KAPITAL TA’MIRLASHNI BAJARISHNI TASHKIL QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI
Turar-joy va jamoat binolarini xamda inshootlarni (kelgusida ob’ektlarni) kapital ta’mirlash ishlarini bajarish uchun asos bo‘luvchi hujjat 1997 yilning 1 martidan ishga tushirilib, O‘zbekiston Respublikasining Fuqaro Kodeksidan tashkil topuvchi O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro Qonunchiligi, boshqa qonunlar hamda qurilish, shuningdek kapital tamirlash sohasidagi munosabatlarni rostlovchi boshqa qonunchilik aktlari asosida buyurtmachi va pudratchi orasida tuzilgan qurilish pudrati shartnomadir.
Qurilish pudrati shartnomasiga ko‘ra, pudratchi buyurtmachining topshirig‘iga ko‘ra, belgilangan muddatda muayyan ob’ektning kapital ta’mirlash ishlarini bajarish, buyurtmachi esa, pudratchiga ishlarni bajarish uchun zaruriy sharoitlarni yaratib berish, uni qabul qilish hamda kelishilgan bahoni to‘lash majburiyatini oladi.
Qurilish pudrati shartnomasi qurilish ishlarini bajarishga ham, yig‘ish, ishga tushirish hamda qurilayotgan ob’ekt bilan bog‘langan boshqa ishlarni bajarishga tuzilishi mumkin.
Qurilish pudrati shartnomasida ko‘zda tutilgan hollarda pudratchi ob’ektni ishga tushirishni uni buyurtmachi tomonidan qabul qilinganidan keyin shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda ta’minlashni zimmasiga oladi.
Tugallanmagan qurilishning egasi, u buyurtmachiga topshirilib, haq to‘languncha, pudratchidir.
Kiritildi: UzR kommunal
xizmat kursatish vazirligi
“Uzbekkommunalloyiua”
institutining
“Ta’mirloyix,a”zonal
|
Do'stlaringiz bilan baham: |