O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»


Download 1.74 Mb.
bet17/109
Sana09.01.2022
Hajmi1.74 Mb.
#258697
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   109
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyas (1)

Rasmiy qoidalar va norasmiy normalarni muvofiqlashtirish. Rasmiy qoidalar va norasmiy normalarning muvofiqlashtirilishi jamiyatda muhim rol o`ynaydi, chunki u institutlar mavjud tizimi faoliyat ko`rsatishining samaradorligiga katta ta’sir ko`rsatadi.
Odatda, insonlar ba’zan institutlar tarkibiy unsurlaridan biri hisoblangan jazolash tizimining samaradorligiga ziyon yetkazgan holda jazolashning ancha yumshoq shakllarini nazarda tutuchi normalarni rasmiylashtirishga intilishadi. O`lim jazosini bekor qilish to`g`risidagi bahs-munozaralar bunga misol bo`ladi.
Kelishmovchilik natijasida institutsional nizo kelib chiqishi mumkin. Bir holatda, institutsional nizo hech bir o`zgarishsiz institutlarning paydo bo`lishiga, boshqa holatda esa samarasiz bo`lsa-da barqaror hosilalar – institutsional tuzoqlarning paydo bo`lishiga olib keladi.
Eski va yangi institutlar o`rtasidagi inqilobiy bog`liqlik doirasida ular rivojlanishining uchta ehtimoliy yo`lini ta’kidlash lozim:


  • birinchisi – mavjud institutsional matritsaga qarama-qarshi bo`lgan rasmiy institutlarning paydo bo`lishi (odatda, hamma joyda chuqur islohotlar

24


davrida, masalan, o`tish iqtisodiyotida qonunlar, farmonlar ko`rinishida) va ularning ildiz otishi (kengayib borishi) hamda qabul qilingan rasmiy normalarga mos keluvchi yangi norasmiy normalarning shakllanishi;


  • ikkinchisi – qabul qilinayotgan rasmiy qoidalarning norasmiy normalarga to`liq mos kelmasligi shunga olib keladiki, norasmiy normalar ancha “hayotiy” bo`lib chiqadi va buning natijasida yangi qabul qilingan rasmiy qoidalarning norasmiy institutsionallashuvi yuz beradi;




  • uchinchisi – yangi rasmiy qoidalar ildiz otmaydi, bu ularning yo`qolib ketishiga olib keladi.

Institutsional tizim samaradorligiga institutlar bilan bir qatorda tashkilotlar ham ta’sir ko`rsatadi. D.Nortning fikriga ko`ra [46], institutlar iqtisodiy nazariya bilan yoritiladigan standart cheklovlar bilan bir qatorda jamiyat a’zolarining imkoniyatlarini ham shakllantiradi.


Institutsional doiralar qaysi tashkilotlar (siyosiy organlar, iqtisodiy tuzilmalar, jamoat muassasalari) hosil bo`lishi va ishlashini belgilab beradi. Boshqacha aytganda: institutlar – bu “o`yin qoidalari”, tashkilotlar esa – “o`yinchilar”. Biroq bu hol o`yinchilar jamiyatda o`rnatilgan “o`yin qoidalari”ga majburiy tarzda amal qilishini anglatmaydi. Huddi institutlar kabi tashkilotlar ham insonlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni tarkiblashtiradi. “Tashkilotlar aniq maqsadga yo`naltirilgan tarzda faoliyat ko`rsatuvchi, tashkilotchilar tomonidan boylik, daromadni ko`paytirish uchun yoki boshqa maqsadlarda tashkil etilgan birliklar hisoblanadi. Ushbu maqsadlarni ko`zlagan holda, tashkilotlar asta-sekin institutsional tarkibni o`zgartiradi” [46].
Tashkilotlar (korxonalar, firmalar)ning institutsional jarayondagi roli hozircha kam o`rganilgan, biroq institutsional nazariya doirasida, xususan, G.Kleyner tomonidan o`tkazilgan so`nggi tadqiqotlar shuni ko`rsatdiki, tashkilot nafaqat tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchisi, balki quyidagi asosiy funksiyalarni bajaruvchi o`ziga xos “institutprovayder” hisoblanadi [30]:


  • ishlab chiqarish institutlari va kelishuvlar ishlab chiquvchisi va tarqatuvchisi roli. Alohida tashkilotning muvaffaqiyatli tajribasi, unda foydalaniladigan shartnomalar tizimining samaradorligi, odatda, bunday tuzilmalarni tashkilotning ushbu usullaridan foydalanishga undaydi;

  • institutlar inkubatori roli. Tashkilotning faoliyat ko`rsatishi natijasida ushbu tuzilmaning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi va yakuniy natijalarning katta samaradorligi bilan faoliyat ko`rsatuvchi yangi rasmiy qoidalar va norasmiy normalar shakllanadi yoki, boshqacha aytganda tegishli institutsional muhitda yangi institutlar hosil qilinadi;

  • yakka tartibdagi institutsional integrator roli (ushbu normaga amal qiluvchilar tarkibiga yangi individlarni jalb qilish).

Institutsional yondashuvga muvofiq davlatni alohida tashkilot sifatida ko`rib chiqish lozim. Davlatni institut (ijtimoiy shartnoma negizida rasmiy qoidalar tizimini shakllantirish va ularga amal qilish mexanizmi) sifatida ham, tashkilot (davlat boshqaruv apparati tarkibi, qonuniy jazolash va majburlash tizimi) sifatida ham tadqiq etish mumkin.


25


O‘zbekistonni 2013-yilda iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini belgilar ekanmiz, biz, avvalo, o‘tgan yillarda iqtisodiyotimizda erishilgan marralar, istiqbolga mo‘ljallangan uzoq muddatli maqsadlar, shuningdek, jahon bozoridagi real va kutilayotgan, prognoz qilinayotgan holatdan kelib chiqamiz.
Bugun shuni tan olish kerakki, hamon davom etayotgan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz hamda uning oqibatlarini yumshatish va bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan inqirozga qarshi dasturlar va ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, bu boradagi ahvol, afsuski, yaxshilanmayapti, ayrim ko‘rsatkichlar bo‘yicha esa uning yomonlashish tendensiyasi kuzatilmoqda.
Dunyoning ko‘plab yetakchi mamlakatlarida davlat qarzi va milliy byudjetlar taqchilligi muammosi deyarli hal etilmasdan qolmoqda, real iqtisodiyotda ishlab chiqarish pasayib bormoqda, jahon bozorida xarid talabining kamayishi davom etmoqda, ishsizlik darajasi yuqoriligicha qolmoqda, ijtimoiy keskinlik kuchaymoqda.

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling