Ana shu vazifadan kelib chiqqan holda, 2013-yilda izchil yuqori o‘sish sur’atlarini, makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash va iqtisodiyotimiz
raqobatdoshligini oshirish eng muhim ustuvor yo‘nalishimizga aylanishi darkor.
Joriy yilda mamlakatimiz iqtisodiyotini 8 foizga, sanoatni 8,4 foizga, qishloq xo‘jaligini 6 foizga, asosiy kapitalga kiritilgan investsiyalar hajmini 11 foizga, xizmat ko‘rsatish sohasini qariyb 16 foizga oshirish va yalpi ichki mahsulotda uning ulushi 53 foizgacha o‘sishini ta’minlash maqsadi qo`yilmoqda”*
Xulosa
Institutlar jamiyat rivojlanishining barcha bosqichlarida muhim rol o`ynab kelgan. Ular jamiyatda qarorlar qabul qilish, insonlar va iqtisodiyot ishtirokchilarining o`zaro munosabatlarini belgilovchi normalardan tarkib topgan rasmiy va norasmiy qoidalar hisoblanadi. rasmiy qoidalar mamlakat konstitutsiyasida, qonunlarda, ma’muriy va boshqa hujjatlarda o`z aksini topadi. Norasmiy normalar esa urf-odat, an’analar va shu kabi boshqa hayot tarzi orqali yuzaga kelgan qoidalarda ifodalanadi.
Jamiyat rivojlanishi bilan mavjud institutlar va ular negizini tashkil etuvchi rasmiy va norasmiy qoidalar ham o`zgarib boradi, takomillashadi. Bunday o`zgarishlarni ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sharoitlar belgilab beradi.
Institutlar o`zaro muvofiqlashtirilgan tarzda ishlashi, davlat tizimi faoliyatining samaradorligiga katta ta’sir ko`rsatadi. Institutlar faoliyati aksariyat hollarda normalarga bog`liqdir. Norma tushunchasi tartibni saqlash funksiyasiga ega bo`lib, u o`zaro hamkorliklik tizimida majburiy xatti-harakat bajarilishini talab etadi. Normalar hamkorlik strategiyasi, qoida, xususan, normaning o`zi kabi shakllarga ega. Ratsionallikning to`liq, to`liqsiz, tartibotli, asoslangan, harakat normasi kabi shakllari mavjud. Ijtimoiy tanlash nazariyasida normalarga oqilona tanlash natijasi sifatida qaraladi. Kelishuvlar iqtisodida esa normalar oqilona xatti-harakatning omili sifatida tahlil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |