1-m avzu. K ursning mazmuni, maqsadi va vazifalari
Oila iqtisodiyotning muhim asosi bo’lib
Download 284.97 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu. Kursning mazmuni
Oila iqtisodiyotning muhim asosi bo’lib
hisoblanadi. Oilalarimizni har tomonlama qo’llab - quvvatlashimiz va har bir oilaning iqtisodiy, madaniy va kasbiy jihatdan erkinligini ta’minlashimiz lozim. I. Karimov Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki - mikroiqtisodiyot iqtisodiy birliklarning alohida holda iqtisodiy makonda o’zini tuta bilish ( xulq - atvor ) qoidalarini (jihatlarini) o’rganuvchi va tahlil etuvchi fandir. 1.2. Iqtisodiy mulohazalar va bozor iqtisodiyotiga tavsif Tabiat insonni shunday yaratganki, u o’zining faoliyatida ma’lum turdagi mahsulotlarni is’temol qilishi lozim, yana u turli xildagi is’te-mol sifatiga ega bo’lgan ne’matlarga ehtiyoj sezadi. Insonning ana shu ehtiyojlarini qondirish uchun juda ko’p moddiy resurslar talab etiladi, asosiy muammo shu bilan izohlanadiki, mavjud iqtisodiy resurslar cheklangandir. Ana shunday sharoitda iqtisodiy rivojlanishning shunday yo’lini tanlash talab etiladiki, iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish natijasida eng ko’p is’temol ne’matlari ishlab chiqarilsin. Har bir jamiyat quyidagi iqtisodiy savollarga javob izlashi lozim: nima? kim uchun? va qanday ishlab chiqarish kerak? Ushbu savollarni hal etish nuqtai nazaridan, iqtisodiy tizimlar farqlanadi. Iqtisodiy tizim- bu, jamiyatda tarkib topgan ishlab chiqarish usuli va shakllari majmuidir. Amaliyotda quyidagi iqtisodiy tizimlar farqlanadi: An’anaviy iqtisodiyot; Rejali iqtisodiyot; Bozor iqtisodiyoti; Aralash iqtisodiyot. An’anaviy iqtisodiyot uchun iqtisodiy munosabatlarning o’ta sust rivojlanganligi, ishlab chiqarish usulining hamon bir xil yo’sinda bo’lib kelayotganligi va asta sekinlik bilan o’zgarayotganligi, xususiy mulkchilikning deyarli mavjud emasligi xosdir. An’anaviy iqtisodiyotda iqtisodiy echimlar jamiyatda tarkib topgan qadriyatlar, diniy rasm-rusumlar, qabila boshliqlari va davlatning bevosita aralashuvi yordamida qabul qilinadi. Download 284.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling