O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»
Download 1.74 Mb.
|
O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyas (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umuman olganda, 2000-yil bilan taqqoslaganda, real daromad aholi jon boshiga 8,6 barobar ko‘paydi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘rtacha ish haqi iste’mol savatchasi bahosidan 4 barobardan ziyod oshdi.
- Mamlakatimizda aholi daromadlarining oshib borishi bilan uning tarkibi o‘zgarib, tadbirkorlik faoliyatidan olinayotgan daromad barqaror o‘sib borayotgani alohida e’tiborga molikdir.
Bozor iqtisodiyotida uy xo`jaligi. Bozor instituti uy xo`jaligini kamyob tovarlar va xizmatlarni qidirish hamda ular uchun navbatda turish bilan bog`liq vaqtning yo`qotilishidan xalos etadi – xasid qilish jarayoni mutaassiblikka aylanadi. Masalan, Fransiyada juma kuni kechqurun va shanba kuni ertalab supermarketlarda xaridorlar to`lib-toshadi, shu kunlari kishilar an’anaviy tarzda dam olish kunlari va keyingi xaftaga yetadigan miqdorda xarid qilishadi. Xaridning mutaassiblikka aylanishi natijasida bo`shab qoladigan kognitiv imkoniyatlar nima uchun sarflanadi? Birinchidan, xarid xatti-harakatining o`zini optimallashtirishga. Agar buyruqbozilik iqtisodiyotida nimani xarid qilish mumkin bo`lsa, o`sha narsani sotib olish muhim hisoblansa, bozor iqtisodiyotida sifat va narxning eng yaxshi o`zaro nisbati asosida iste’mol qilishda eng ko`p foydani ta’minlovchi narsani xarid qilish muhim sanaladi. Iste’molni optimallashtirish ishlab chiqaruvchilarning reklama yordamida talabni tartibga solishga intilishi bilan murakkablashadi. Reklama xarid jarayonini mutaassiblikka butunlay aylanishiga to`sqinlik qilgan holda, doimiy ravishda yangi talablarni shakllantiradi.
Ikkinchidan, uy xo`jaligining u uchun asosiy daromad manbai bo`lgan mehnat bozorida ishtirok etishi doimiy nazoratni talab etadi. Uy xo`jaligi mehnat bozoridagi bandlikning muqobil varinatlari, uy xo`jaligini yuritish va bo`sh vaqt o`rtasida tanlagan holda, mehnat bozorida o`z inson kapitalini eng foydali tarzda sotishga intiladi. Bir tomondan, uy xo`jaligining a’zosi egalik qiladigan inson kapitalining o`ziga xoslik darajasi qancha yuqori bo`lsa, uy xo`jaligini yurtish bilan emas, balki o`z mehnat resurlarini bozorda sotish bilan shug`ullanish, shunchalik foydali. Ikkinchi tomondan, inson kapitalining o`ziga xoslik darajasi qanchalik past bo`lsa, uning egasi uchun uy xo`jaligini yuritish bilan chegaralanish shunchalik asoslidir. O`z navbatida, bandlikni optimallashtirish ham uy xo`jaligi doirasida amalga oshadi. Uy xo`jaligining asosiy daromad manbalarini bozor bilan belgilanadigan sohaga yo`naltirish uning davlatdan kam qaram bo`lishini ta’minlaydi. Davlatning faoliyati uy xo`jaligini faqatgina davlat mehnat bozorida bitimlar kafolati sifatida ishtirok etish darajasida va u (soliq kodeksi orqali) uy xo`jaligi daromadining bir qismiga da’vogar bo`lishi me’yorida qiziqtiradi. O`tish iqtisodiyotida uy xo`jaligi. Uy xo`jaligi faoliyat ko`rsatadigan istitutsional muhitning noaniqligi va beqarorligi mutaassibliklarning mavjud bo`lishini shubha ostiga qo`yadi. Bunday sharoitda mutaassibliklar doimiy 127
ravishda qayta ko`rib chiqilishini talab qiladi, ya’ni ular inson ongining ongsiz sohasidan ongli va doimiy e’tiborni talab etuvchi sohasiga o`tadi. Islohotlar qanchalik faol amalga oshirilsa, ularning mutaassibliklarga nisbatan yemiruvchi ta’siri shunchalik kuchli bo`ladi. Bundan o`tish iqtisodiyotida uy xo`jaligining maqsadi kelib chiqadi: uy xo`jaligining himoya funksiyasini saqlab qolishga intilish borgan sayin ortib boruvchi sa’y-harakatlarni va imkon qadar ko`p e’tiborni talab etadi. Asosiy faoliyatdan olinadigan daromadlar va renta daromadlari (pensiyalar, ijtimoiy to`lovlar, xodimning obro`si) bilan yuzaga keladigan noaniqliklar uy xo`jaligini o`z faoliyatini maksimal tarzda diversifikatsiya qilishga majbur etadi, axir har qanday daromad manbai ham barqaror manba sifatida qaralishi mumkin emas. A’zolarining inson kapitalini takror ishlab chiqarishga aniq ixtisoslashuviga tayanadigan bozor xilidagi uy xo`jaligidan farqli o`laroq, o`tish iqtisodiyotidagi uy xo`jaligi ishchi kuchini mehnat bozorida sotish bilan ham, ijtimoiy transportlarni iste’mol qilish bilan ham, shuningdek, tomorqa yeri yordamida o`zini o`zi ta’minlash va ko`plab boshqa faoliyat turlari bilan ham shug`ullanadi. Yuqorida bayon qilingan fikrlarni umumlashtirib, o‘tgan davrda amalga oshirgan keng ko‘lamli ishlarimiz ham, joriy yildagi va undan keyingi yillardagi barcha sa’y-harakatlarimiz ham yagona ezgu maqsadga – xalqimizning hayot darajasi va sifatini yuksaltirishga qaratilganini yana bir bor ta’kidlamoqchiman. Bu sohada erishilgan real raqam va ko‘rsatkichlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar va o‘zgarishlarning samaradorligini yaqqol namoyon etayotganini har birimiz o‘zimizga aniq tasavvur qilishimiz lozim. Hech kimga sir emaski, hayot darajasi, birinchi navbatda, aholining daromadlari miqdori bilan belgilanadi. O‘tgan 2012-yilda bu ko‘rsatkich yurtimizda 17,5 foizga o‘sdi, eng kam ish haqi 26,5 foizga oshdi. Umuman olganda, 2000-yil bilan taqqoslaganda, real daromad aholi jon boshiga 8,6 barobar ko‘paydi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘rtacha ish haqi iste’mol savatchasi bahosidan 4 barobardan ziyod oshdi. 2013-yilda byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalar miqdorini o‘rtacha 23 foizdan kam bo‘lmagan darajada oshirish, 2013-yilda va keyingi ikki yilda aholi real daromadlarini kamida bir yarim barobar ko‘paytirish vazifasi qo‘yilmoqda. Mamlakatimizda aholi daromadlarining oshib borishi bilan uning tarkibi o‘zgarib, tadbirkorlik faoliyatidan olinayotgan daromad barqaror o‘sib borayotgani alohida e’tiborga molikdir. O‘tgan 2012-yilda ushbu ko‘rsatkich 51 foizni tashkil qildi, boshqacha aytganda, odamlarimiz daromadining yarmidan ko‘pi birinchi navbatda tadbirkorlik, kichik va xususiy biznes hisobidan shakllanmoqda. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling