Xususiy mulkchilik individning jamoaviy xo`jalik faoliyatidan ajralib chiqishini o`zida namoyon etadi va quyidagi asosiy xususiyatlar bilan tavsiflanadi:
· iqtisodiy agentlarning mustaqilligi;
·mehnt sharoitlari va natijalarining erkin aylanishi;
· hokimiyat huquqlariga qaraganda mulkiy huquqlarning yetarliligi; · mulkdorning mulkiy javobgarligi.
Xususiy mulk institutining shakllanishi tobelikning yangi shakli – iqtisodiy tobelikning paydo bo`lishiga olib keldi. Xodimning ishlab chiqarish vositalaridan
ajralishi bilan bir qatorda ishlab chiqaruvchining o`z mehnatining mahsuliga bo`lgan huquqidan mahrum etilishi yuz berdi.
Korporativ mulk. Ko`plab tadqiqotchilar korporativ mulkni xususiy mulk bilan tenglashtirib, korxonani tashkil etishning korporativ shaklini mulkiy majmuani ishonchli boshqarish shakli sifatida talqin etishni taklif qilishadi. Korporativ mulkchilikning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: mulkning ayrim shaxslarga taqsimlanganligi; iqtisodiy agentlarning tobelik munosabatlari; iqtisodiy agentlar javobgarligining cheklanganligi; qayta taqsimlash munosabatlari sohasida mulkdan keladigan daromadlar rolining keskin ortishi; mulkdor – korporatsiya huquqlarini bilvosita himoyalash orqali mehnat sharoitlarini takroriy yaratish.
Ijtimoiy mulk. Ijtimoiy mulk yuridik va jismoniy shaxslar mulki bilan birga mavjud bo`ladi. Jamiyat mulki, ko`p holatlarda davlat tomonidan boshqarilishiga qaramay, unga tegishli emas. Jamiyatning muammosi resurslarni takroriy yetishtirish va mulkdan daromad – monopol rentani olish ustidan nazorat o`rnatishdan iborat.
Ijtimoiy mulkchilikning asosiy xususiyatlari quyidagilarni o`z ichiga oladi: a) jamiyatning hokimiyat apparati sifatida davlatdan ajratilishi;
b) jamiyatning tabiiy resurslarga monopoliyasi;
v) ijtimoiy mulk ob’ektlaridan foydalanishning konsession mexanizmi; g) ishlab chiqaruvchining o`z faoliyati natijalariga mulkchiligi;
d) ijtimoiy mulkdan keladigan daromadlardan jamiyat a’zolarining ijtimoiy ahamiyatli ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |