O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»


So‘nggi yillarda qabul qilingan qonunlar va me’yoriy hujjatlar fermer xo‘jaliklari vakolatlarini sezilarli ravishda kengaytirdi


Download 1.74 Mb.
bet58/109
Sana09.01.2022
Hajmi1.74 Mb.
#258697
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   109
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyas (1)

So‘nggi yillarda qabul qilingan qonunlar va me’yoriy hujjatlar fermer xo‘jaliklari vakolatlarini sezilarli ravishda kengaytirdi.
Shu bilan birga, tan olish kerakki, fermerlik harakatining Fermer xo‘jaliklari uyushmasi shaklidagi tashkiliy tuzilmasi qishloq xo‘jaligini isloh etish va sohada ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, fermerlar oldida turgan vazifalarni hal etish jarayonlariga kuchli ta’sir ko‘rsata olmadi.
Fermerlik o‘zining tarixiy ildizlariga ega bo‘lgan xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish asosida Fermer xo‘jaliklari uyushmasi O‘zbekiston

71


Fermerlari kengashiga, viloyat va tumanlarda esa fermerlar kengashlariga aylantirildi, eng muhimi, ushbu tuzilmalarning huquq va vakolatlari jiddiy ravishda kengaytirildi.
Bugungi kunda fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va qayta tashkil etish, ularga yer uchastkalarini uzoq muddatga ijaraga berish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish va ularning faoliyat ko‘rsatishiga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini qabul qilish bilan bog‘liq deyarli birorta masala fermerlar kengashlarining bevosita ishtirokisiz hal etilishi mumkin emas.
Mazkur kengashlarning asosiy vazifasi davlat va xo‘jalik boshqaruvi, joylardagi davlat hokimiyat organlari bilan munosabatlar bo‘ladimi, tayyorlov, ta’minot va xizmat ko‘rsatadigan tashkilotlar bilan hamkorlik qilish bo‘ladimi, shuningdek, sudlarda ishlarni ko‘rib chiqish bo‘ladimi – hamma yerda fermerlarning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir.
Bir so‘z bilan aytganda, fermerlar kengashlari fermerlik harakatining o‘zagi, yo‘naltiruvchi kuchi bo‘lishi, uni qishloqni rivojlantirish va shu asnoda qishloq aholisi farovonligini oshirishda mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir qudratli ijtimoiy-siyosiy kuchga aylantirishi lozim.*
Xulosa
Demak, shartnoma muayyan bitimlarni amalga oshirishning institutsional doiralarini o`zida namoyon etadi. Har qanday institut singari, shartnoma nafaqat o`zaro hamkorlikni chegaralaydi, balki uning uchun zamin yaratadi, bu hol ayniqsa bitimlarni tuzish va amalga oshirish lahzalarining vaqt bo`yicha mos kelmasligida yaqqol namoyon bo`ladi. Bunday turdagi bitimlar ular ishtirokchilarining maqsadlariga bog`liq bo`lmagan holatlarning paydo bo`lishi xatari bilan bog`liq. Insonlar xatarni qabul qilish darajasi bo`yicha farq qiladi, bu esa ikki turdagi shartnomalarning – xatarga betaraf bo`lgan sheriklar o`rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi sotish to`g`risidagi shartnoma hamda xatarga betaraf bo`lgan va xatarga qarshi insonlarga o`zaro hamkorlik qilish imkonini beruvchi yollash to`g`risidagi shartnomaning mavjud bo`lishini izohlaydi.
Tashkilot miniatyuradagi buyruqbozlik iqtisodiyotini o`zida namoyon etadi. Tashkilot ichki o`sishining cheklanishlari aynan shu bilan bog`liq: tashkilot ko`lamlarining kengayishi monitoring va opportunizmni oldini olish xarajatlarining oshishiga olib keladi. Institut (bozor) bilan tashkilot (firma) o`rtasidagi eng aniq chegara quyidagi ko`rsatkichlar darajasini baholash yordamida aniqlanadi: aktivlarning o`ziga xosligi, noaniqlik, bitim tomonlarining xatarga


  • I.A.Karimov. Bosh maqsadimiz – keng ko`lamli islohotlar va modernizatsiya yo`lini qat’iyat bilan davom ettirish: Ўzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga baғishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. Xalq so`zi gazetasi 2013 yil 19 yanvar, 13-son.

72


moyilligi, bitimning murakkabligi, shuningdek qonundan foydalanish narxi bilan xufyonalik narxining o`zaro nisbati.

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling