O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»


Download 1.74 Mb.
bet93/109
Sana09.01.2022
Hajmi1.74 Mb.
#258697
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   109
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyas (1)

davlat faoliyati samaradorligining aniq mezonlari mavjud emasligi: firma uchun foyda singari samaradorlikning aniq mezonlari mavjud emasligi tufayli davlat tuzilmalari ularni mustaqil ishlab chiqilgan standartlar bilan almashtiradi va ushbu holatda davlatning faoliyati ularning o`zlari tomonidan beriladigan mezonlar (byudjet tushumlarining o`sishi, davlat nazoratining ekspansiyasi va h.k.) bo`yicha baholanadi;




  • oldinga qo`yilgan natijalardan farq qiluvchi natijalarga erishish ehtimoli: axborot xarajatlari hamda monitoring va nazorat xarajatlarining o`sishi amalga oshirilgan vazifalarning oldinga qo`yilgan vazifalardan muntazam farq qilishi uchun zamin yaratadi (yuqorida keltirilgan, unda davlatning kuch ishlatishdan xususiy foydalanishni cheklashga urinishi uning eskalatsiyasiga olib kelishi mumkin bo`lgan model bunga yaqqol misol bo`ladi);




  • resurslarning noteng taqsimlanishi: transaksiya xarajatlari noldan farq qilganda resurslarga bo`lgan mulkchilik huquqlarini taqsimlashda davlat uchun adolatlilikning bir necha standartlari mavjud; Pareto bo`yicha optimum bilan bir qatorda quyidagilar ana shunday standartlar hisoblanadi: Kaldora qoidasi (agar resurslarni taqsimlash natijasidan yutayotgan tomon yutqazayotgan tomonga yo`qotishlarni qoplashga qodir bo`lsa, resurslarni taqsimlashga o`zgartirish kiritishga yo`l qo`yiladi), Rolz qoidasi (eng kam ta’minlanganlarning ahvolini yaxshilovchi - resurslarning adolatli taqsimlanishi) va ko`plab boshqa standartlar.

Shuning uchun ikkita ideal holat (bir tomondan, shartnomaning bajarilishi qisman kafolatlangan mulkchilik huquqlarini xarajatlarsiz faoliyat ko`rsatuvchi bozor almashuvi asosida taqsimlash va, ikkinchi tomondan, huquqlar bilan almashish ustidan nazoratni shartnoma tomonlarining manfaatlari yo`lida harakat qiluvchi davlatga o`tkazish) o`rtasida emas, balki ikkita takomillashmagan muqobil vaiantlar o`rtasida tanlashga to`g`ri keladi. Bozor va davlat o`rtasidagi tanlov faqat nomukammalliklarning turli darajalari va xillari o`rtasidagi tanlov hisoblanadi. Shunday qilib, mulkchilik huquqlarini almashish va himoya qilishning bozor mexanizmi noldan farq qiluvchi transaksiya xarajatlarini va kuch ishlatish eskalatsiyasini nazarda tutadi, davlat tomonidan kuch ishlatishdan foydalanish uchun monopol huquqning qo`lga kiritilishi ham, bu safar davlat apparatining ichida, transaksiya xarajatlarining o`sishiga olib keladi, bu hol huquqlarning taqsimlanishida muntazam buzib ko`rsatishlarni keltirib chiqaradi.


Shu munosabat bilan O.Uilyamson mulkchilik huquqlarini taqsimlashning u yoki bu varianti samaradorligini, uni faraziya bilan emas, balki real amalga oshiriladigan muqobil variantlar bilan taqqoslagan holda baholashni taklif etadi. Agar taqsimlashning qaysidir varianti uchun uni ta’riflash va katta miqdordagi sof yutuq bilan joriy etish mumkin bo`lgan muqobil variantni taklif etish mumkin bo`lmasa, uni optimal deb hisoblash lozim. Shu nuqtai nazardan, ilgari samarasiz hisoblangan mulkchilik huquqlarini taqsimlash misollari real muqobil variantlarni

114


hisobga olgan holda, optimal bo`lib chiqmoqda. Xususan, ko`pincha davlat aralashuvining iqtisodiyot uchun zararliligiga misol tariqasida foydalaniladigan AQSh federal hukumatining «shakar dasturi» (shakarni arzon import qilish o`rniga uning milliy ishlab chiqarilishini qo`llab-quvvatlash) amalda barcha iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy haqqoniylikka javob beruvchi yagona variant hisoblanadi.

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling