An’anaviy iqtisodiyot bilan bozor iqtisodiyoti o’rtasidagi eng asosiy farq
xususiy mulkchilik va bozor munosabatlarining o’rnida ifodalanadi.
Bozor
xo’jaligida ular ustun mavqega ega bo’lsa, an’anaviy iqtisodiyotda ikkinchi
darajali omil sifatida qaraladi. An’anaviy iqtisodiyotning
farqli jihatlari
quyidagilarda namoyon bo’ladi:
- mulkning hokimiyat bilan uzviy bog’liqligi;
- an’analarning hal qiluvchi o’rin tutishi;
- iqtisodiy echimlarga ega bo’lishda davlatning o’rni kattaligi;
- ortiqcha mahsulotni unumsiz iste’mol qilish;
- huquqiy madaniyatning rivojlanmaganligi va shu kabilar.
Rejali iqtisodiyot uchun iqtisodiyotning uch muhim nima? qanday? kim
uchun ishlab chiqarish kerak? savollarini yuqoridan pastga tomon, ya’ni davlat
tomonidan iqtisodiy rejalar yordamida hal etilishi xosdir.
Rejali iqtisodiyotda
xususiy mulk butunlay inkor etiladi va davlat mulki ustun mavqega ega bo’ladi.
Rejali iqtisodiyot uchun iqtisodiyotning amalda davlat tasarrufida ekanligi,
investision resurslar erkin bozorining mavjud emasligi, qonunchilikning birinchi
navbatda davlat mulkini himoyalashga yo’naltirilganligi, yuqori foyda olish
maqsadida korxonalar o’rtasida raqobat kurashining
amalda mavjud emasligi,
sotuvchi bozorining hukmronligi, iqtisodiyotga davlatning to’g’ridan - to’g’ri
aralashuvi kabi jihatlar xosdir. Bugungi hayot rejali iqtisodiyotning yashovchan
tizim emasligini ko’rsatmoqda.
Bozor iqtisodiyotida rejali iqtisodiyotga teskari tarzda iqtisodiy savollarga
pastdan yuqoriga tomon echim izlanadi. Xususiy
mulk mulkiy munosabatlar
Do'stlaringiz bilan baham: