O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura


TA’MIRLASH-QURISH VA YIG’ISH ISHLARINING SIFATINI TA’MINLASH


Download 71.09 Kb.
bet8/13
Sana12.10.2023
Hajmi71.09 Kb.
#1700986
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
ҚМҚ 3.01.08-99

TA’MIRLASH-QURISH VA YIG’ISH ISHLARINING SIFATINI TA’MINLASH




    1. Pudratchi buyurtmachi oldida qurilish pudrati shartnomasida texnikaviy loyixada xamda xar ikkala tomon uchun majburiy bo‘lgan qurilish me’yorlari va qoidalarida ko‘zda tutilgan talablardan chetlashishga yo‘l qo‘yilgani uchun, shuningdek kapital ta’mirlash ob’ektining loyixa-smeta hujjatlarida qayd kilingan ko‘rsatkichlariga erishilmagani uchun javobgardir.

Bino yoki inshoatni kapital ta’mirlashda va qayta qurishda (takomillashtirishda, qayta qurishda, tiklashda va sh.k.) binoning, inshootning yoki uning qismining mustaxkamligi, ustivorligi, ishonchliligining pasayishi yoki yo‘qotilishiga pudratchi javobgardir.
Pudratchi loyixaviy xujjatlardan, buyurtmachining roziligisiz, uning man- faatlariga jiddiy zarar yetkazmaydigan mayda chetlashishlarga yo‘l qo‘ygani uchun, u agar bu chetlashishlar qurilish sifatiga zarar yetkazmaganini isbotlasa, javobgar bo‘lmaydi.

    1. Pudratchi agar qurilish pudratida boshqa xolat ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, kapital ta’mirlash ob’ektiniig loyixa-smeta xujjatlarida qayd qilingan ko‘rsatkichlarga erishishi xamda ob’ektdan shartnomaga mos tarzda kafolat mud- dati davomida foydalanish mumkinligini kafolatlaydi. Kafolat muddati, agar qonun yoki shartnomada boshqa kafolat muddati, agar qonun yoki shartnomada boshqa kafolat muddati ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, ob’ektni buyurtmachi qabul kilgan kundan boshlab o‘n yilni tashkil qiladi.

Pudratchi kafolat muddati ichida oshkor bo‘lgan kamchiliklar (nuqsonlar) uchun, agar ular ob’ektning yoki uning qismlarining me’yordagi ishlatilishi natijasida yuzaga kelganini undan noto‘g‘ri foydalanilganini yoki buyurtmachi­ning o‘zi yoki jalb qilgan uchinchi shaxslar tomonidai ishlab chiqilgan undan foy- dalanishga oid yo‘riqmomaning noto‘g‘riligini, buyurtmachi yoki u jalb qilgan uchinchi shaxslar tomonidan bajarilgan ta’mirlashning noo‘rinligini isbotlay olmasa javobgardir.
Kafolat muddatining o‘tishi, pudratchi javobgar bo‘lgan kamchiliklar tufay- li obektdan foydalanish to‘xtab qolgan butun vaqt davomida to‘xtatiladi.
Kafolat muddati ichida 8.1-bandda kursatilgan kamchiliklar oshkor bo‘lsa bu­yurtmachi uni oshkor qilganidan ko‘p muddat o‘tkazmasdan bu hakda pudratchiga bildirishi lozim.

    1. Qurilish pudrati shartnomasida pudratchining buyurtmachi talabiga va bu­yurtmachi hisobiga pudratchi javobgar bo‘lmagan kamchiliklarni bartaraf qilish mumkin.

Pudratchi, agar kamchiliklarni bartaraf qilish qurilish pudrati shartnomasi mazmuni bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra bajarilishining iloji bo‘lmagan hollarda, ushbu bandning birinchi qismida kursatilgan majbu- riyatini bajarishdan voz kechishi mumkin.

    1. Buyurtmachi, pudratchining kundalik-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda, bajarilayotgan ishlarning borishi va sifati, ularni bajarish mud- datlariga (grafikka) rioya kilinayotganligi. Pudratchi tomonidan ajratilgan ma- teriallarning sifati, shuningdek, pudratchining buyurtmachi tomonidan berilgan materiallardan qanchalik to‘gri foydalanayotganligi ustidan nazorat va kuzatuv- ni amalga oshirishga haklidir buyurtmachi ishlarning bajarilishi ustidan nazorat va kuzatuv olib borayotganida, qurilish pudrati shartnomasi shartlaridan ishlar sifatining yomonlashuviga olib keluvchi chetlashishlarni yoki boshqa kamchiliklarni oshkor qilganda, bu hakda darxol pudratchini xabardor kilishi shartdir. Bunday bayonotni kiladagan buyurtmachi kelgusida u o‘zi oshkor qilgan kamchiliklarni ro‘kach qilish huquqidan maxrum bo‘ladi.

Pudratchi buyurtmachining qurilish jarayonida bergan ko‘rsatmalarini, agar ular qurilish pudrati shartnomasi shartlariga zid xamda pudratchining kundalik xujalik faoliyatiga aralashuvidan iborat bo‘lmasa, bajarishi shartdir.
Ishni tegishli darajada bajarmagan pudratchi, nazorat va kuzatuv buyurt- machiga konunchilik tomonidan yuklangan xollardan boshka vaziyatlarda, buyurtma­chi ishlarni bajarish ustidan nazorat va qarovni uyushtirmadi, deyishga haqli emasdir.

    1. Ta’mirlash-kurilish ishlarining bajarilishi sifati nazoratini, pud­ratchi va buyurtmachining nazoratning zaruriy ishonchliligini va to‘likligini ta’minlovchi texnikaviy vositalar bilan jixozlangan maxsus xizmatlari tomo­nidan bajarilishi lozim.

  1. Ta’mirlash-kurilish ishlari sifatiniig ishlab chikarish nazorati ishchi xujjatlarning, konstruksiyalarning, buyumlarning, qurilish materiallari va uskunalariing kirish nazoratini, ayrim qurilish jarayonlarining muolajaviy nazoratini xamda ta’mirlash kurilish ishlarining kabul nazoratini o‘z ichiga oladi.

  2. Ishchi xujjatlarning kirish nazorati ularning jamlanganligini xamda undagi texnikaviy axborotning ishlarni bajarish uchun yetarliligini tekshiruv- ni uz ichiga oladi.

Qurilish (konstruksiyalarining, buyumlarning materiallarning va uskunalar- ning kirish nazorati ularning me’yoriy xujjatlarning talablariga mosligini tashki qarov orqali tekshiruvni, shuningdek pasportlarning, shaxodatnomalar- ning, boshqa yulovchi harakatlarning mzvjudligini xamda xujjatlar bo‘yicha texnikaviy malumotlarning me’yoriy talablariga mosligini tekshiruvni o‘z ichiga oladi.

  1. Muolajaviy nazorat ta’mirlash-kurish ishlarini bajarish jarayonida bajarilishi xamda nuksonlarni o‘z vaqtida oshkor qilishni va ularni barta- raf qilish bo‘yicha tadbirlar ko‘rilishini ta’minlashi lazim.

Qabul nazoratida bajarilgan ta’mirlash-qurish ishlarining sifatini tek- shirish lozim. Yopik ishlar dalolatnomalar tuzish orkali shaxodatlanishi lo­zim, dalolatnomalar shakli 3-ilovada keltirilgan.
Avvalgi yopik ishlar shahodatlanmaguncha navbatdagi ishlarni bajarish taqiqlanadi.

  1. Ta’mirlash-kurish ishlab chikarishi jarayonida ishlab chikarish nazorati- ni tekshirish va uning samaradorligini tekshirish maksadida Davlat arxitektu­ra kurilishi nazorati (DAKN) xamda kurilish yoki buyurtmachi tashkilotlaridagi mavjud xizmat yordamida yoki maxsus tuzilgan hay’atlar vositasida tanlama auditorlik (inspeksiyaviy) nazorati amalga oshiriladi.

  2. Ishlab chikarish, auditorlik (inspeksiyaviy) nazorat natijalariga ko‘- ra, mualliflik nazorati izohlarini hisobga olgan xolda, oshkor kilingan nuqsonlarni bartaraf qilish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqiladi.


  1. Download 71.09 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling