1-M
AVZU
.
K
URSNING MAZMUNI
,
MAQSADI VA VAZIFALARI
R
EJA
1.1 Fanning mazmuni, maqsadi va vazifalari
1.2 Iqtisodiy mulohazalar va bozor
iqtisodiyotiga tavsif
1.3 Bozor iqtisodiyotining samarali faoliyat yuritishi shartlari
1.4 O’tish iqtisodiyotida davlatning asosiy funksiyalari
Asosiy tushuncha va terminlar:
a. Kamyoblik. j. Iqtisodiy samaradorlik.
b. Normativ iqtisodiyot. z. Bozor tizimi.
v. Pozitiv iqtisodiyot. i. Bozor.
g. Mikroiqtisodiyot. k. Buyruqbozlik iqtisodiyoti.
d. Iqtisodiy muammolar. l. An’anaviy iqtisodiyot.
e. Ishlab chiqarish resurslari. m. Aralash iqtisodiyot.
1.1 Fanning mazmuni, maqsadi va vazifalari
Mikroiqtisodiyot - bu boshlang’ich iqtisodiy birliklar uy xo’ja-liklari va
nisbatan unchalik katta bo’lmagan korxonalarning umumiy-ligidir.
Jahon statistikasida uy xo’jaligi birlikda yashovchi
insonlar tomonidan
yuritiluvchi umumiy xo’jalik sifatida ko’riladi.
Qoidaga muvofiq, uy xo’jaligiga - erkak
va ayolning nikohiga yoki
qondosh qarindoshchilikka asoslangan - kichik guruhlar kiradi. Uy xo’jaligi
funksiyalariga quyidagilar kiradi: ishlab chiqarish
omillarini sotishdan
daromadlar olish; uy xo’jaligi
yuritish;
yosh avlodni
tarbiyalab voyaga etkazish; "tashqi"
iqtisodiy aloqalar;
davlatga soliq to’lash, transfert to’lovlari olish, xorij bilan aloqalar va
hokazolar.
Mikroiqtisodiyotning boshqa bir boshlang’ich birligi korxona - ne’mat va
xizmatlarni tayyorlash va sotish bilan shug’ullanuvchi, xo’jalik tashkiloti bo’lib
hisoblanadi. Bunday tashkilotlar, ma’lumki, jismoniy va huquqiy shaxslar mulki
bo’lishi mumkin.