O‘zbekiston Respublikasi davlat ekologik sertifikatlashtirish tizimi. Asosiy qoidalar Qo‘llanish sohasi


Download 301.49 Kb.
bet1/8
Sana04.10.2023
Hajmi301.49 Kb.
#1691669
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-a




O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi “O‘zstandart”
O‘zbekiston Respublikasi davlat ekologik sertifikatlashtirish tizimi. Asosiy qoidalar
1. Qo‘llanish sohasi
Ushbu standart Davlat ekologik sertifikatlashtirish tizimi (keyinchalik — Tizim) ishini tashkillashtirishning tuzilmasi, vazifalari va asosiy prinsiplarini belgilaydi.
Ushbu standart mahsulotni ishlab chiqaruvchisi, yetkazib beruvchisi, sotuvchi va iste’molchilari bo‘lgan, mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, Davlat ekologik sertifikatlashtirish idoralari, ekoanalitik sinov bo‘linmalari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan majburiy foydalanish uchun mo‘ljallangan.
2. Me’yoriy hujjatlarga havolalar
3. Atamalar va ta’riflar
4. Umumiy qoidalar
4.1 Ekologik talablar bo‘yicha sertifikatlashtirish, mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish sohasining atrof-muhit muhofazasi va O‘zbekiston tabiiy boyliklaridan oqilona foydalanish qismi amaldagi huquqiy mexanizmning ajralmas qismi hisoblanadi.
4.2 Tizimning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
korxonalar, inshootlar va boshqa obyektlarni loyihalashtirish, qurish va undan foydalanishda ekologik xavfsizlikni ta’minlash;
ekologik xavfsiz, energiya saqlovchi texnologik jarayonlarni, jihozlarni va ishlab chiqarishni joriy etish yo‘li bilan tabiiy resurslardan ratsional foydalanishni ta’minlash;
ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarini joylashtirish, qayta ishlash, trnsportda tashish, yo‘q qilish va ko‘mish vaqtida atrof-muhitning ekologik xavfsizligini ta’minlash;
barcha turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish va foydalanish vaqtida atrof-muhit obyektlarini ifloslanish va chiqindilar bilan to‘lishini oldini olish.
4.3 Tizim faoliyati quyidagi asosiy tamoyillardan tarkib topgan:
Ochiqlik;
Majburiylik;
Omilkorlik;
Obyektivlik;
Mustaqillik;
Xolislik.
4.3.1 Ochiqlik — mahsulotning transportda tashish va ishlab chiqarishda hayotiy davrining barcha pog‘onalarida atrof-muhit uchun xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat yurituvchi yuridik va jismoniy shaxslarning ishtiroki uchun Tizim ochiq bo‘lishi kerak.
4.3.2 Majburiylik — O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tuzilgan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qonunchilik tartibi bilan o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan obyektlar ro‘yxati bo‘yicha sertifikatlashtirish amalga oshirilishi kerak.
4.3.3 Omilkorlik — Tizim ishtirokchilari, ularning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zaruriy malakaga, vositalar va vakolatga ega bo‘lishlari kerak.
4.3.4 Obyektivlik — sertifikatlashtirish natijalari obyektning haqiqiy holatini aks ettirishi va tasvirlashi kerak, biron-bir korxona, tashkilot, yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan tahqirlash va ustunlik berish istisno etiladi.
4.3.5 Mustaqillik — obyektlarni ekologik sertifikatlashtirish uchun arizachi ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va iste’molchilarning bevosita ta’siriga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.
4.3.6 Xalqaro va milliy sertifikatlashtirish tizimi bilan o‘zaro aloqa va hamkorlikni kengaytirishi, ushbu sohada hujjatlarni uyg‘unlashtirishi, Tizimni xalqaro sertifikatlashtirish tizimlariga muvofiq birlashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqishi kerak.
4.3.7 Tizim — boshqa tizimlar bilan bitimlarga asosan ekologik sertifikatlar, attestatlar, ekoxavfsizlik belgilari, sinovlar va tahlillar natijalarini o‘zaro tan olinishi ta’minlashi kerak.
4.4 Tizim, tizimda foydalaniladigan ekologiya sohasidagi me’yoriy-uslubiy bazani takomillashtirishni ko‘zda tutadi.
4.5 Ekologik sertifikatlashtirish qonuniy tartibga solinuvchi doirada majburiy sertifikatlashtirish shaklida, hamda qonuniy tartibga solinmaydigan doirada — ixtiyoriy sertifikatlashtirish shaklida amalga oshiriladi.
4.6 Tizim davlat boshqaruvi idoralari rahbarligida faoliyat yuritadigan boshqa tekshirish va sertifikatlashtirish tizimlari bilan bitimlar asosida o‘zaro hamkorlik yuritadi. Bitimlar, shu jumladan ushbu tizim amalga oshiradigan sertifikatlashtirish ishlarini tan olish qoida va tartiblarini o‘rnatadi. O‘zaro tan olish obyektlari sinov bayonnomasi, sertifikatlar va muvofiqlik belgisi hisoblanadi.
4.7 Tizim ishtirokchilari o‘zining faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan va o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi me’yoriy-huquqiy aktlariga amal qiladi.
4.8 Tizimning rasmiy tili deb, davlat tili — o‘zbek tili hisoblanadi. Tizim ishtirokchisining murojaatiga ko‘ra ekologik sertifikatlar, guvohnomalar va boshqa hujjatlar huquqiy qoida bilan o‘rnatilgan asl nusxaga mosligini tasdiqlovchi boshqa tilda rasmiylashtirilishi mumkin.
4.9 Tizimning axborot bazasi o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan va tizimning axborot-ma’lumot fondiga kiritilgan hujjatlar tashkil etadi:
Ekologik sertifikatlashtirish bo‘yicha akkreditatsiyalangan idoralari, tabiatni muhofaza qilish analitik nazorati laboratoriyalari, ekspert — auditorlar reyestri;
Sertifikatlashtirishgan ekspert-auditorlar reyestri;
Ekologik sertifikatlashtirishdan o‘tgan obyektlar reyestri;
Ekologik sertifikatlashtirish bo‘yicha ma’lumot, hisobot va boshqa hujjatlar;
Berilgan ekologik sertifikatlar va ekologik xavfsizlik belgilari reyestri;

Download 301.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling