O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura
Download 71.09 Kb.
|
ҚМҚ 3.01.08-99
UMUMIY QOIDALAR
Kapital ta’mirlashning tashkili barcha tashkiliy, texnik va texnologik tadbirlarning ta’mirlash samaradorligi va sifatini oshirishga, mexnat va boshqa tur resurslarning eng kam sarfi bilan o‘z vaqtida bajarilishini, shuningdek ta’miri tugallangan ob’ektlarning belgilangan muxlatlarda topshi- rilishini ta’minlashi lozim. Kapital ta’mirlash boshlanguncha bosh pudratchini aniqlash uchun tender savdolar o‘tkazilishi, ta’mirlashqurilish tashkilotlarini kapital ta’mirlash- ni bajarishga tayyorlash tadbirlari va ishlari (qurilish materiallari va bu- yurtmalarini jamlash, qurilish texnikasini tayyorlash, LS’Hlarni o‘rganish va b.), ob’ektni kapital ta’-mirlashga tayyorlash (yashovchilarni ko‘chirish, lozim bo‘lganda, ob’ektni qo‘shimcha texnik tekshirish va boshqa) ishlari bajarilishi lozim. Ob’ektni kapital ta’mirlashni dastavval ishlab chiqilgan ta’mirlashni tash- kil qilish va ishlarni bajarish texnologiyasi loyihalari hamda ta’mirlash qurilish ishlarini bajarish loyihalari asosida amalga oshirishga ruhsat be- riladi. Kapital ta’mirlashni tashkil qilish loyihalaridagi hamda ta’mirlash qurish ishlarini bajarish ishlari loyihalaridagi loyihaviy yechimlar va xujjatlar tarkibi va mazmuni 3-bo‘limning ko‘rsatmalariga mos tarzda kapital ta’mirlash turi va ta’mirlanuvchi ob’ektning murakkabligiga qarab belgilanadi. Ob’ektni kapital ta’mirlashni tashkil qilishda quyidagilar ta’minlashi lozim: kapital ta’mirlashning barcha qatnashchilari faoliyati ishlarni tasdiqlangan rejalar va grafiklar bo‘yicha bajarilishi masofalari bo‘yicha qarorlari maj- buriy bo‘lgan, mulkchilik shaklidan, mahkamaviy oidlikdan, ayrim tur ishlarni bajarishga buyurtmachi (investor) bilan tuzilgan shartnomalardagi shartlar va usullardan (bevosita buyurtmachi bilan, bosh pudratchi orqali, ko‘p tomonlama kantrakt va xokazo) qat’iy nazar, kapital ta’mirlash barcha qatnashchilari keli- shilgan faoliyati bosh pudratchi tomonidan muvofiqlashtirilishi; moddiy resurslarning ta’mirlash qurish ishlari kalendar rejalarida va gra- fiklarida ko‘zda tutilgan muddatlarda majmuiy keltirish; ta’mirlash qurish, yig‘ish va maxsus qurilish ishlarini ularning texnologik ketma-ketligini hamda ularning tehnik moclashishini asoslangan holda oqim usullarda bajarish; ta’mirlash-qurilish ishlarini olib borishning yuqori madaniyati hamda havf- sizlik tehnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilish; atrof tabiiy muhitni muxo- fazalash bo‘yicha talablarga rioya qilish; PPB-3-94 «Binolar va inshootlarni qurishda, qayta qurishda, kengaytirishda, texnikaviy qayta jixozlashda va kapital tamirlashda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish". Ta’mirlash-qurish ishlarini bajarish boshlanguncha, buyurtmachi quyidagilarni bajaradi: pudratchi tashkilotga ta’mirlash ob’ektini topshiradi, muvaqqat elektr, bug‘ va suv taminotiga texnikaviy shartlarni rasmiylashtiradi hamda ishlarni bajarishga ta’mirlashning murakkabligiga va ta’mir ob’ektining xususiylik shakliga bog‘lik ravishda) ruxsat beradi; qurilish pudrati shartnomasida ko‘zda tutilgan xollarda va tartibda pudrat- chiga ishlarni bajarishda zarur bo‘lgan bino va inshootlarni foydalanishga be- rishi, uning manziliga yuklarni tashib keltirishni ta’minlashi, energiya ta’minoti, suv va bug‘ o‘tkazish tarmoqlari keltirishni ta’mirlashi, shuningdek boshqa xizmatlarni ko‘rsatishi majburdir. Qurilish uchun qurish pudrati shartnomasida ko‘rsatilgan sathli va xolatda yer uchastkasini o‘z vaqtida taqdim qilishi zarurdir. Shartnomada bunday ko‘rsatmalar bo‘lmagan holda mavjud yer uchastkasi maydoni va holati ishlarni vaqtida boshlash, ularni me’yordagidek olib borish va o‘z muddatida tugallash imkonini berishi lozim. Kapital ta’mirlashni texnologik ketma-ketlikda va grafikka mos tarzda hamda ayrim tur ishlarni asosli tarzda moslashtirishni hisobga olgan holda bajariladi. Mavsumiy tiynatdagi ishlarni (tomni ta’mirlash, poydevorlarni kuchaytirishni qisman bo‘shatilgan ob’ektni isitish tizimini ta’mirlashni, fa- sadlarni ta’mirlash va b.) bajarishni kapital ta’mirlash tashkiloti loyihasida qabul qilingan qarorlarga mos tarzda yilning eng qulay vaqtida ko‘zda tutilishi lozim. Yirik ob’ektlarni (ko‘p bo‘lmali binolarni, shuningdek barcha yashovchi- larni ko‘chirib chiqarishni iloji bo‘lmaganda, kapital ta’mirlashda, uni umumiy konstruksiyaviy unsurlar va muxandisiy tarmoqlar tarqatmalaridan tashqari, ayrim bo‘lmalar, seksiyalar, kiruvlar bo‘yicha bajarishga ruxsat beri-ladi. Bunday ob’ektlariing kapital ta’mirlanishini tashkil qilish loyiha-larida kapital ta’mirlash santexnikaviy uskunalarni keltirish kalendar mud-datlari, ayrim bo‘lmalar, seksiyalar, kirishmalar bo‘yicha qurilish material-larga exti- yojlar aniqlanishi lozim. Kapital ta’mirlashni tashkil qilish loyihalarida zaruriy texnik iqtisodiy asoslashlar bajarilishi hamda mumkin qadar tayyor yer tugun va buyumlardan foydalanish masalalari yechilishi lozim. Mutaxassislashgan uskunalarni hamda tegishlicha tayyorlangan kadrlarni talab qiluvchi ishlarni (zaif gruntlarni sun’iy kimyoviy, kriogen va termik mustaxkamlashni, kimyoviy va issiqqa bardoshli qoplamalarni tamirlashni va b.) mutaxasislashgam qurilish tashkilotlariga topshirish lozim. Ob’ektlarni kapital tamirlash jarayonida qurilish me’yorlariga, qoi- dalariga va standartlariga, shuningdek loyixalarning aloxida ko‘rsatmalariga va texnikaviy shartlariga rioya qilish ta’minlanishi lozim. Ob’ektlarni kapital tamirlashni bajarayotganda xavfli soxalarni ajra- tish bilan ishlarni bajarish, naqliyot va piyodalar xarakati Tuzilmalarining boshqa binolar va inshoatlarga xavfsiz kirish va o‘tishini tamirlash davlat nazorati maxkamalari xamda shaxar, tuman hokimiyatlari bilan kelishilishi lozim. Zilziladan so‘ng binolarni tiklashda, eskicha qurilgan binolar va inshoatlarning zilzilaga bardoshliligini kuchaytirishda. eski qurilgan binolarni yangi me’yoriy xujjatlar asosida qayta qurish va sh.k. aloxida murakkab ob’ektlarda quyidagilarni bajarish lozim: ilovada keltirilgan shakl bo‘yicha umumiy ish daftari, bosh pudratchi bilan buyurtmachi orasida kelishib tuzilgan ro‘yxatdagi maxsus qayd daftarlari xamda «Kapital tamirlash ustidan mualliflik va texnikaviy nazorat xaqidagi nizom- ga mos tarzda mualliflik nazorati daftari yuritilishi lozim. Yopiq ishlarning xolati bo‘yicha dalolatnomalar tuzish, mavjud konstruksiyalar- ni ta’mirlash jarayonida ochilgandan so‘ng, ularning laboratoriyaviy va instrumental sinovlari taxliliga ega bo‘lish; ayrim tur ishlarni bajarish buyicha qurilish me’yorlarida va qoidalarida ko‘zda tutilgan boshqa ishlab chiqarish xujjatlarini, ijro xuj- jatlarini rasmiylashtirish; keltirilayotgan qurilish materiallariga va uskunalar uchun moslik shaxo- datnomalariga ega bo‘lish. Bosh pudratchi ta’mirlashqurish maydonchasida qurilish ishlab chiqarishi va ijrochilar mexnatining yuqori madaniyatini ta’minlashi, mu- xandisiy tarmoqlarning, kirish va piyodalar yo‘llarining, to‘siqlarning ishlaydigan xolatda saqlashi. qo‘llaniladigai qurilish materiallari va buyu- mlarning, shuniigdek, yig‘ishtirishdan so‘ng materiallar va yuklarning saqlanishini taminlashi lozim. Ishlar tugallangandan so‘ng, maydon muvaqqat uskunalardan, qurilish axlatidan o‘z vaqtida bo‘shatilishi xamda xududni obodonlashtirish ishlari ba- jarilishi ta’minoti tarmoqlariniig o‘z vaqtida uzib qo‘yilishiga va tarqatilishi, va aloxida etibor berilishi lozim. Download 71.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling