O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»


Institut bilan tashkilot o`rtasidagi chegara


Download 1.74 Mb.
bet56/109
Sana09.01.2022
Hajmi1.74 Mb.
#258697
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   109
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyas (1)

Institut bilan tashkilot o`rtasidagi chegara muvofiqlashtirish birligi.
Tashkilotni muvofiqlashtirish birligi sifatida ta’riflash ushbu tushuncha va insonlarning o`zaro hamkorligini belgilab beruvchi «institut» tushunchasini aniq chegaralashni talab qiladi. Ularni quyidagi jadval yordamida taqqoslaymiz:

68




Institut










Tashkilot




Makroinstitutsional toifa







Mikroinstitutsional toifa










O`zaro hamkorlikning umumiy doiralarini

O`zaro hamkorlik(lar)ning

muayyan

doiralarini

belgilaydi










belgilaydi













Sof ijtimoiy ne’mat tavsifiga ega




Klub ne’mati

tavsifiga ega







Depersonifikatsiyalashgan

va

nolokal

Aniq

chegaralangan,

demak,

transaksiyalarni tartibga soladi




personifikatsiyalangan

va lokal transaksiyalarni













tartibga soladi













Shaxslar institutlarning o`zgarish




Tashkilot shaxslarning ongli ravishdagi tanlovi

jarayoniga ta’sir ko`rsata olishmaydi

natijasi sanaladi










Hukmronlik

munosabatlarining

elementi

Hukmronlik

munosabatlari

tashkilot faoliyat

mavjud emas










ko`rsatishining asosida yotadi




Transaksiya

xarajatlarining

tarkibini va

Institutsional

doiralar

tomonidan

belgilangan

miqdorini belgilaydi







transaksiya

xarajatlarining

tejalishiga













ko`maklashadi









Transaksiya xarajatlarini tejashga taalluqli bo`lgan so`nggi farq xususida alohida to`xtalib o`tish lozim. Yollash to`g`risidagi shartnomani amalga oshirish o`sha maqsadlar uchun sotish to`g`risidagi shartnomaning institutsional doiralaridan foydalanishdagiga qaraganda ancha kam transaksiya xarajatlari bilan bog`liq. Tejash, birinchidan, shartnomani muntazam qayta tuzish zarurati yo`qolishi munosabati bilan, ikkinchidan esa, shartnomaning implitsit shakli – o`zaro hamkorlikning barcha detallarini aniq tafsirlashdan voz kechish hisobidan paydo bo`ladi.


Transaksiya xarajatlarini tejashning qolgan bizga ma’lum vositalari ichida tashkilot bir qator o`ziga xos xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Bitimlar tuzishda muzokaralar yuritish xarajatlarini tejash imkonini beruvchi standart (namunaviy) shartnomalardan foydalanish; o`lchash xarajatlarini pasaytiruvchi sifat, o`lchash va tortish standartlarini ishlab chiqish va rivojlantirish; jamiyatda mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilish xarajatlarining kamayishiga olib keluvchi konsensus mafkurasini shakllantirish kabi vositalar shular jumlasidandir. Ularni qo`llash intensivligini oshirish bilan yuqorida ko`rsatilgan barcha uchta vositaning samaradorligi pasaymaydi. Aksincha, ushbu vositalardan qanchalik keng foydalanilsa, bir bitim hisobida transaksiya xarajatlarining miqdori shunchalik kam bo`ladi.
Tashkilot doirasida transaksiya xarajatlarini tejash borasidagi ishlar esa boshqacha ko`rinishga ega. Transaksiya xarajatlari miqdorlarining o`sishi, ya’ni tashkiliy doiralarda bitimlar ko`proq amalga oshirilishi bilan ushbu sohada uning samaradorligi kamayadi. Tashkilot ichida bitimlarni amalga oshirish hamon axborotni qidirish xarajatlarini, shuningdek muzokaralar yuritish xarajatlari va shartnoma tuzish xarajatlarini pasaytirish imkonini bersa-da, bunda boshqa xildagi xarajatlarning o`sishi yuz beradi. Tashkilot o`lchamlarining ortishi bilan, birinchi galda, monitoring va opportunizmni oldini olish xarajatlari oshadi. Birinchidan, tashkilot ishtirokchilari sonining o`sishi bilan ular manfaatlarining birligiga, aniqrog`i ular manfaatlarining «prinsipal» manfaatlariga mos kelishiga erishish qiyinlashadi. Shuning uchun «prinsipal» monitoringni va «agentlar» harakatini

69


nazorat qilish uchun katta sa’y-harakatlarni amalga oshirishga to`g`ri keladi. Bundan tashqari, tashkilotning o`sishi «prinsipal»ni, «agentlar»ni nazorat qilish bo`yicha vakolatlarining bir qismini o`z vakillariga topshirgan holda, murakkab hukmronlik munosabatlari sxemasiga o`tishga majbur etadi. Ushbu tarkibiy o`zgarishlar nafaqat «agentlar»ni nazorat qilish xarajatlarining ortishi bilan, balki «prinsipal» manfaatlari vakillarining harakatlarini nazorat qilish zarurati bilan ham bog`liq
R.Kouz tashkilotning o`sishi bilan kamayuvchi samaradorlikni «menejmentning kamayuvchi marjinal samaradorligi» deb nomladi va hamma vaqt institutga (bozorga) nisbatan tashkilot (firma) o`sishining chegarasi mavjud degan fikrga keldi. «Firma firma ichidagi bitta qo`shimcha transaksiyani tashkil etish xarajatlari o`sha transaksiyani ochiq bozorda almashish orqali amalga oshirish xarajatlari bilan tenglashgunga qadar kengayib boradi...». Ya’ni, yolg`iz firmadan tashkil topgan iqtisodiyot (buyruqbozlik iqtisodiyotini ana shunday deyish
mumkin) bo`lishi mumkin, lekin menejmentning marjinal samaradorligi kamayiishi tufayli u samarasiz bo`ladi.
Masalan, A firma bozorda B, V va G firmalardan (sotish to`g`risidagi shartnoma doirasida) sotib olinadigan butlovchi qismlardan kompyuter yig`ish bilan shug`ullanadi, deylik. O`zining transaksiya xarajatlarini optimallashtirgan holda, A firma B firma bilan yagona korxona tuzishga qaror qiladi. U V firma bilan ham masalani huddi shu tariqa hal etadi. G firmani yagona tashkiliy tuzilmaga kiritish firma ichidagi boshqaruv va nazorat xarajatlarining o`sishi tufayli foydasiz bo`lib chiqishi mumkin. Shunday qilib, A firma tomonidan V firmaning qo`shib olinishi chegara bitim hisoblanib, shundan so`ng keyingi kengaytirish samarasiz bo`lib qoladi.
Lekin, institut bilan tashkilot o`rtasidagi chegaraning aniq demarkatsiyasi sotish to`g`risidagi shartnoma (bozor bitimlari)ning ham, yollash to`g`risidagi shartnoma (firma ichidagi bitimlar)ning ham elementlarini o`zida birlashtiruvchi neoklassik shartnomalarning mavjud bo`lishi fakti bilan qiyinlashadi. Masalan, A firma o`z tarkibiga G firmani birlashtirishdan bosh tortishi, lekin ayni paytda u bilan butlovchi qismlarni yetkazib berish uchun shartnoma tuzishi mumkin, bu hukmronlik munosabatlari asosida emas, balki ikki tomonlama kelishuv asosida bozorning «tabiiy» oldindan aytib bo`lmasligidan ko`riladigan zararlarni pasaytirish imkonini beradi.

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling