O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»
Download 1.74 Mb.
|
O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyas (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takrorlash uchun savollar
- Byudjet daromadlari (YaIMga nisbatan %da)
- 9-BOB. UY XO`JALIGI VA UNING XILLARI 9.1. Uy xo`jaligi tashkilot sifatida 9.2. Uy xo`jaligi faoliyat ko`rsatishida mutaassiblikning roli
121
Takrorlash uchun savollar Sho`rolar davrida davlat byudjetini to`ldirishning muhim manbasi bo`lib yakuniy talab tovarlarining katta qismiga va keyin ishlov beriladigan ayrim yarim tayyor mahsulotlarga solinadigan aylanmadan soliq hisoblanardi. Sotish qiymati hamda sarflangan xomashyo va materiallar qiymati o`rtasidagi farqdan to`lanadigan QQSning selektiv xususiyatga ega bo`lgan va asosan yakuniy iste’molga mo`ljallangan aylanmadan soliqqa nisbatan afzalliklarini ko`rib chiqing. 1989 yilgi AQSh federal byudjetining daromadlar qismini tahlil qilish asosida qanday xulosalarni chiqarish mumkin?
Fuqarolar ichki terrorizm tahdidi yuz tutib turganda hal etishlari majbur bo`lgan muammoviy holatlarga institutsional izoh bering: xavfsizlik uchun xususiy xarajatlarni oshirish yoki huquqni muhofaza qilish faoliyatiga yo`naltiriladigan davlat mablag`laridan samarali foydalanish kafolatlarini yaratish. Yanosh Kornaining quyidagi fikrini qanday tushunasiz: «Soliq tizimi mumkin qadar betaraf bo`lishi kerak. Asoslangan istisnolardan tashqari, davlat fuqarolarni soliqlar tizimi orqali rag`batlantirishi yoki jazolashi mumkin emas»? 122 9-BOB. UY XO`JALIGI VA UNING XILLARI 9.1. Uy xo`jaligi tashkilot sifatida 9.2. Uy xo`jaligi faoliyat ko`rsatishida mutaassiblikning roli 9.3. Uy xo`jaligining xillari 9.1. Uy xo`jaligi tashkilot sifatida Uy xo`jaligi to`g`risida so`z yuritganda, ikki tushuncha-oila va uy xo`jaligi tushunchalarni chegaralash lozim. Oila deganda, bir uyda yashashi oila-qarindoshchilik aloqalarining umumiyligi bilan birlashgan guruh tushuniladi. Uy xo`jaligi esa umumiy vazifalar, yashash joyi, byudjet va odatda oila-qarindoshchilik aloqalari bilan birlashgan kishilar guruhini o`zida namoyon qiladi. Boshqacha aytganda, oila faoliyati ko`plab o`lchamlarni o`z ichiga oladi: biologik, demografik, ruhiy, ijtimoiy va b. Uy xo`jaligi faoliyati esa oilani faoliyat sohasining birgina-iqtisodiy turiga yo`naltiradi. Uy xo`jaligining asosiy funksiyasini inson kapitalini shakllantirish, undan foydalanish va saqlash deb belgilash lozim. Bu o`z navbatida, insonning bilimlari, amaliy ko`nikmalari va mehnatga tirishqoqligining yig`indisi sifatida tushuniladi. 14.1-rasmda inson kapitalini shakllantirish bo`yicha uy xo`jaligi faoliyatining o`ziga xos xususiyatlari izohlangan. Uy xo`jaligini yuritish uning a’zolarining oila biznesida ishtiroki hamda oila kapitalini uni shakllantirish va rivojlantirishga yo`naltirish asosiy masala hisoblanadi. R.Kouzning “Firmaning tabiati” maqolasida firma tashkiliy tuzilma sifatida “qora quti” deb izohlangan. Bunday tavsif aslida uy xo`jaligiga nisbatan ko`proq mos keladi.
Харажатларни қоплаш ва оила капиталини жамғариш Uy xo`jaligi uchun faqat “qora qutiga” “kirish”dagi (ish haqi, soliqlar chiqarib tashlangan davlat tomondan ijtimoiy transportlar) va undan “chiqish”dagi (inson kapitali,mehnat, jamg`arma, iste’mol) omillar ma’lum. J.Gelbreyt ta’kidlaganidek [36], uy xo`jaligi odatda iste’mol qiluvchi va ishlovchi shaxs bilan
123
tenglashtiriladi hamda tashkilotni tavsiflovchi hokimiyat munosabatlari bilan bog`liq bo`lmagan holda ko`rib chiqiladi. Aksincha, institutsional nazariya uy xo`jaligini firmadan va davlatdan farq qiluvchi tashkilotning alohida shakli sifatida tahlil qilishga e’tibor qaratadi. Hokimiyat munosabatlarining uy xo`jaligi doirasida yuzaga keladigan o`ziga xoslik shundan iboratki, ular oddiy va shaxslashtirilgan xususiyatga ega:
Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling