O‘zbekiston respublikasi davlat soliq qo


Download 77 Kb.
Sana28.02.2023
Hajmi77 Kb.
#1237947
Bog'liq
судга алока хатлари





OZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOMITASI HUZURIDAGI
KADASTR AGENTLIGINING NAMANGAN SHAHAR BO’LIMI
Namangan sh. 1-o’tish yo’li. Ibrat ko’chasi. 19-uy. Tel.: 69-227-68-60




___ _________ 2022-yil ____ -son Namangan sh.


Jinoyat ishlari boʼyicha Namangan shahar sudi raisiga


TАQDIMNOMА
yengilroq maʼmuriy jazo
chorasini qoʼllash haqida
Kadastr agentligi Namangan shaxar boʼlimi yetakchi inspektori M.Xolmirzayev tomonidan 2022-yilning 25-may kuni Namangan shahar Saxovat MFY hududida joylashgan yer uchastkasini oʼz vaqtida davlat roʼyxatidan oʼtkazmaganligi yuzasidan fuqaro Babaxanova Sohiba Sobitovnaga nisbatan rasmiylashtirilgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʼgʼrisidagi ish hujjatlari koʼrib chiqildi.
Аniqlanishicha, Namangan shahar Saxovat MFY hududida joylashgan yer uchastkasini oʼz vaqtida davlat roʼyxatidan oʼtkazmaganligi uchun fuqaro Babaxanova Sohiba Sobitovnaga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik toʼgʼrisidagi bayonnoma rasmiylashtirilgan. Ish hujjatlarini oʼrganish davomida Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni Saqlash Vazirligi Namangan shahar TMEKning 48-sonli maʼlumotnomasiga koʼra Babaxanova Sohiba Sobitovna 2-guruh nogironi ekanligi aniqlangan. S.Babaxanovaga sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarlik holati boʼyicha MJtKning 681-moddasi sanktsiyasida nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq jazo chorasini qoʼllash uchun asoslar borligi haqida xulosaga kelindi.
Qayd qilinganlarga koʼra, fuqaro Babaxanova Sohiba Sobitovnaga MJtKning
33-moddasida belgilanganidek, yengilroq maʼmuriy jazo chorasini qoʼllash masalasini hal etish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning
245-moddasi 2-qismiga asoslanib,
SOʼRАYMАN

1. Mazkur taqdimnomani koʼrib chiqishingizni;


2. Fuqaro Babaxanova Sohiba Sobitovnaga Oʼzbekiston Respublikasining MJtK 33-moddasida belgilanganidek, yengilroq maʼmuriy jazo chorasini qoʼllash haqidagi masalani hal etishingizni;
3. Qabul qilingan qaror yuzasidan xabar berishingizni.
Ilova: toʼplangan hujjalar “______” varaqda.
Kadastr agentligi Namangan
shahar boʼlimi boshligʼi А.Xodjiyev


Download 77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling