4.3. Mulkiy xuquqlar
Mulk-egalik qilish. Mulkdor. Egalik qilish ijtimoiy institut sifatida noyob resurslarni takroriy yetishtirish vazifasi paydo bo`lgan vaqtda yuzaga keladi. Dastlab mehnat sharoitlari egalik qilish ob’ekti hisoblanadi.
Mulk-imtiyoz. Monopolist. Vaqti kelib ijtimoiy-iqtisodiy rol ikkita yangi rolga bo`linadi: tabiiy resurslar mulkdorining roli va ishlab chiqaruvchining roli. Egalik qilish huquqi foydalanish huquqidan, egalik qilish ob’ekti esa xo`jalik
yurituvchi sub’ektdan ajralib chiqadi. «Mulk-imtiyoz» tushunchasi paydo bo`ladi. Bu yerda mulkdor-monopolistning renta – o`ziga tegishli resurslardan daromad olish huquqiga duch kelamiz.
Mulk-imtiyoz aholining ma’lum qismi peshona terisi bilan o`zining tirikchiligi uchun non topish majburiyatidan ozod bo`lishi uchun imkoniyat, ya’ni fan, san’at va harbiy ishni rivojlantirish imkoniyati yaratadi.
Ishlab chiqaruvchi. Xo`jalik faoliyatini amalga oshiruvchi-ishlab chiqaruvchining shaxsiy maqsadi o`z ehtiyojlarini qondirish uchun mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Ko`plab xo`jalik yurituvchi sub’ektlar shaxsiy maqsadlariga erishishga intilish natijasida ijtimoiy ahamiyatga molik missiyaning amalga oshishi
– jamiyatni takroriy ishlab chiqarish sodir bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |