Mulk-biznes. Tadbirkor. Mulk miqdori «qiymat» degan mavhum tushunchaga aylangan sharoitda sahnaga yangi shaxs – tadbirkor va yangi mulk ob’ekti – biznes chiqadi. Chunki nafaqat mehnat, yer va sarmoya, balki faoliyatning alohida turi – tadbirkorlik ham «qiymatni yaratish» xususiyatiga ega. Shaxsiy boyish masalasini hal etayotib tadbirkor munosib ijtimoiy missiya iqtisodiy faoliyat samaradorligini oshirishni amalga oshiradi. U topgan yangi qarorlar asta-sekin ijtimoiy normaga aylanadi. Lekin yangi qarorlar – bu nafaqat yangi imkoniyatlar, balki yangi xatarlardir. Bir vaqtning o`zida mulkdor va tadbirkor sifatida ishtirok etuvchi mulkdor-sarmoyador qismlarga ajrala boshlaydi. Shu tariqa tadbirkor asta-sekin mulkdordan ajralib chiqadi. Unda hatto o`zining, mulkdordan alohida mulk ob’ekti – biznes paydo bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |