Tayanch so`zlar va iboralar
Shartnoma, shartnomaviy majburiyatlar, sotish to`g`risidagi shartnoma, yollash to`g`risidagi shartnoma, implitsit shartnoma, shartnoma davri, shartnoma shartlari, sanksiya, tashkilot.
Takrorlash uchun savollar
Siz bugun qanday xildagi shartnomalarni tuzishingizga to`g`ri keldi? Amalga oshirilgan bitimlardan birini shu nuqtai nazardan tavsiflang.
«Lavz puldan ham qimmat» degan mashhur maqolni institutsional nuqtai nazardan talqin eting. Unda qanaqa shartnoma ideali o`z aksini topgan?
Bugungi kunda Siz qanday eng o`ziga xos aktivga egasiz? Javobingizni
asoslang.
Institut va tashkilot kategoriyalaridan foydalangan holda institutsional yondashuv asosida siyosiy partiya bilan ijtimoiy-siyosiy harakat o`rtasidagi farqni izohlang.
Yollash to`g`risidagi shartnomaning institutsional va marksistik talqinini taqqoslang. (Eslatib o`tamiz, marksistik nazariyaga ko`ra yollash to`g`risidagi kapitalistik shartnomaning asosida tovarning qiymati va iste’mol qiymati spetsifikasi «ishchi kuchi» yotadi.)
Nima uchun implitsit shartnomani amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan nizolarni hal etish uchun uchinchi tomonni jalb etishga zarurat yo`q? Boshqacha aytganda, boshqa turdagi shartnomalar bilan solishtirilganda implitsit shartnomaning o`ziga-o`zi yetarliligining sababi nimada (self-enforcing)?
Firmaning tabiatini tushuntirishga nisbatan institutsional yondashuv va Frenk Nayt bilan namoyon etilgan Avstriya maktabining yondashuvini qanchalik taqqoslash mumkin? (F.Naytning asosiy tezisi kapitalist o`z zimmasiga oladigan xatar uchun o`ziga xos mukofot sifatida uning daromadlarini aniqlashdan iborat edi.)
Do'stlaringiz bilan baham: |