan yoki uning ko‘rsatmalaridan agar ular har ikkala tomon uchun majburiy bo‘lgan atrof-muhitni muxofazalash va qurilish ishlarini olib borish xavfsizligi talablarining buzilishiga olib kelsa, ulardan foydalanishga xaqli emasdir.

    1. Agar qurilish pudrati shartnomasidagi ishlar tomonlarga bog‘lik bo‘l-magan sabablarga ko‘ra to‘xtatilib, kapital ta’mirlash ob’ekti konserva- siya-lansa, u holda buyurtmachi konservatsiya paytigacha pudratchi bajargan ishlarga to‘lik hajmda xaq to‘lashi, shuningdek ishlarni to‘xtatish va kapital ta’mirlashni konservatsiyalash bilan bog‘lik bo‘lgan xarakatlarni qoplashi lozim.

    2. Qurilish pudrati shartnomasida ko‘zda tutilgan hollarda,tutib qolish xuquqi bilan birga,buyurtmachining shartnoma bo‘yicha,bajarilgan ishlarga haq to‘lashini ham nazarga olganda, barcha majburiyatlarning bajarilishi qurilish yoki u bilan bog‘lik bo‘lgan ishlar amalga oshirilayotgan yer uchastka- sining ipotekasi bilan ta’minlanishi mumkin.

    3. Kapital ta’mirlashni tashkil qilish va amalga oshirishning ayrim xuqu-qiy jihatlari ushbu me’yoriy hujjatning tegishli bo‘limlarida yori- tilgan.





  1. Download 71.09 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling