O`zbekiston respublikasi davlat bayrog`I


Download 44.5 Kb.
Sana28.01.2023
Hajmi44.5 Kb.
#1136274
Bog'liq
Davlat-ramzlari


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT
BAYROG`I

Davlat bayrog`i va uning ramzi bugungi O`zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo`lgan davlatlar bilan tarixan bog`liqligini hamda respublikaning milliy-madaniy an`analarini o`zida mujassamlashtiradi.
Bayroqdagi moviy rang - tinchlikning mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzidir.
Bayroqdagi oq rang - muqaddas tinchlik ramzidir. Oq rang-poklik, beg`uborlik, soflik, orzu va xayollar tozaligi, ichki go`zallikka intilishdir.
Yashil rang - tabiatning yangilanishi ramzidir. U ko`pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumanlik timsolidir.
Qizil rang - vujudimizda jo`shib oqayotgan qudrat irmoqlaridir.
Navqiron yarim oy tasviri tarixiy an`analarimiz bilan bog`liq. Ayni paytda qo`lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzidir.
Yulduzlar barcha xalqlar uchun ilohiy timsol sanalgan. 12 yulduz tasvirini o`zbek xalqi madaniyatini, qadimiyligini, uning komillikka, tuprog`ida saodatga intilish ramzi sifatida tushunish lozim.
O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i
1991-yil 18 -noyabrda qabul qilingan.
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT
GERBI

O'zbekiston Resplikasining Davlat gerbi gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda o'ng tomonida bug'doy boshoqlari, so'l tomonida ochilgan paxta chanoqlari surati tushirilgan chambardan iboratdir.
Gerbning yuqori qismida Respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan: sakkiz qirra ichida joylashgan yarimoy va yulduz musulmonlarning qutlug' ramzidir.
Gerb markazida himmat, oliyjanoblik va fidoyilik timsoli bo'lgan afsonaviy Humo qushi qanotlarini yozib turibdi. Ushbu ramz va timsollar xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yo'lidagi orzu-umidlarni ifodalaydi.
Gerbning pastki qismidagi Respublika davlat bayrog'ini ifodalovchi uch rangdagi chambar bandiga "O'zbekiston" so'zi kiritilgan.
O'zbekiston Resplikasining davlat gerbi O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 10-sessiyasida
1992- yil -2 iyul kuni tasdiqlangan.
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI
Abdulla Oripov so'zi
Mutal Burxonov musiqasi
Serquyosh, hur o'lkam, elga baxt, najod,
Sen o'zing do'stlarga yo'ldosh, mehribon.
Yashnagay to abad ilmu-fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

NAQORAT:
Oltin bu vudiylar--jon O'zbekiston
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!


Bag'ri keng o'zbekning o'chmas iymoni,
Erkin yosh avlodlar senga zo'r qanot!
Istiqlol mash'ali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu bo'l obod!

NAQORAT:
Oltin bu vudiylar--jon O'zbekiston
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!



O'zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi
1992- yil 10- dekabrda qabul qilingan.
Download 44.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling