O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi


Download 36.48 Kb.
bet1/3
Sana20.10.2023
Hajmi36.48 Kb.
#1712847
  1   2   3
Bog'liq
Документ Microsoft Word


O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi:
2021 yil 1 martgacha Davlat soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda bojxona auditini amalga oshirishda o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolaydi;
2021 yil 1 sentyabrgacha bojxona auditini amalga oshirishni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
ushbu qarorning mohiyati va ahamiyati ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari orasida keng yoritilishi ta'minlaydi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtiradi.
Bojxona auditini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, bojxona auditining maqsadi:

  • tashqi savdoni rivojlantirish va tovarlarni tegishli bojxona rejimiga chiqarishni tezlashtirish;

  • bojxona to‘lovlarining to‘g‘ri hisoblanganligi va undirilganligini ta'minlash;

  • vakolatli shaxsning bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini o‘rganish;

  • xavfni boshqarish sohasidagi bojxona organlari faoliyati samaradorligini oshirish;

  • tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini rag‘batlantirish;

  • bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga oid huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishdan iborat.

Bojxona auditi maqsadlaridan kelib chiqib, u quyidagi vazifalarni qamrab oladi:

  • tovarlarni muayyan bojxona rejimiga joylashtirishning qonuniyligini;

  • bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilgan ma'lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan ma'lumotlarga mosligini;

  • bojxona yuk deklaratsiyasida rasmiylashtirilgan tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi TIF TN kodiga muvofiq to‘g‘ri tasniflanganligini;

  • ma'lum qilingan bojxona qiymatining haqqoniyligini;

  • bojxona to‘lovlarining to‘g‘ri hisoblanganligi va undirilganligini;

  • tovarlarga nisbatan preferensiyalarni to‘g‘ri qo‘llanilganligini va bojxona to‘lovlarining to‘liq to‘langanligini;

  • bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar to‘g‘ri qo‘llanilganligini hamda foydalanishi cheklangan tovarlarni ishlatilganligi yoki ulardan maqsadli foydalanganligini;

  • shartli chiqarib yuborilgan tovarlarni belgilangan tartibdagi cheklovlariga rioya etilishini;

  • vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kirish shartlariga rioya etilishini;

  • tovar va transport vositalari saqlanadigan joylarga chiqqan holda ular bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyalarning qonuniyligini o‘rganish;

  • O‘zbekiston Respublikasining bojxona sohasidagi qonun hujjatlarida belgilangan taqiq va cheklovlarga rioya qilinishini tekshirishdan iborat.

Bojxona auditi vakolatli shaxslarini tanlash bojxona organlarining axborot dasturlari ma'lumotlari tahlili, bojxona organlarining tarkibiy tuzilmalari, boshqa tashkilot hamda idoralardan kelib tushgan axborot va ma'lumotlar, shuningdek xavf ko‘rsatkichlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Bojxona auditi uchun tanlangan mazkur vakolatli shaxslarning tashqi iqtisodiy faoliyatiga ma'lumotlari monitoring qilish natijalariga ko‘ra qayta tanlab olinishi mumkin.

Download 36.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling